Armaturaning me’yoriy va hisobiy tavsiflari. Armaturaning me’yoriy qarshiligi Rs,ser sterjenli armaturalar uchun oquvchanlik chegarasining (fizik u yoki shartli 0.2), simli armaturalar uchun – uzilishdagi vaqtinchalik qarshiligi u ning eng kichik nazorat qilinadigan qiymatiga (ta’minlanganligi 0,95 dan kichik bo’lmasligi kerak) teng qilib qabul qilinadi.
Armaturaning hisobiy qarshiligi chegaraviy holatning ikkinchi guruhi uchun s= 1da o’rnatilgan. Sinfi A–IV va undan yuqori bo’lgan armaturalar bilan jihozlangan temirbeton elementlarni hisoblashda R shart bajarilganda, quyidagi ish sharoiti koeffitsiyenti kiritiladi:
s6 = – ( – 1)[(2/R) – 1] , (1.4)
bunda – A–IV sinfli armatura uchun s6 koeffitsiyentning maksimal qiymati = 1,2;
A–V, B–II, Br–II, K–7 va K–19 sinflar uchun – =1,5;
A–VI sinf uchun – = 1,1.
Armaturalash usullari. Тemirbeton elementlari payvandlangan sim-to’r yoki karkaslar, alohida sterjenlardan to’qilgan armaturalar, bikir prokat profillar va boshqalar bilan armaturalanadi (1.5-rasm).
Payvandlangan sim to’rlar asosan plitali konstruksiyalarda ishlatiladi. Ishchi armaturalarni joylashishiga qarab, ular uch xil bo’ladi: 1) bo’ylama ishchi armaturali; 2) ko’ndalang ishchi armaturali; 3) ikki yo’nalishda ham ishchi armaturali.
Standart sim to’rlar diametri 4...5 mm bo’lgan Vr–I sinfli va diametri 6...8 mm bo’lgan A–III sinfli, hamda diametri 40 mm gacha bo’lgan A–I, A–II, A–III sinfli armaturalardan tayyorlanadi. Sim to’rlar yassi va o’ramli (rulonli) bo’ladi. O’ramli sim to’rlarning maksimal diametri 5 mm gacha bo’ladi, yassi sim to’rlarning uzunligi 9 m gacha bo’ladi.
1.5-rasm. Payvandlangan sim to’rlar
Payvandlangan karkaslar chiziqli elementlarni (to’sin, ustun va sh. o’.) armaturalash uchun ishlatiladi. Ular yassi va fazoviy bo’ladi (1.6-rasm).
Agar oldindan zo’riqtirilmagan ishchi armatura sifatida A–IV, A–V sinfli va termik puxtalangan armaturalar (payvandlanmaydigani) ishlatilsa, to’qilgan karkaslar qo’llaniladi.
Poʻlat (fors.-toj.1) — temirning uglerod (2%) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik P.ning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan P.lar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R boʻladi. P.ning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. P. toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (qarang Poʻlatni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, P. uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli P.ga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. [[Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) P.lar kiradi (qarang [[Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. Alohida xossali P. zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi.
P. suyuq, plastik va qagtiq holatda ishlab chiqarilishi mumkin, lekin asosan, suyuq holatda ishlab chiqariladi. Suyuq P. konverter, marten pechi, elektr pechi, tigel va boshqa pechlarda oli-nadi. Plastik P. pudlinglab olinadi (qarang Pudlinglash). Qattiq holatdagi P. temir rudasini baraban shaklidagi pechlarda qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi.
Xom ashyo sifatida domna choʻyani va temir-tersaklar ishlatiladi. Ular pechda qizdiriladi. Kimyoviy reaksiya natijasida choʻyan va temir-tersaklar tarkibidagi S, Si, Mp, R va S oksidla-nib temirning kaytarilishi natija-sida P. hosil boʻladi. Lozim boʻlsa (mas, legirlangan poʻlat olishda), P. tarki-biga zarur kimyoviy elementlar qoʻshiladi. Fosfor va oltingugurt P.ning xossalariga salbiy taʼsir etgani sa-babli P. ulardan tozalanadi (rafina-siyalanadi). Bunda asos harakterli flyusdan foydalaniladi.
P.ni qaytarish, yaʼni uning tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish uchun suyuq P.ga qaytaruvchilar (tarkibida Mp, Si, Al, Ca boʻlgan qotishmalar) qoʻshiladi. Ular temir ok-sidi tarkibidagi kislorod bilan birikib, uni tozalaydi. Qaytarish diffuziya yordamida ham bajarilishi mumkin. Bu usulda kukun holida maydalanib tosh-qol (shlak) ustiga solingan qaytaruvchilar toshqolda erib, tarkibidagi te-mirni qaytaradi. Bu esa, taqsimlanish qonuniga binoan, P. tarkibidagi temirning ham qaytarilishiga sabab boʻladi. P. ishlab chiqarish tayyor ggoʻlatni kovshlar yordamida maxsus metall qoliplarga kuyish bilan yakunlanadi.
Dunyo miqyosida P. ishlab chiqarish barcha metallar umumiy miqdorining 20—25 foizini tashkil etadi. P. qurilish, mashinasozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda qoʻllaniladigan asosiy material hisoblanadi.[1]
Poʻlat (pols. stal, nem. Stahl) — temir va uglerod (va boshqa unsurlar) deformatsiyalanuvchan (bolgʻalanuvchan) qotishmasi, tarkibidagi uglerod miqdori 2,14 % dan oshmaydi va 0,02 % dan kam emas. Uglerod temir qotishmalarida mustahkamlik va qattiqlik xususiyatlarini oshirib, plastiklik va yopishqoqlik xususiyatlarini pasaytiradi. Poʻlat — mashinasozlik, transport, qurilish va boshqa koʻp sohalarda muhim material hisoblanadi. Asboblozlik poʻlatlari oʻzining oson kesiluvchanligi bilan ajralib turadi.
Armaturalarning fizik-mexanik xossalari. Armaturalarning fizik-mexanik xossalari po’latning kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish va ishlov berish usullariga bog’liq. A–I, A–II, A–III sinfli yumshoq po’latlarda uglerod 0,2...0,4% ni tashkil etadi. Uglerodning miqdori oshirilsa, po’latning mustahkamligi ortib, qayishqoqligi va payvandlanuvchanligi kamayadi. Agar po’lat tarkibiga marganes va xrom qo’shilsa, uning qayishqoqligi kamaymagan holda mustahkamligi ortadi; kremniy ko’shilsa, po’latning mustahkamligi ortib, payvandlanuvchanligi yomonlashadi.
Po’latning mustahkamligini qizdirib toblash yoki oddiy cho’zish yo’li (1.4-rasm, 1-egrilik) bilan oshirsa ham bo’ladi. Po’latni qizdirish yo’li bilan toblaganda, uni 800...900°S ga qadar qizdiriladi, so’ngra keskin sovutiladi; keyin yana 300...400°S ga qadar qizdirib, asta sovutiladi (4-egrilik). Buning natijasida po’lat armaturaning mustahkamligi ortadi.
1.4-rasm. Armatura po’latining xarakterli diagrammalari: a – oqish maydonchasi mavjud; b – oqish maydonchasi yo’q
Armaturali po’latni mexanik yo’l bilan puxtalash uni yuklash va yukdan bo’shatish (sovuq holatda uni qayta-qayta cho’zish) ga, ya’ni uni u kuchlanishdan katta bo’lgan k kuchlanish bilan cho’zish orqali uni mutanosiblik chegarasini oshirishga asoslangan. k kuchlanish bilan qayta cho’zilganda, uning oquvchanlik chegarasi ko’tariladi (2-egrilik).
Armaturali sterjenni ketma-ket kichrayadigan teshikdan zo’rlab sug’irish yo’li bilan ham mexanik usulda puxtalasa bo’ladi. Bunda s – s bog’lanish deyarli armatura uzilishigacha to’g’ri chiziqli bo’lib qoladi (3-egrilik) va bu uning me’yoriy qarshiligi qilib qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |