Farg’ona politehnika instituti, arhitektura va qurilish materiallari fakultEti qmbkich 79-20 guruh talabasi YANDASHEV mANSURNING QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARI Fanidan Po’lat armaturalarning turlari
reja:
1. Armaturalarning turlari. Armaturalar sterjenli va simli armaturalarga bolinadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy profilli armaturalar boladi. Davriy profilli armatura tekis armaturaga qaraganda beton bilan mustahkamroq boglanadi. Armaturani ishlatish usuliga qarab, u zoriqtirilgan va oddiy armaturaga bolinadi. Armatura konstruksiya tarkibida bajaradigan vazifasiga kora ishchi va montaj armaturaga bolinadi. Ishchi armatura hisoblash yoli bilan, montaj armaturasi esa konstruktiv mulohazalarga kora ornatiladi.
Taqsimlovchi armatura ham shartli ravishda montaj armatura turiga qoshiladi. Temirbeton elementlari kamida 0,05 % va kopi bilan 3,5 % miqdorida armaturalanadi. Armaturalash foizining eng kichik miqdori, armaturalangan elementning chozilishga bolgan hisobiy qarshiligi sof beton elementning chozilishga bolgan qarshiligidan kichik bolmasligi kerak degan shartdan kelib chiqadi. Armaturalashning maksimal miqdori esa iqtisodiy mulohazalar va hisoblar asosida belgilanadi.
Oddiy armatura sifatida A–I, A–II, A–III, va Bp–I, B–I sinfli armaturalardan foydalaniladi. Zoriqtiriladigan armatura sifatida esa A–IV, A–V, A–VI, Aт–V, Aт– VI, Bp–II, B–II va K–7, K–19 sinfli armaturalar ishlatiladi. Agar sterjenli armatura kuchlanish ostida zanglash (korroziya) ga nisbatan ota turgun bolsa, uning sinfiy belgisiga «K» harfi qoshiladi (masalan, Aт–IVK); agar payvandga monand bolsa, «С» harfi qoshiladi (masalan, Aт–IVС). Agar armaturada har ikkala xususiyat mavjud bolsa, «СK» harflari qoshiladi (masalan, Aт–V СK).
2. Armaturalarning fizik – mexanik xossalari. Armaturalarning fizik – mexanik xossalari polatning kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish va ishlov berish usullariga bogliq. A–I, A–II, A–III sinfli yumshoq polatlarda uglerod 0,2 – 0, 4% ni tashkil etadi. Uglerodning miqdori oshirilsa, polatning mustahkamligi ortib, qayishqoqligi va payvandlanuvchanligi kamayadi. Agar polat tarkibiga marganets va xrom qoshilsa, uning qayishqoqligi kamaymagan holda mustahkamligi ortadi; kremniy qoshilsa, polatning mustahkamligi ortib, payvandlanuvchanligi yomonlashadi.
3.Armatura po’latining xarakterli diagrammalari: Malumki, po’latning asosiy fizik–mexanik xossalari material namunasini cho’zishga sinash jarayonida olinadigan «kuchlanish–deformatsiya» ( – ) diagrammasida oz aksini topadi. Bu diagrammaga kora armatura polatlari quyidagi turlarga bolinadi: 1. Oqish chegarasi aniq korinadigan yumshoq polatlar; 2. Oqish chegarasi aniq korinmaydigan otda toblangan polatlar; 3. Deyarli uzilgunga qadar « – » diagrammasida chiziqli bog’lanishga ega bolgan ota mustahkam polatlar.
4.Armaturalash usullari. Temirbeton elementlari payvandlangan sim–tor yoki karkaslar, alohida sterjenlardan to’qilgan armaturalar, bikr prokat profillar va boshqalar bilan armaturalanadi. Payvandlangan sim torlar asosan plitali konstruksiyalarda ishlatiladi.
Ishchi armaturalarni joylashishiga qarab, ular uch xil boladi: 1) bo’ylama ishchi armaturali; 2) ko’ndalang ishchi armaturali; 3) ikki yo’nalishda ham ishchi armaturali. Standart sim torlar diametri 4–5 mm bolgan Вр–I sinfli va diametri 6–8 mm bo’lgan A–III sinfli, hamda diametri 40 mm gacha bo’lgan A–I, A–II, A–III sinfli armaturalardan tayyorlanadi. Sim torlar yassi va oramli (rulonli) boladi. O’ramli sim to’rlarning maksimal diametri 5 mm gacha boladi, yassi sim to’rlarning uzunligi 9 m gacha bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Qosimov E/ Qurilish ashyolari,
Internet tarmog’i materiallari asosida tayyorlandi
Etiboringiz uchun raxmat!
Bajardi: Yandashev M
Tekshirdi: Otaqulov B
FARG’ONA-2021
Do'stlaringiz bilan baham: |