Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida


Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik asoslari



Download 47,94 Kb.
bet7/11
Sana22.01.2023
Hajmi47,94 Kb.
#901129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari kurs ishi 1

1.3. Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik asoslari
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bolib, ulardan biri:
1. Aqliy xatti-harakatlar, bilim, ko‘nikma va malakalarni bosqich ma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (PYa.Galperin).P.Ya.Galperin nazariyasi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga
1.Motivatsiya.
2. Tushuntirish.
3. Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish.
4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish.
5. Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish.
6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi.

Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turi ajratiladi:


— birinchi turda — xatti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi;
— ikkinchi turda — materialni nisbatan dadil va to‘la tushunilishi va material bilan bogiiq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi;
— uch inchi tur — tez, samarador va bexato xatti-harakatlarni o‘zlashtirilishini ta’minlab beradi. V.VDavidov nazariyasi. Ushbu nazariya mazmunini kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarning ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishi
tashkil qiladi. Ushbu nazariyaga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘quvchilar
tomonidan nazariy tushunchalar tizimi o‘zlashtirilishi lozim bo‘lib,
bu o‘z o‘rnida xususiydan umumiy bilimlarga o‘tilishni ta’minlaydi.
V.V.Davidovning ta’kidlashicha, o‘quv materialini induktiv usul bilan bayon etish, o‘quvchilarda fikrlash jarayonining faqat bir tomonini ya’ni, konkretdan mavhumlashtirishga tomon yo‘nalgan mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan. Bundaymantiq natijasida bola tafakkuri bir tomonlama rivojlanadi, ilmiy
tushunchalar va qoidalar bir tomonlama o‘zlashtiriladi.
Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bogliq boiib,L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limda muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir. Ta’limning psixologik asoslari muammosi ko‘pgina masalalarni qamrab oladi. Ta’limning muvaffaqiyati qator psixologik omillarga bogliq bo‘ladi. Asosiy omillardan biri o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan munosabatidir. Bu munosabat o‘quvchining diqqati, his-tuyg‘ulari, qiziqishlari va irodasida, shuningdek, shaxsning tutgan yo‘lida namoyon bo‘ladi. Ta’lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini rivojlantirishni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchining diqqatini rivojlantiradigan omillardan hisoblanadi. Ta’lim jarayonida
ta’lim beruvchining vazifasi darsda o‘quvchilarning faolligini yuzaga keltirishgina emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladigan materialni idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib turadi. o‘qitishjarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish, o‘quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga hamda o‘zlashtirilgan materialni takrorlashga jalb etish kerak. Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. o‘qituvchining roli shundan iboratki, u o‘quvchilarda tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolish kerakligini, nimani esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolish kerakligini, nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini tushuntirib o‘tishi lozim. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchi tomonidan bunday ko‘rsatmalar berilmaganda, o‘quvchilarda ko‘pincha bilish va o‘rganishga nisbatan noto‘g‘ri tasavvurlar vujudga keladi. o‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech
qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, bunday ma’lumotni 0‘quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. 0 ‘quvchilarning ijobiy psixik holatlari, ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. 0 ‘quvchilar emotsional
ruhdagi materialni yaxshiroq o‘zlashtirib oladilar. o‘tkazilgan tajribalar hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni o‘quvchilar yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi. 0 ‘qituvchi o‘quv jarayonining emotsional tomoni haqida ham qayg‘urishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g‘oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga erishish uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuyg‘ular o‘quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan faoliyat yuzasidan beg‘araz munozara paydo bo‘ladi, bahslashiladi, befarq qaralgan yoki salbiy munosabatda bo‘lingan ishga esa, hech qanday hafsala bo‘lmaydi. Jamiyatimizdagi mehnat — haqiqiy ijod, quvonch manbayi. o‘qituvchi o‘quvchilarida o‘quv mehnatiga ijobiy munosabatni uyg‘otib, mehnatning haqiqiy ijodga, quvonch manbayiga aylanishiga ko‘maklashishi kerak.

Download 47,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish