2.3. Shaxs shakllanishidagi psixologik shart-sharoitlar
Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib etishuvida o'zining maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni engib chiqishi mumkinligini bilishimiz zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib rivojlanib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi. Odam atrofni, ob'ektiv borliqni ko'proq bilgani sari onglilik darajasi o'sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi bilim va ko'nikmalarni egallaydi, yangi qiziqish va ehtiyojlar vujudga keladi. Demak, shaxsning kamolga etishi jamiyat rivojiga chambarchas bog'liqdir
Shaxs taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlar problemasini hal qilishda dialektik materializm ta’limoti taraqqiyotda quyidan (soddadan) yuksakka (murakkabga) o‘tishni amalga oshiradigan ichki qarama-qarshiliklarni ochib berishni zaruriy ravishda talab qiladi. Shaxsning aktivligi odamni anglangan va anglanmagan motivlarning murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlar yig‘indisiga bog‘liqdir.
Shaxs psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari odamning o‘z faoliyati davomida o‘zgarib boruvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda yuzaga chiqadi.
Shunday qilib, shaxsni rivojlantirish maqsadida bu qarama-qarshiliklarni yengish faoliyatida, ya’ni faoliyatni amalga oshirishning ma’lum vositalarini (yo‘l-yo‘riqlarini, bilimlarini va shu kabilarini) o‘zlashtirish orqali sodir bo‘ladi. Bularning hammasi ta’lim (o‘qitish) yordami bilan amalga oshiriladi. Bunda aktiv faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yangi yanada yuksakroq darajadagi ehtiyoj tug‘diradi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari irsiyat va muhitdir deb o‘ylash xato bo‘lar edi. Lekin bundan shaxsga harakteristika berishda irsiyat va muhitni e’tiborga olmaslik kerak, degan ma’no mutlaqo chiqmasligi kerak.
Ko‘pchilik odamlar o‘rtasida (xususan ota-onalar o‘rtasida) odam shaxsiga xos ma’lum bir xususiyatlarning paydo bo‘lishida irsiyat ustunlik qiluvchi rol o‘ynaydi, degan tasavvur keng tarqalganligini pedagog e’tiborga olishi lozim bo‘ladi. Bunday taxminlarning qandaydir asoslanganligini dalilsiz inkor qilish bilangina cheklanmay, mazkur murakkab masalani ilmiy aasosda tushuntirib berish ham zarurdir.
Xulosa:
Hozirgi kunda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar o'qtuvchilar, barcha pedagoglar oldiga o'quvchining bilimlarini yuksak darajada o'zlashtirish; o'quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash ; ularning tafakkur, muloqot , o'qish , mehnat qilishga bo'lgan qobilyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas'ulyatini vazifalarni qo'ymoqda.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini, har bir o'qtuvchi predmetni o'qitish metodikasini , maktab o'quvchilarining fizologiyasi asoslari, maktab o'quvchilari gigiyenasi asoslarinigini bilish emas, balki ma'lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo'lish lozim. Har bir pedagog ma'lum darajada psixolog ham bo'lishi talab etiladi , chunki ular har biri faqat o'ziga xos bo'lgan, turli yoshdagi turli individual xususiyatlarga ega bo'lgan o'quvchilar bilan ish olib boradi.
Har bir bola faqat o'ziga xos bilish faolyati, iroda, xarakter, xulq- atvor xususiyatlarga ega. Maktabdagi ta'lim - tarbiya berish jarayonida mana shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda bo'lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina har bir pedagog o'zining asosiy vazifasi, ya'ni yosh avlodga ta'lim -tarbiya berish ishini muovaffaqiyatli amalga oshiradi.
O‘rganishning muvaffaqiyati turli xil omillarga bogMiq, ular
ichida quyidagi psixologik omillar muhim: o‘quv faoliyati motivatsiyasi, bilish jarayonlari
— idrok, diqqat, xayol, xotira, tafakkur va nutqning ixtiyoriyligi, o‘quvchilarda irodaviy va boshqa shaxs xislatlari: mas’uliyat, tirishqoqlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, onglilik, tartiblilik va boshqalarning mavjudligi. 0 ‘quv
faoliyati samaradorligining psixologik omillariga hamkorlik faoliyatidagi insonlar — o‘qituvchilar va sinfdoshlari bilan o‘zaro ta’sir qila olish ko‘nikmasi, intellektual rivojlanganlik va boshqalar kiradi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘rganishga boMgan tayyorlik (ustanovka) muhim hisoblanadi, bunda o‘quv vazifalarining
o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi, o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi
Do'stlaringiz bilan baham: |