Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida



Download 47,94 Kb.
bet2/11
Sana22.01.2023
Hajmi47,94 Kb.
#901129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari kurs ishi 1

Mavzuning dolzarbligi: Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirish asosida pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo'lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlik ta'lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e'zozlash orqali shaxsining tahsil olishi, ijod bilan shug'ullanishi va o'zini-o'zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi.
Kurs ishining maqsadi: Talabalar psixologiyasining turli sohalaridan psixologiya va pedagogikaga oid bilimlar berish ayniqsa, shu fanlarning ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo'llashga o'rgatishdir.
Kurs ishining vazifasi: Ta'lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalarini o'rganish.
Kurs ishining obekti: Termiz shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 13- umumiy o'rta ta'lim maktabining pedagoglari va o'quvchilari
Kurs ishining predmeti: Bolalarni maktabda bilim, ko'nikma va malakalarini egallash qonuniyatlarini, ularda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir.


I-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida
1.1. Pedagogik psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi
Pedagogik psixologiyaning predmeti – ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlarini hamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir.
Psixolog I.A.Zimnyaya bo‘yicha pedagogik psixologiyaning predmeti –inson tomonidan ijtimoiy-madaniy tajribani o‘zlashtirishning qonuniyatlari, mexanizmlarini, Shuningdek, bu jarayon natijasida yuzaga keluvchi ta’limning turli sharoitlarida pedagog tomonidan tashkil etiluvchi va boshqariluvchi o‘quv faoliyati sub’ekti sifatida inson shaxsi rivojlanishi va intellektual darajasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.Pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib topadi. XIX asrning 60-yillarida xalq ommasi orasida bilimlarni tarqatishga qaratilgan tashkilotlar paydo bo‘la boshladi. Bu davrda talabalarning tashabbusi bilan dehqon va hunarmandlarga ta’lim beradigan kattalarning yakshanbalik maktablari paydo bo‘la boshladi. Shuningdek, dastlabki xalq kutubxonalari va o‘quv zallari (qiroatxonalar), mehnatkashlar uchun tekin kutubxonalar tashkil etildi; umumta’lim, amaliy va kasbiy bilimlarni ommalashtirishning keng tarqalgan shakllaridan biri xalq o‘qishlari o‘tkazila boshlandi. Bilimlarni ommalashtirishda bilim jamiyatlari va komitetlari muhim rol o‘ynadi. Bunday muassasa a’zolari xorij va rus yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini chop etish, yozgi pedagogik kurslarni tashkil etish, xalq maktablari va kutubxonalarini yaratish kabi ishlar bilan shug‘ullanishgan. Sankt-Peterburgda 1861-yilda tashkil etilgan bilim jamiyatiga L.N.Tolstoy, I.S. Turgenev kabi mashhur yozuvchilar a’zo boiishgan. Xalq ta’limining rivojlanishida pedagogik muzeylarning tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bunday muzey nafaqat
Rossiyada, balki butun dunyoda dastlab 1864-yilda Peterburgda harbiy-o‘quv yurtlarining Pedagogik muzeyi tashkil etilgan. Dastlab muzey faqat xorijda nashr etiladigan o‘quv qo‘llanmalarni tizimlashtirish, mamlakatimizda yaratiladigan o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish, o‘qitishning ilg‘or metodlarini ommalashtirish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik muzeyda kata 451 ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan, pedagogika fanining dolzarb muammolarini ishlab chiqadigan jamoatchilik ilmiy markaziga aylantirildi.Bu yerda pedagogik psixologiya bo‘yicha Rossiyada birinchi eksperimental laboratoriya tashkil etildi.
Keyinchalik ta’lim va tarbiyaga oid kitob, dastlabki pedagogik
jurnallar nashr etila boshladi. Ular sirasiga «Tarbiya jurnali»,
«Okqituvchi», «Rus pedagogik xabarnomasi», «Maktab va oila»,
«Ta’lim va tarbiya» va boshqalarni kiritish mumkin.
1848-yilgi fransuz revolutsiyasidan so‘ng rus olimlarining xorijga safarbarliklari to‘xtatildi. 1860-yillarda rus olimlarining Yevropa ilmiy hayoti bilan bevosita aloqasi yana tiklandi. 60 dan ortiq olimlar xorijga malaka oshirishga jo‘natildi. Ular orasida faylasuf va psixolog M.M.Troitskiy, K.D.Ushinskiy hamda I.M.Sechenovlar bor edi. K.D.Ushinskiy Shveysariya, Germaniya, Fransiya,
Belgiyadagi ayollar ta’limining yo‘lga qo‘yilishini o‘rgandi. Bunda taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning «Inson tarbiya predmeti sifatida» nomli asari katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari Ch.Darvinning evolutsion g‘oyalari ham yosh psixologiyasining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Evolutsionta’limot psixik taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborini qaratishga olib keladi. XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkaziladigan eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shundayligicha o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davrning umumiy psixologiya fani pedagogika uchun yetarli bilimlar boyligini bera olmas edi. Shved yozuvchisi E.Key tomonidan «Bolalar asri» nomli kitobi keng tarqaldi. Uning ta’kidlashicha, XX
asr bolalar asri bo‘ladi. Bunda kattalar bolalar ruhiyatini tushuna boshlaydilar, o‘zlari ham bolalardek bo‘ladilar. Shundagina ijtimoiy tuzum yangilanadi».
Turli mamlakatlarda bolalar va pedagogik psixologiya muammolarini o‘rganish bo‘yicha laboratoriyalar, jurnallar tashkil etildi. 1896-yilda Leypsigda «Bolani tadqiq qilish» jurnali, 1899-yilda Leypsigda «Pedagogik psixologiya, gigiyena va patologiya» jurnali, 1905-yilda Leypsigda «Eksperimental pedagogika» jurnali (1911-yildan «Pedagogik psixologiya jurnali» sifatida nashr etila boshladi).
1901-yilda Rossiyada birinchi eksperimental pedagogik laboratoriya Peterburgda A.P.Nechayev rahbarligida tashkil etildi. 1906-yilda Peterburgda pedagogik psixologiya bo‘yicha I syezd chaqirildi. Pedagogik psixologiya namoyandalari — A.P.Nechayev, N.E. Rumyansev va boshqalar pedagogik adabiyotlarni
keskin tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani pedagogik amaliyot
bilan yaqinlashtirish eksperimental tadqiqotlarni ta’lim-tarbiya
jarayonining o‘zida o‘tkazish orqaligina mumkin degan muhim
xulosa chiqarildi. Ya’ni eksperimental ma’lumotlar tashqaridan
emas, balki psixologik-pedagogik tadqiqotning o‘zidan olinishi
kerak, degan xulosaga kelinadi. Bu maqsadni amalga oshirish
uchun esa yosh va pedagogik psixologiyaning muhim nazariy,
metodologik masalalarini hal qilishning to‘g‘ri yo41arini izlab
topish lozim edi. Shu tufayli psixik taraqqiyotning manbalari va
uning ta’lim jarayoniga munosabati masalasi yosh va pedagogik
psixologiyaning markaziy muammosi boiib qoladi. 1879-yilda
I.A.Sikorskiy tomonidan ta’lim jarayonida eksperimentdan foydalanish g‘oyasi ko‘pchilik olimlar tomonidan tan olinmadi. Lekin 80-yillarda psixologik laboratoriyalarning tashkil etilishi bilan, eksperimentlarni pedagogik jarayon bilan bog‘lash, ta’lim va tarbiya haqida yangicha fanni yaratishga intilish vujudga keldi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSHda pedologiya
deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. Uning namoyandalari —
S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyandalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini mexanik ravishda qo‘shadilar.
20—30-yillarda pedologiya «Bola haqidagi yagona marksistik fan» rolini da’vo qila boshlaydi va pedagogika hamda bolalar fiziologiyasini siqib chiqarishga harakat qiladi. Pedologlarning qarashlari idealistik va mexanistik xarakterda edi. Ularning o‘quvchilarni «aqliy qobiliyat koeffitsienti»ni 453 aniqlashga oid testlari asossiz bo‘lib, psixologiya va pedagogikaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi hamda maktabga katta ziyon yetkazdi. Shuning uchun 30-yillarning boshlarida pedologiyani keskin tanqid qilish boshlandi. 1936-yil 4-iyulda BKP MKining «Xalq maorifi komissarligi sistemasidagi pedologik buzg‘unliklar haqida»gi qarori chiqdi. Bu qarorda pedologiya fani marksistik nuqtayi nazarga zid ekanligi ta’kidlanib, katta tanqid ostiga olindi. Shu tariqa pedologiya faniga barham berildi.
20—30-yillarda pedagogik psixologiyada juda ko‘p ilmiy tadqiqot
ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan
bir qancha psixologik-pedagogik konsepsiyalar vujudga keldi. Ayniqsa, A.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga bo‘lgan ilmiy qarashlari, L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalarning rivojlanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb etadi.
Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya psixologiya fanining
eng rivojlangan sohasi hisoblanadi. Yosh va pedagogik psixologiya
masalalari bilan bir qator ko‘zga ko‘rinarli psixologlar shug‘ullanganlar va shug‘ullanmoqdalar. Ulardan: B.G. Ananyev, L.l.Bojovich, P.Ya.Galperin, W.Davidov, A.V.Zaporojets, L.V.Zankov, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, N.F.Talizina, D.B.Elkonin va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bolalar psixologiyasi muammolari bilan shug‘ullangan o‘zbek olimlaridan: professorlarM.G. Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, M.Vohidov; R.I.Sunnatova,
Z.T.Nishonova, dotsent S.A.Axunjanova, Sh-A.Do^stmuhamedova,
S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz mumkin. Sharq allomalari asarlarida ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi. Yuksak tafakkur namoyandalarining asarlarida bilim olishga keng o‘rin berilgan bo‘lib, o‘tmishda ham, hozirda ham, qayerda ta’lim sohasiga e’tibor
yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda taraqqiyot doimo ilgarilab borganligi
yaqqol ko‘rinadi. Sharqning qomusiy olimlari asarlarida ta’lim-tarbiya, shaxs
kamoloti borasidagi fikrlari bilan birga bilim egallash, ilm olish
yo‘llari xususida qator ilmiy m a’lumotlar keltiriladi. Jumladan,
454 Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Burhoniddin Zarnujiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va mutafakkirlarning asarlarida yuqoridagi muammolar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar keltiriladi. Qomusiy olim Imom al-Buxoriy ham ilm o‘rganishni yuqori
darajaga qo‘yib, o‘z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar:
«Kishi ilm bobida nafaqat o‘zidan yuqori yoki tengdoshlaridan,
balki o‘zidan past bo‘lganlardan hadis olmaguncha, yetuk muhaddis boia olmaydi». Imom Buxoriy ushbu fikri bilan o‘quv
faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim tomonidan shakllantirilishiga urg‘u beradi. Abu Nasr Forobiy esa ko‘plab asarlarida bilish masalasiga katta
e’tibor beradi. U bilishda ikki bosqichni — hissiy va aqliy bilishni farqlaydi hamda bilishda inson aqlining roliga ahamiyat beradi.
Forobiy insonlarni ilmli bo‘lishga chaqirib, o‘quvchining ijtimoiy
hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. U o‘quvchiga ta’lim berish, uni
ilmli qilish uchun o‘qituvchi tinmasdan mashaqqatli mehnat qilsagina o‘quvchi o‘qishga, ta’lim olishga, bilimli boiishga intilishi mumkinligini ta’kidlaydi. 0 ‘qituvchi o‘quvchiga bilim beraman desa, o‘quvchi oldida haqiqatgo‘y bolishi kerak, o‘zi fahm-farosatli bo‘lib, or-nomusini qadrlashi lozim, shogirdlariga nisbatan adolatli bo‘lishi, ko‘zlagan maqsadiga erishishida qat’iylik ko‘rsata bilishi va o‘rnak boim og‘i joiz, deya ta’kidlaydi mutafakkir. Forobiy tushunishni, bilimning mohiyatini uqib, anglab olishni quruq yodlashdan ustun qo‘yadi, o‘quvchiga umumiy qonun-qoidalarni o‘zlashtirishni tavsiya etadi, chunki qonun-qoidalarni anglash, uning e’tirofiga ko‘ra, juda katta ahamiyatga ega. Allomaning mulohazasiga binoan, har qanday o‘quvchi o‘z xatti-harakatidan xabardor bo‘lmog‘i, ya’ni o‘zini anglagani, zamonaviy psixologiya fani terminologiyasiga ko‘ra, o‘zini refleksiya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va shu sa’y-harakatlari tufayli baxtga erisha oluv- 455-chi insonligini anglamog‘i lozimdir.
Forobiy o‘quvchining shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona sharh bergan olimdir. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning fikricha, inson tafakkuri, aqlining kuchi bir necha bosqichdan iborat. Aqliy kuchlar dastlab mutlaq tinch, sokin holatda boladi. Bolalardagi yozishni, o‘qishni o‘rganishdagi potensial kuchlar shunga misol bo‘la oladi. Abu Ali ibn Sino bu kuchlarni moddiy kuchlar deb nomlagan, ya’ni mazkur kuchlarni tashqi motivlar deb tushunsa bo‘ladi. Sekin-astalik bilan bu kuchlar harakatga aylanadi, bular mehnat quroli samarasidir, ya’ni mehnat quroli orqali harakatga keladi va namoyon bo‘ladi. Bu holatni bola yozishni xohlab turibdi-yu, ammo yozish quroli bo‘lgan qalamning yo‘qligi bilan izohlash mumkin. Bu ikki kuchni Ibn Sino ro‘yobga chiqishi mumkin bolgan kuch deb atagan. Nihoyat, uchinchi kuch esa irodaning yetishmasligi bilan tushuntiri beriladi. Ya’ni shunday holatning kuchi bor, ammo uni ishlatishga, ro‘yobga chiqarishga bolada iroda yetishmaydi. Alloma nazarida, shu kabi uch holat bilan aql, bilim olish izohlanadi. «Тауг» asarida esa insonlarni do‘stlikka, bilim olrganishga chaqiradi. Ibn Sino «Xayy ibn Yaqzon» qissasida inson fe’l-atvorini, ruhiyatini tushunish uchun mantiq ilmini o‘rganishga chorlaydi. Bu fan inson tafakkur doirasining kengayishiga katta yordam beradi. Insonlarning fe’l-atvorini bilish uchun o‘qish, o‘tkir bo‘lish
uchun farosat ilmidan xabardor bo‘lish kerak. Darhaqiqat, ilm
o‘rganishga Forobiy musiqiy, falsafiy ilm bilan da’vat etgan bo‘lsa,
ibn Sino mantiq ilmi orqali da’vat etgan.

Download 47,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish