X (iks) nazariyasiga ko‘ra, namunaviy yollanma ishchi tabiatan yalqov bo‘lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, ma‘suliyat sezish, fahm-farosat yetishmaydi. Bunday holda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur.
U (igrek) nazariyasi birinchisiga qarama qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga ma‘suliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi kishilar o‘z maqsadi va manfaatlariga g‘oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat bo‘lgan. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchini rag‘batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.
Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko‘rinishda uchramaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o‘zida ham birinchi, ham ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san‘at ekanligi ham ana shu ikki jihatni uyg‘unlashtiradi.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |