Mavzu: Pedagogik menejment nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Reja


Mumtoz (ma‘muriy) menejment  maktabining mohiyati va shakllanishi



Download 17,9 Kb.
bet3/5
Sana23.07.2021
Hajmi17,9 Kb.
#126492
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-мавзу. Маъруза

Mumtoz (ma‘muriy) menejment  maktabining mohiyati va shakllanishi

«Mumtoz»chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondashib, undagi umumiy xususiyatlar va qonunniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad – boshqarishning universal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e‘tiborini qaratishgan:

-         tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotning bo‘linmalar yoki ishchi guruhlarga bo‘lishni moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari, deb hisoblangan;

-         tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshchilik bo‘lishni va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olish va unga bo‘ysunishi lozim, degan g‘oyani ilgari surishgan.

Anri Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan fransuz olimlaridandir. U Fransiyadagi ko‘mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. A.Fayol o‘zining boy amaliy tajribasini «Umumiy va sanoat boshqaruvi» (1916) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv g‘oyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Anri Fayol boshqarish tamoyillari:

1.     Mehnat taqsimoti.

2.     Vakolat va ma‘suliyat.

3.     Intizom.

4.     Yakkaboshlik.

5.     Yo‘nalishning (maqsad) bir xilligi.

6.     Shaxsiy manfaatlarni umumiy manfaatga bo‘ysunishi.

7.     Xodimlarni taqdirlash.

8.     Markazlashish.

9.     Boshqaruvdagi iyerarxiya.

10. Tartib.

11. Adolat.

12. Xodim uchun ish joyining doimiyligi.

13. Tashabbus.

14. Korporativ ruh.

A.Fayol boshqarishni: kelajakni ko‘ruvchi, faoliyatini takomilashtiruvchi, tashkilotni idora qiluvchi, faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol, deb ataydi. Bu fikrlar hozirgi kunda ham boshqarish fani asosida yotadi.

«Ilmiy menejmet» va «Mumtoz menejment» nomoyandalari mehnatni ilmiy tashkil qilish usullarini ishlab chiqishda va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko‘ra:

-         rahbarning xodimga bo‘ladigan munosabatlari alohidalashtiriladi;

-         mehnatni rag‘batlantirish qat’iy normallashtirildi;

-         mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish, qat’iylashtirish;

-         mehnatni «jismonan majburlash» joriy qilish;

-         yollanma ishchidan «fikrsiz robot» sifatida foydalanish usuli qat’iy o‘rnatiladi. Ayniqsa bu usul G.Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz – konveyr usulida tashkil etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorligini oshirishga erishdilar.

Insoniy munosabatlar” maktabining mohiyati va shakllanishi.

1820-1830 yillari AQSHda ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil harakat sifatida  «teylorizm»ga qandaydir darajada qarshi turuvchi yangi nazariya – “Insoniy munosabatlar” maktabi paydo bo‘ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyatshunos va ruhshunos E.Meyo (1880-1949) asos soldi.

Bu maktab nuqtai nazaridan:

-         ishchi – bu fikrsiz robot emas, balki obro‘-e‘tiborga, o‘z-o‘zini hurmat qilishga, o‘z qadr-qimmatini his etishga;

-         boshqa kishilar tomonidan ma‘qullashga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan individdir.

Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining:

-         tashabbuskorlikdan;

-         ishchilar bilan hamkorlikdan;

-         kompaniyada «birdamlik ruhi» va “mushtaraklik tuyg‘usi”ni shakllantirishdan foydalanish hamda ularni rag‘batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.

Bu maktabning yana bir namoyondasi amerikalik olim D.Mak-Gregor (1906-1964) inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimning o‘z mehnatiga ikki xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini inobatga olib X (iks) va U (igrek) nazariyasini yaratdi.


Download 17,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish