Mavzu: Pedagogik manbalar



Download 14,73 Kb.
Sana03.04.2022
Hajmi14,73 Kb.
#526522
Bog'liq
2-маъруза


  1. mavzu: Pedagogik manbalar



Режа:

  1. Ta’limga oid me’yoriy - huquqiy hujjatlar.

  2. O’zbek pedagogik merosi (Eng qadimgi davr manbalari, o’rta asrlar davri manbalari va yangi davr manbalari).

  3. Jahon xalqlari pedagogik manbalari.



Тayanch tushunchalar:
Pedagogika, manba, hujjat, meros, davr, o‘zbek, jahon, ta’lim,tarbiya, bilim, ko‘nikma, o‘rganish
Ta’limga oid me’yoriy - huquqiy hujjatlar. O‘zbekiston ta’lim tizimiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar “Pedagogika” fanining birinchi manbasi hisoblanadi. Bu manbalarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunlari;
2) Davlat ta’lim standartlari va Davlat talablari;
3) mutaxassisliklarga qo‘yiladigan Davlat malaka talablari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy malaka ramkasi;
4) ta’limga oid xalqaro dasturlar va talablar;
5) o‘quv reja va dasturlari.
Bo‘lajak mutaxassislarning mazkur hujjatlarni bilishi va ularni pedagogik faoliyatda qo‘llay olishi shart hisoblanadi. Misol uchun, Davlat ta’lim standartlarida quyidagi talablar belgilangan:
- mutaxassislar bilishi lozim bo‘lgan bilimlar hajmi;
- mutaxassislar egalashi kerak bo‘lgan ko‘nikma va uquvlar ko‘lami;
- mutaxassislar o‘zlashtirishi shart bo‘lgan kompetensiyalar tarkibi.
Mazkur talablar asosida o‘quv fanlarining rejalari, dasturlari, darsliklari va o‘quv adabiyotlari ishlab chiqiladi. Oliy pedagogik ta’lim muassasasining talabalari ana shu me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi shart.
Eslatib o‘tish joizki, 2020 yili qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasida bo‘lajak mutaxassislar qarashlarida va kasbiy ko‘nikmalarida xalq qadriyatlarining ustuvor shakllantirilishi belgilab qo‘yilgan. Buning ma’nosi shuki, xalqaro ta’lim dasturlari yoki talablaridan mutaxassis foydalanganda xalq mentalitetiga zarar ko‘rsatmaydigan shaklda ish tutishi kerak.
O’zbek pedagogik merosi. Pedagogikaning ikkinchi muhim manbasi bu pedagogik merosdir. O‘zbek pedagogik merosi quyidagi davrlarda yaratilgan:
1) Eng qadimgi davrlarda: “Avesto”, arxiologik topilmalar va xalq og‘zaki ijodi namunalari;
2) O‘rta asrlarda (VIII-XIXasrlar): bu davrda yashab o‘tgan mutafakkirlarning asarlari;
3) Yangi davrda (XX-XXIasrlar): pedagogik ilmiy- tadqiqotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va pedagogik tajriba-sinov natijalari.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalari talabalari bu manbalarni bilishi taqozo etiladi. Misol uchun, o‘rta asrlarda yashagan Alisher Navoiy, Bobur, Ahmad Donish kabilar insonning bilimli, ahloqli va o‘z Vataniga foydasi tegadigan shaxs bo‘lib voyaga yetishi g‘oyalarini birlamchi bilishgan. Yoki, jadid ma’rifatparvar pedagoglari shaxsning eng kerakli yangi bilimlarni egallashi, zamonaviy ahloqli bo‘lishi va kasb - hunar egallashi lozimligini alohida ta’kidlashadi.
Jahon xalqlari pedagogik manbalari. Pedagogik manbalarning uchinchisi jahon xalqlari pedagogik merosidir. Bo‘lajak mutaxassislar jahon xalqlari pedagogik merosning quyidagi xususiyatlarini o‘zlashtirishga e’tibor berishlari kerak:
1) Yevropa xalqlari pedagogik merosi: ijtimoiy tarbiyaning ustuvorligi va shaxsni hayotga tayyorlash;
2) Amerika qit’asi xalqlari pedagogik merosi: tarbiyada pragmatizmning ustuvorligi va shaxsni xalqlar xizmatiga tayyorlash;
3) Osiyo xalqlari pedagogik merosi: tarbiyada milliylikning ustuvorligi va shaxsni faoliyatga tayyorlash.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalarining talabalari bugungi kunda jahon xalqlari pedagogik merosidan habardor bo‘lishi dolzarb bo‘lib turibdi. Chunki bugungi talaba kelgusida mutaxassis sifatida xalqaro miqyosida faoliyat olib borishi mumkin. Shu jihatdan masalan, inglizlarda shaxs tarbiyasida ingliz ruhini ustuvor qo‘yish mavjud, ispanlarda shaxs tarbiyasida oliyjanoblik ruhi ustuvor va nemislarda haqiqatgo‘ylik ruhi ustuvor darajada shaxsda shakllantiriladi.
Shunday qilib bo‘lajak fanlar bo‘yicha mutaxassislar anashu pedagogik manbalardan yetarli darajada habardor bo‘lishi shart hisoblanadi. Bu bilan ular pedagogik bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Ta’limga oid me’yoriy - huquqiy hujjatlardan qaysilarini bilasiz?
2.O’zbek pedagogik merosi(Eng qadimgi davr manbalari, o’rta asrlar davri manbalari va yangi davr manbalari)ni bilasizmi?
3.Jahon xalqlari pedagogik manbalarining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?


Amaliy mashg’ulot:
“Pedagogik manbalarning bo’lajak o’qituvchi faoliyatidagi ahamiyati” mavzusi boyicha suhbat
Download 14,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish