Mavzu: ozon qatlamida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni geoekologik oqibatlari



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/35
Sana31.03.2022
Hajmi1,26 Mb.
#519924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
ozon qatlamida sodir bolayotgan ozgarishlarni geoekologik oqibatlari

ozon qatlami
deb ataladi. Shu 
yerda ozonning paydo bo’lish va uning yemirilish tezligi tenglashadi. Inson 
faoliyati bilan bog’liq jarayonlarni e’tiborga olmasak, odatdagi tabiiy hodisalar 
natijasida bu joyda ozon konsentratsiyasi deyarli o’zgarmaydi. 
Ozon konsentratsiyasi (ya’ni 1 kub santimetrda mavjud bo’lgan molekulalar 
miqdori) 
Dobson birligi 
deb atalgan maxsus konsentratsiya birligi orqali 
o’lchanadi. Bir Dobson birligida mavjud bo’lgan ozon molekulalari millimetrning 
yuzdan biri (yoki santimetrning mingdan biri) qalinlik qatlamini hosil qiladi. O’rta 
hisobda ozon qatlami qalinligi 200-300 Dobson birligini tashkil etadi. Kenglik va 
mavsumiy o’zgarishlar ham (120 dan 760 gacha Dobson birligi) mavjud. 
Sayyoramizning shimoliy yarim sharida ozonning eng katta miqdori qishning oxiri 
yozning boshida (fevral-mart oylarida), eng kichik miqdori kuzda (sentabr-oktabr 
oylarida) kuzatiladi. Sayyoramizning janubiy yarim sharida esa aksincha holat 
sodir bo’ladi. 
Ozon qatlamining himoya qiluvchi hususiyatlari. 
Ozon qatlami quyosh 
spektrining turli sohalarida elektromagnit to’lqinlarini tanlash hususiyatiga ega.
Quyosh spektri infraqizil (issiqlik), ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha (ko’zga 
ko’rinmaydigan) qismlardan iborat. 
Issiqlik tarqalishi tirik organizmlarning hayot jarayonlari uchun zarurdir. 
Lekin sayyoramizda yashovchi tirik organizmlarning biologik vazifalarini bajarishi 
uchun harorat me’yori ham mavjud. Ozon qatlami infraqizil nurlarning bir qismini 
yutib, ma’lum darajada qulay haroratni saqlab turadi. 


17 
Quyosh spektrining yorug’lik nurlanishi sayyoramizda yashovchilar uchun 
katta ahamiyatga ega. Masalan, o’simliklarning yashil barglarida kechayotgan 
fotosintez jarayonlarini olaylik. Ular bo’lmasa, sayyoramiz erkin molekulyar 
kisloroddan mahrum bo’lar, aerob organizmlar esa yo’qolar edi, ya’ni sayyoramiz 
huvillab, faqat mikroblar qolar edi. Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi 
bilan bog’liq yorug’likning sutkalik va mavsumiy maromlari sayyoramizda 
yashaydigan organizmlarning fiziologik, fe’l-atvor va biologik maromlarini 
tartibga solib turadi. Ozon qatlami ko’zga ko’rinadigan hamma nur to’lqinlarini 
o’tkazadi va turli hayotiy shaklda mavjud bo’lgan tirik organizmlar ulardan o’z 
faoliyatida foydalanadi. 
Ultrabinafsha nurlar bir xil emas. Uning har bir qismi turli hususiyatlarga 
ega. Ultrabinafsha to’lqinlarinig 400 dan 320 mmgacha masofada joylashgan qismi 
UB-A deb nomlanadi. UB-A odamga, ayniqsa o’sish paytida, zarur, chunki u 
immunitetni oshiradi, ―D‖ vitamini hosil bo’lishida yordam beradi va shu bilan 
birga raxit kasalligining oldini oladi. UB-A nurlarining bu qismi ozon qatlamidan 
o’tib, yer yuzasigacha yetib keladi. Tirik organizmlar ularga moslashganlar va uni 
hayot omili sifatida qabul qilganlar 
UB-V-bu tirik organizmlarni yo’q qiluvchi nurlanish hisoblanadi. O’tkir 
ultrabinafsha deb nomlangan nurlanishning to’lqin uzunligi 200-300 mmni tashkil 
etadi va ozon qatlamida butunlay yutiladi. 
Eng yuksak energetik hususiyatga ega bo’lgan UB-S ning to’lqin uzunligi 
200 mmdan kam, lekin bu nurlar ozon va kislorod qatlamidan umuman o’tmaydi. 
Agar UB-V I UB-S nurlarini o’tkazadigan ―ozon tuynuklari‖ ko’p miqdorda 
paydo bo’lsa qanday noxush jarayonlarga duch kelishimiz mumkin? 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish