Mavzu: O‘zbekistonda milliy siyosat (XX asr 80-yillar misolida)


O‘zbekistonda etnik munosabatlar va ularning oqibatlari



Download 196,5 Kb.
bet10/16
Sana11.01.2022
Hajmi196,5 Kb.
#346615
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
O‘zbekistonda milliy

2.2.O‘zbekistonda etnik munosabatlar va ularning oqibatlari
Sovet davlatining «lenincha» milliy siyosati ittifoqda yashovchi kichik xalqlarning taqdirini aslida fojiali tarzda «hal qilgan» edi.

Nohaq stalincha qatag‘onga uchragan, mamlakatda boshlangan «oshkoralik» va «qayta qurish»ga umid tikib o‘z tarixiy vatanlariga qaytish taraddudiga tushgan xalqlardan biri 1944 yili Gruziyaning janubig‘arbiy Mesxetiya o‘lkasidan O‘zbe kistonga zo‘rlab ko‘chirib keltirilgan mesxeti turklari edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chirib keltirilgan mesxeti turklarining O‘zbekistondagi umumiy soni 110 ming kishini tashkil etgan. Ular asosan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Quvasoy, Marg‘ilon kabi shaharlariga va vodiyning boshqa yerlariga joylashtirilgan. Shuningdek, ular qisman Toshkent viloyatining ba’zi tumanlariga ham o‘rnashgan edilar.

Ta’kidlash joizki, garchi M. S. Gorbachyov hokimiyati davrida (1985—1991) qatag‘onga uchragan, zo‘rlab ko‘chirilgan xalqlar taqdiri masalalari yuzasidan bir qator komissiyalar tashkil etilgan bo‘lsada, aslida vaziyat deyarli o‘zgarishsiz qolaverdi. Bir necha o‘n yillar davomida yechilmay, turg‘un hodsa qolib kelgan muammolar millatlararo munosabatlar zamirida ham o‘z aksini topdi. O‘zbekistonda bu holatni «Farg‘ona voqealari» va boshqa voqealar jarayonida ko‘rish mumkin bo‘ladi1.

O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Farg‘ona fojialari haqida shunday degan edi: «Farg‘onadagi voqealar va undan keyingilar turli millat kishilari o‘rtasida ishonchsizlik tug‘dirdi. Bularning hammasini kimlar boshladi? Imonim komilki, ushbu voqeahodisalarning markazi respublikadan tashqaridadir. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida ittifoqdosh respublikalarning ahvoli tang bo‘lishi kimlargadir juda zarur. Ana shunday vaziyatda istalgan payt­da ularning ichki ishlariga aralashish va masalani xoxlagan tarafga qarab hal etish mumkin bo‘ladi».

Farg‘ona voqealarining guvohi bo‘lgan isroillik jur­nalist M. Lurye Isroilda chiqadigan «Vesti» gazetasiga bergan intervyusida quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Birinchidan, hammasi o‘zbeklar bilan mesxeti turklari o‘rta­sidagi to‘polondan boshlandi va bunda bir o‘zbek yigiti halok bo‘ldi. Buning oxiri nima bilan tugashini o‘sha vaqtda hech kim bilmadi. Ikkinchidan, o‘sha vaqgda mesxeti turklarining o‘rnida boshqa millat vakillari ham bo‘li shi mumkin edi. To‘polonni boshlagan kishiga faqat o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘yishigina kerak edi, xolos. Turklar esa «urishish uchun juda mos tushar edilar», chunki ularning orqasida ruslarni himoya qilib turgan kuchlar singari katta tayanch yo‘q edi. Umuman, mesxeti turklarining o‘rnida himoya qilib turuvchisi bo‘lmagan boshqa xalqlar ham bo‘lishi mumkin edi». Muallifning fikrlaridan ma’lum bo‘lishicha, «bu avvaldan o‘ylab qo‘yilgan reja edi». Ommaviy to‘sto‘polonlar dastlab Farg‘onada, oradan ikki kun o‘tib Marg‘ilonda, so‘ngra Qo‘qonda tarqalgani254 ham muallifning fikri to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi.

Buxorolik paxtakor Saodat Gulahmedova Farg‘onadagi voqealardan so‘ng quyidagi so‘zlarni aytgan edi: «Besh yoshimda O‘zbekistonga kelib qolganman. O‘zbek xalqining bizga o‘z go‘shalaridan joy bergani, bir burda non nasibalarini biz bilan baham ko‘rgani hali ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. O‘shandan buyen qancha vaqtlar o‘tdi. Lekin oramizda samimiy mehroqibat, boshqa insoniy fazilatlar mustahkamlansa mustahkamlandiki, pasaymadi».

Mazkur voqealarning guvohi bo‘lgan va mojarolarning oldini olish komissiyasi tarkibida bo‘lgan Sh. Ziyamov va P. Abdurahmonov O‘zbekistan KP MQning «Fargona viloyatining Quvasoy shahrida milliy asoslarda yuzaga kelgan salbiy voqealar haqida» maxsus axborot tayyorladilar. Unda mualliflar sodir bo‘lgan voqealarning asl mohiyatini aholiga to‘g‘ri tushuntirish lozimligi, Fargona viloyatidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni zudlik bilan hal etish choratadbirlarini, bu voqealarning boshqa hududlarda yuz berishi oldini olish uchun harakat qilishni taklif etganlar.

Chuqur ildizlarga ega bo‘lgan ushbu voqealarning tub negizlarini respublikaning o‘sha davrdagi layoqatsiz rahbariyati «bozorda qulupnay sotishdan kelib chiqqan»259 mojaro deya baholadi. O‘sha kunlari SSSR Oliy Sovetining sessiyasi ish boshlagan bo‘lib, O‘zbekiston KP MQ birinchi kotibi R. N. Nishonovning bu mojaroga o‘ta darajada mas’uliyatsiz va bepisandlik bilan yondashgani ba’zi deputatlarda norozilik tug‘dirdi. Jumladan, armanistonlik deputat G. S. Yegityan R. Nishonovga qarab: «Rafiq Nishonovich, bir necha kundan beri men nihoyatda hayajonlanib yuribman. Shu sababli sizga tanbeh bermay ilojim yo‘q. Muxbirlar bergan ma’lumotlarga qaraganda, hozir O‘zbekistonda vaziyat nihoyatda keskinlashgan1.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mesxeti turklari asosan savdotijorat, maishiy xizmat va boshqa sohalarda ishlaganlar, mahalliy xalq aksariyatini tashkil qilgan kol­xoz a’zolarining sermashaqqat mehnatlari evaziga ish haklari juda oz miqsorni tashkil etgani holda, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlash ancha imtiyozli hisoblanar edi. Garchi mesxeti turklari o‘zlari yashayotgan joylarda ma’lum imtiyozlarga eta bo‘lib, asosiy daromadli lavozimlar ham ularga tegishli bo‘lsada, XX asrning 80-yillaridan boshlangan «oshkoralik» ularning ham vatanlariga qaytish uchun bo‘lgan harakatlariga turtki bergan. Mesxeti turklari bosh­qa nohaq qatag‘on qilingan xalqlar kabi bir necha marotaba turli idoralar, mahalliy tashkilotlar rahbarlariga murojaat etib, o‘z tarixiy vatanlariga qaytarishni talab qilganlar. Keyinchalik bu talab yangi saylangan SSSR xalq deputatlari e’tiboriga ham havola etilgan. Lekin , «yuqori tash­kilotlar quloq solmagach, SSSR xalq deputatlari birinchi syezdining ochilishi kunlarida bu ziddiyatlarni ataylab kuchaytirib yuborishga muvaffaq bo‘lingan».

KPSS va sovet davlati rahbariyati mesxeti turklari­ning hakdi talablari hal etilishidan manfaatdor bo‘lmagan. Gruziya SSR rahbariyati ham mesxeti turklarining o‘z tarixiy vatanlariga qaytish xohishistagini inobatga olmadi. Gruzin yozuvchisi Ch. Amiredjibi mesxeti turklari­ning vatanlariga qaytishi to‘g‘risida shunday deydi: «Ruslar mesxeti turklarining vatanlariga qaytishlari xususida boshqacha fikrga egalar. Gap shundaki, agar ular Kavkazda joylashtirilsa, u holda islom dini o‘z pozitsiyasi ni bu yerda yanada mustahkamlaydi. Agar bu mintaqani musulmonlar ko‘p yashaydigan yer qilinsa, u holda bu mintaqa ruslar uchun butunlay qo‘ldan ketadi»263. Farg‘ona fojialarini tahlil etishda «janjal dastlab bir rus va bir tatar yigiti o‘rtasida kelib chiqqani, rus yigitini o‘zbek yigitlari himoya qilgani, tatar yigitini esa mesxeti turklari himoya qilgani, natijada bu to‘polon to‘satdan kuchayib ketgani264» haqida vaqtli matbuot sahifalarida chiqqan xabarlar ham markazda O‘zbekistondagi vaziyatni jilovlab turishga, mesxeti turklarini vatanlariga qaytish uchun harakatlaridan chalg‘itishga intilish bo‘lganligidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda bu fojialarni tekshirish uchun 1989 yil 23 iyunda tashkil etilgan komissiya xulosalarida esa Farg‘onada yuz bergan voqealar yoshlar o‘rtasida kelib chiqqan mojarolarning tasodifiy natijasi emas, balki ijtimoiy, iqtisodiy ildizlarga ega bo‘lganligi ta’kidlandi, uning sabablari qatorida partiya tashkilotlarining aholi o‘rtasida keng ko‘lamda tarbiyaviy, tashkiliy ishlar olib bormagani, xalqlar do‘stligini mustahkamlashga e’tibor bermagani, ma’muriy organlar xodimlari esa sarosimaga tushib, mojaro boshlangan birinchi kundanoq janjalning oddini olish uchun choratadbirlar ko‘rmagani ko‘rsatildi. Shuningdek, nizolar mahalliy millat o‘rtasida kuchaygan «ashaddiy millatchilik» kayfiyatining natijasi bo‘lib, bu respublikada yashayotgan xalqlarni birbiriga qaramaqarshi qo‘yishga qaratilgani ham qayd qilib o‘tilgani holda, «vodiyda turk mesxetilari xattiharakatlariga nisbatan ancha befarkdiklar bo‘lgani, ular orasidagi ayrim shaxslar Gruziya SSRning janubiy raionlariga tezroq qaytish muammosini hal etish maqsadida vaziyatni keskinlashtirishga uringani, bu esa vaziyatni ancha chigallashtirib yuborgani» ko‘rsatib o‘tiladi. Shubhasiz, bu xulosa tarixiy haqiqatga birmuncha mos kelsada, mesxeti turklari o‘z talablaridan «kelib chiqqan mojarolar»da O‘zbekiston rahbariyati, O‘zbekiston SSR Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligini mo­jarolarning oldini ololmaganliqda ayblash markazning yordami hamma vaqt kerak bo‘lishini «isbotlab» qo‘yish uchun qulay imkoniyat ham edi.

1989 yil 15 iyunda respublika partiya xo‘jaligi faollari yig‘ilishida harbiy mashq zonasiga joylashgan mes­xeti turklarini boshqa yerlarga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqildi. SSSR Ministrlar Sovetining Raisi N. I. Rijkov ma’ruzasida «Farg‘ona yaqinidagi qochoqlar lagerida yashayotgan turk millatiga mansub grajdanlarga, ularning oila a’zolariga agar ixtiyor qilsalar, Rossiyaning noqoratuproq raionlariga jo‘nab ketish imkoniyati berilganligi» va bu «vaqtincha tadbir» ekanligi, ko‘chirish uchun zarur bo‘lgan barcha choralar boshlangani ta’kidlab o‘tiddi. Ma’lumki, XX asrning 70 yillaridayoq Rossiya qishloqlarida demografik vaziyat og‘irlashib ketgan edi. Na­tijada, 1959 yildan to 1979 yilga qadar bu yerlarda qishloq aholisi 13 mln. kishiga qisqargan. Ko‘plab qishloqlar bo‘shab, serhosil yerlar kamayib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infrastrukturasi ishdan chiqqan. 1987 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning chekka viloyatlaridagi qishloqlarda bo‘shab qolgan, xarobaga aylangan uyjoylarning soni 900 mingga yetgan edi. Bunday viloyatlar qatoriga Pskov, Bryansk, Oryol, Smolensk, Yaroslavl, Kirov va boshqalar kirar edi. Bu yerlarda yashagan aholi og‘ir iqtisodiy, ijtimoiy ahvolga chiday olmay yirik shaharlarga, jumladan, O‘rta Osiyo mintaqasiga ko‘chib ketgan. Tashlab ketilgan qishloqlardagi vaziyatni tiklash uchun qiyinchiliklarga bardosh beradigan, sabrtoqatli, ishning ko‘zini biladigan mehnatsevar kishilar kerak edi. Farg‘ona voqealaridan so‘ng «qishloq xo‘jaligini ko‘taruvchi mehnatsevar turk xalqi» ana shunday joylarga joylandi. Usha yillari markazdan ko‘chirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiya ham keldi. Ammo bu bilan bog‘liq xarajatlar Farg‘ona viloyati budjeta hisobidan ajratildi. 1989 yil 10 iyungacha Belgorod shahrining Karocha, Noviy Oskol, Proxorovka, Krasnogvardeyskoye, Borisovka tumanlariga 2839 kishi, Kalinin shahrining Zubsov, Rjev, Olenino tumanlariga 500 kishi, Oryol shahriga 1875 kishi ko‘chirildi. Ko‘chib borganlarga «va’da» qilingan tayyor joylarning yo‘kligi sababli ular asosan klublarga, maktablarga, bo‘sh qolgan uylarga joylashtirildi. Iyun oyining oxirlariga kelib, Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Oryol, Kursk, Belgorod, Voronej viloyatlariga 16282 kishi ko‘chirildi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, mesxeti turklarining qonuniy haqhuquqlari markaz hukumati tomonidan tan olinmagach, 1989 yil 23 may kuni Quvasoyda mahalliy millatga mansub yoshlar bilan mesxeti turklari yoshlari o‘rtasida «mojaro kelib chiqdi». Buning oqibatida 56 kishi nobud bo‘ldi, 400 dan ortiq uy, 116 transport vositasi, 8 sanoat korxonasi va bir necha maktabga o‘t qo‘yildi, 650 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Janjal boshlangan kundanoq mesxeti turklari o‘z vatanlariga qaytish uchun talablarini yana kuchaytirdilar. Ular milliy manfaatlarini himoya etib, Gruziyaning Adigin, Askizin, Axalsika rayonlariga qaytishlariga imkon berilishini talab qildilar276. Bu ishlarda mesxeti tur­klari yo‘lboshchilari Tashtan Aslanov, Abbos Xaxutadze, Dursun Ismoilovlar faol bo‘ldilar. Bir vaqtning o‘zida sabr kosasi to‘lgan mahalliy aholi ham respublikadagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan chiqish, turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarni ish bilan ta’minlash, milliy munosabatlardagi adolatsizlikka chek qo‘yish masalalarini hal etishni jiddiyroq talab qilib chiqdi. Viloyatdagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hissiyotga berilgan yoshlar bi­lan bir qatorda katta yoshdagi kishilarni ham bu norozilik harakatlarida ishtirok qilishga majbur etdi. Ular o‘z talablarini «Paxtaning narxi oshirilsin!» degan shiorlar bilan ifodalashga harakat qildilar. Ushbu to‘polonlar ishtirokchilaridan biri o‘z noroziliklarining sabablari haqida shunday degan edi: «Farg‘onada ko‘p millat vakillari yashaydi, turklar, qrim tatarlari, yahudiylar, nemislar va hokazo. Ammo shunisi ajablanarliki, ularning hammasi o‘zbeklarga qaraganda to‘q, farovon. Kishloqda yashaganimiz, paxta ekkanimiz bizning aybimizmi?»

Mahalliy yoshlar va mesxeti turklari o‘rtasidagi nizolar Quvasoydagi voqealardan so‘ng Toshloq, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlariga ham tarqaldi. Jumladan, 3 iyun kuni Toshloqda bo‘lgan tartibsizliklarda 3000 ga yaqin yoshlar qatnashdi. Mesxeti turklariga qarashli bir qancha uylar yoqib yuborildi. To‘plangan ma’lumotlardan aniqlanishicha, Toshloqsa bo‘lgan to‘qnashuvlarda 16 kishi halok bo‘ldi, ulardan 11 tasi mesxeti turklari, 5 tasi o‘zbeklar edi. Toshloq posyolkasida yashagan 192 mesxeti turklarining uylaridan 171 tasi jiddiy moddiy zarar ko‘rdi. Mushkul ahvolda qolgan mesxeti turklari 4 iyun kuni o‘zlarini himoya qilishni so‘rab viloyat partiya komiteti binosi oldiga to‘plandilar. Turk millatiga mansub ko‘p kishilarning uylari yondirib yuborilgani, hayoti xavf ostida qolganligi sababli viloyatga keltirilgan qo‘shinlar mahalliy aholi yordamida ularni shahar yaqinidagi harbiy mashq bazasiga joylashtirdi. 3 iyundan 12 iyungacha harbiy lagerga 4981 erkak va ayol, igu jumladan, 1765 nafar bolalar ko‘chirildi.

Shu kuni Farg‘onaga 13 ming kishidan iborat ichki ishlar qo‘shinlarining bo‘limlari keltirildi. Markazdan mazkur to‘qnashuvni bostirish maqsadida SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlar bosh boshqarmasi boshligi Y. V. Shata-lin, Kiyev, Boku, Yerevan, Leningrad, Xarkov, Saratov, Perm, Ordjonikidze shaharlaridan ichki ishlar qo‘shinlari yetib keldi. 5 iyunga kelib ularning soni 6000 kishini tashkil etdi. Ammo bu kuchlar na O‘zbekiston hukumatiga, na muammolarni hal etish uchun tuzilgan komissiya rahbariyatiga itoat qilar edi.

Butun Farg‘ona vodiysi bo‘ylab vaziyat og‘irlashib borishi natijasida 4 iyun kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi qarori bilan viloyatda kech soat 22 dan ertalab 6 gacha komendantlik soati joriy etildi. Vodiyda favqulodda vaziyat yuz berishi munosabati bilan Farg‘ona viloyati ko­mendanta buyrug‘iga binoan namoyishlar, mitinglar o‘tkazish, manifestatsiyalar uyushtirish, kishilarning ommaviy ravishda to‘planib turishi taqiqlandi. 16 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslarni uylarga ijaraga qo‘yish, sovuq qurollar saqlash, kech soat 22 dan so‘ng maxsus ruxsatnomasiz Farg‘ona viloyati hududida yurganlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rilishi belgilandi. To‘polon va beboshliklarni uyushtirganlardan 12 kishi hibsga olindi. Bunday harakatlar vodiyning chekka qishloqlariga ham tarqalmasligi uchun joylarda ko‘ngillilar drujinasi tashkil etildi. Birinchi bo‘lib Oltiariq rayonida 900 kishidan iborat ana shunday drujina tuzildi.

Voqealar Qo‘qonga ko‘chganida shaharga Rishton, Tosh­loq, O‘zbekiston rayonlaridan turli sovuq qurollar bi­lan qurollangan yoshlar yetib kela boshladi. 4 iyun soat 11 larga yaqin to‘planganlar soni mingdan oshib ketdi. Ularning ikki qismdan iborat talablari quyidagilar edi: 1. Ushlanganlar ozod qilinsin; 2. Mesxeti turklari zudlik bilan ko‘chirilsin1.

Ular ijobiy javob ololmagach, viloyat partiya qo‘mitasi binosiga hujum qilganlarida 40 nafar militsiya xodimi o‘q uzib, to‘planganlarni chekinishga majbur etdi. To‘planganlar o‘z talablari amalga oshirilishiga kirishilmaganini ko‘rib, to‘polonni yana avj oldirdilar. Shundan so‘ng rayon ichki ishlar bo‘limi rahbarlaridan birining buyrug‘i bilan ommaga qarata avtomatlardan o‘t ochildi284. Qo‘qondagi fojialar davomida 5 kishi o‘ldi, 93 kishi turli jarohatlar oldi, 60 kishi kasalxonalarga yotqizildi285. Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan to‘sto‘polonlar davomida harakat ishtirokchilari Qo‘qon kimyo zavodini, Qo‘qon yog‘moy kombinatini, avtobaza, temiryo‘l vokzali va boshqa bir necha obyektlarni egallab oldilar. Vaziyat og‘ir bo‘lgani sababli ichki ishlar xodimlari Qo‘qonda faqat bank va aloqapochta muassasalarini qo‘riqdadilar.

1989 yil 7 iyun kuni Rishton tumani ijroqo‘mi oldida ham 2—3 mingga yaqin kishi to‘plandi. Bu yerda bo‘lib o‘tgan voqealarga oid ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, to‘planganlar Farg‘ona va Qo‘qondagi voqealarda ishtirok etgani uchun qamalganlarni ozod etishni, shu bilan birgalikda paxta, pilla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxini oshirishni, aholini ish bilan ta’minlashni, uyjoy muammolarini hal etishni talab qilganlar.

Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan voqealarda ishtirok etgan yoshlar ommaviy tartibsizliklar natijasida qamoqqa olingan 69 nafar kishini ozod qildilar. 12 iyun kuni Namanganning Kurashxona mahallasida ham xuddi shunday harakatlar bo‘lib, unda 400 dan ortiq kishi qatnashdi. Bu fojialarning sabablarini zudlik bilan aniqlash maqsadida markazdan O‘zbekistonga Armaniston, Ozarboyjondagi milliy ziddiyatlarni o‘rganib, katta «tajriba» orttirgan 200 dan ortiq tergovchi yuborildi. Bularning ishtirokida 6 iyundan boshlangan qotillik va o‘t qo‘yishlar bo‘yicha 56 ta jinoiy ish aniqlandi, 2500 dan ortiq mojaroli hodisalar tekshiruvdan o‘tkazildi. 21 iyundan boshlab om­maviy tartibsizliklarda qatnashganlar ustidan 40 ta ji­noiy ish qo‘zg‘atildi.

Shu vaqt ichida 30 dan ortiq qotillik ishi ochildi. Bu harakatda ishtirok etganlardan turli sovuq va o‘tochar qurollar tortib olindi.

Umuman, Farg‘ona fojialari natijasida 103 kishi halok bo‘lib, ulardan 52 tasi mesxeti turklari, 36 tasi o‘zbeklar edi, 1011 kishi jarohatlandi. SSSR Ichki Ish­lar ministrligi ichki qo‘shinlari harbiy xizmatchilaridan 137 kishi, militsiya xodimlaridan PO kishi yarador bo‘ldi. 757 ta uy, 27 ta davlat obyekti, 275 ta avtotrans­porta o‘t qo‘yildi.

SSSR Ichki Ishlar vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona fojialarida 8 iyunga qadar 56 kishi olgan tan jarohatlaridan vafot etgan. Ulardan 43 kishi mesxeti turklari, 7 nafari o‘zbek, 1 tojik, 1 rus edi. Qolganlarining shaxsi va millati aniqlanmagan.

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan o‘zaro to‘qnashuvlardan jabr kurgan kishilarga, birinchi navbatda mesxeti turklariga yordam berish uchun mutasaddi mahalliy idora va tashkilotlar barcha choratadbirlarni belgiladi. Bu tadbirlarda ma­halliy aholi vakillari ham faol bo‘ldilar. Qishloq aholisi jabrlangan mesxeti turklariga qarashli bo‘lgan qoramollarni to‘plab, ular kimga tegishli ekanini aniqlab, vaqtincha bokish uchun kolxoz molxonalariga topshirdilar. Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati ijroiya Qo‘mitasi harbiy mashq bazasiga ko‘chirilgan turklarning moddiy va maishiy ta’minlanishini yo‘lga qo‘yish uchun yevropa millatiga mansub kishilardan iborat ikkita komissiya tuzdi. Jabrlanganlarning ehtiyoji va mulkiga taallukli masalalarni hal etish viloyat ijroqo‘mi raisi o‘rinbosari V. N. Fomichyov, viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i o‘rin­bosari T. G. Tokmakova, viloyat sanepidemstansiyasi bosh­lig‘i E. V. Kryuchenko, viloyat savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari V. B. Parshikovlarga topshirildi.

O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Farg‘onadagi favqulodda vaziyatdan kelib chiqib 1989 yil 5 iyuldagi 218 raqamli farmoyishi bilan viloyat xalq deputatlari ij­roiya qo‘mitasi oldiga vayron bo‘lgan uylarni ta’mirlash uchun kerak bo‘ladigan qurilish materiallarini yetkazish, mesxeti turklariga yetkazilgan zarar miqdorini belgilash va qoplash kabi vazifalar yuklatildi.



Ushbu qarorga binoan, zarar kurgan shaxslarning uyjoylari, molqo‘ylari sug‘urta qilinmagan bo‘lsa, yolg‘iz fuqarolarga 1200 so‘m, ikki kishidan iborat oilalarga 2000 so‘m, oilaning boshqa a’zolariga 500 so‘mdan pul to‘lash belgilandi298. Ko‘chib ketganlarning uyjoylari mahalliy hokimiyatlar nazorati ostida qoldirildi. Viloyat ijroiya qo‘mitasining farmoni bilan ko‘chib ketayotgan mesxeti turklarining uyjoylarini ta’mirlab, avvalgi holatiga keltirib, uy egalari bergan ishonch qogozlariga binoan sotish lozimligi ko‘rsatildi.


Download 196,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish