O’n ikkinchidan, XX asrning 80-yillarida O‘zbekistonda sovet totalitar tuzumi keltirib chiqargan oqibatlar respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga salbiy ta’sir etdi. Biroq zafarli o‘tmish, boy tarix, o‘troq madaniy turmush tarziga ega bo‘lgan, o‘z yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan ajralib turgan o‘zbek xalqi hamisha o‘zligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu xulosalardan kelib chiqib quyidagi taklif va tavsiyalarni kiritishni lozim topdik.
1.XX asrning 80-yillarida O‘zbekistonda sovet totalitar tuzumi keltirib chiqargan oqibatlar respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga salbiy ta’sir etganligini, biroq o’zbek xalqi o’zining zafarli o‘tmishi, boy tarixini aks ettiruvchi risolalar yaratish;
2. XX asrning 80-yillarida O‘zbekistonda sovet totalitar tuzumi keltirib chiqargan salbiy oqibatlarga qaramasdan o‘zining yuksak ma’naviyati va madaniyatini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganligini aks ettiruvchi fotoal’bomlar yaratish;
3. Ushbu mavzu bilan bog’liq maqolalar chop ettirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |