Mavzu. O’zbekistonda millatlararo munosabat va diniy siyosat



Download 51,64 Kb.
bet9/13
Sana31.12.2021
Hajmi51,64 Kb.
#259512
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O'zbekistonda millatlaro munosabat va diniy siyosat

Diniy bag‘rikenglik bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalash va inson alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va to‘g‘ri tuShunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi.

Bobur va Boburiylar ham Hindistonda vijdon erkinligini amalda namoyon qildilar va Shu siyosatni yurgizdilar. Diniy e’tiqod tufayli fuqarolar o‘rtasida janjallar chiqishi mumkin emasligi, bu barcha dinlarning muqaddas kitoblari mazmun-mohiyatidan kelib chiqishini mafkuraning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgiladilar.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” deyilgan. Demak, fuqarolar o‘z vijdoni amr qilgan xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmasliklari mumkin. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunga binoan, hozir O‘zbekistonda 16 ta diniy konfessiya, jumladan islom, xristian, yahudiylik va boshqa dinlar vakillari ahil-inoq, tinch-totuv yashab, o‘zlarining diniy e’tiqod amallarini erkin ado etib kelmoqdalar. Respublikada 2250 dan ortiq diniy tashkilot, Shu jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, rus pravoslav cherkovi, Toshkent va O‘rta Osiyo, Evangel xristian baptistlar cherkovlari ittifoqi, Rim katolik cherkovi, to‘liq injil xristianlar markazi, O‘zbekiston bibliya jamiyati, 2000 ga yaqin masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yahudiylar jamoasi, 7 ta baxoiylar jamoasi, 2 ta krishnani anglash jamiyati va 13 diniy o‘quv yurti, (1 ta islom ma’xadi, 10 madrasa va 1 provaslav va 1 ta to‘liq injil xristian seminariyasi) davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

O‘zbekiston mustaqillik davrida jamiyat hayotining barcha sohalarida erishgan yutuqlarning xorijlik mutaxassislar tomonidan e’tirofiga doir misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Lekin buning uchun bitta kitob sahifasi etarli emas. Islom dinining boy merosini chuqur o‘rganish maqsadida 1999 yil aprelida Prezident Islom Karimovning “Toshkent islom universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 2007 yilda ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi xalqaro Aysesko tashkiloti tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti, degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi. 2018 yil Toshkentda Islom tadqiqotlari xalqaro markazi, Samarqandda Imom Buxoriy tadqiqotlar markazi tashkil etildi.

Istiqlol yillarida respublikamizda Qur’on (uch marta), Qadimgi Ahdning 16 kitobi va YAngi Ahd to‘laligicha o‘zbek tiliga o‘girilib, nashr etildi. 2018 yilda Qur’on oyatlari qiroati bo‘yicha qorilar musobaqasi o‘tkazildi.

Vijdon erkinligi –fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligihuquqi BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1981 yil 25 noyabrda qabul qilingan 36-55-son Rezolyusiyasida belgilangan insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31-moddasida: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deb qayd etilgan. Vijdon erkinligi demokratiyaning ajralmas tarkibiy qismidir; u fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, teng huquqligi, barcha diniy konfessiyalarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyat yo‘qligi, diniy idora ishlariga davlatning aralashmasligi, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanish mumkin emasligini ifoda etadi. Vijdon erkinligi dindorlarning diniy his-tuyg‘ularini haqoratlamagan holda diniy mutaassiblik, jaholatparastlik, da’vat va nizoga, ekstremizmga, qonuniy davlatga qarshi diniy partiya, jamoa, uyushma, harakat va jamg‘armalar tuzilishiga qarshi tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish erkinligini ham kafolatlaydi. Mazkur qonunning 1- va 4-moddalari fuqarolar o‘zlarining dinga bo‘lgan munosabatini erkin belgilash, marosim va udumlarni bajarish hamda qonun oldida barchaning dinga bo‘lgan munosabatlaridan qati nazar tengligiga kafolat beradi. Hozirgi paytda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiya – uyushma mavjud bo‘lib, bularning eng yiriklari islom, pravoslav va yahudiylikdir. Ular ixtiyorida masjidlar,madrasalar, sinagogalar, cherkovlar, jurnal va gazetalar bor.

Bugun O‘zbekiston musulmonlaridanminglab fuqarolar haj ziyoratiga,umra safariga bemalol borib kelmoqdalar. Barcha fuqarolar uchun Vijdon erkinligi talablari va tamoyillarini amalga oshirish imkoni to‘la ta’minlanib, u jamiyatimiz ma’naviy hayotining tarkibiy qismiga aylangan.


Download 51,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish