Mavzu: O'zbekistonda donli ekinlar yetishtrishning mintaqviy xususiyatlari reja: kirish



Download 207,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana19.04.2023
Hajmi207,61 Kb.
#930421
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mavzu O\'zbekistonda donli ekinlar yetishtrishning mintaqviy xus

Bug’doyni Yetishtirilgani


22 
Kuzgi bug‘doyning kechki navlarini erta muddatlarda ekish, ertaki navlarini 
o‘rta muddatlarda ekish, o‘ta ertapishar, ertapishar kuzgi navlarini kechki 
muddatlarda, shuningdek begona o‘t bosish ehtimoli ko‘p bo‘lgan maydonlarga 
ekishni belgilash tavsiya etiladi. Ochiq maydonlarda: g‘alla ekishda birinchi 
navbatda ekish ishlarini maxsus g‘alla ekish seyalkalarida ekishga eʼtibor qaratish 
kerak. Bunda urug‘ bir xil chuqurlikka tushadi va tekis unib chiqadi. G‘o‘za qator 
oralariga ekish: ekish ishlari maxsus moslamalar yordamida amalga oshirilishi va bu 
moslamalarning ishga yaroqliligi hamda urug‘ni bir tekisda tashlashiga eʼtibor 
qaratiladi. Ekish paytida kesakli maydonlarda urug‘ sepish tavsiya etilmaydi. 
Birinchidan, urug‘ belgilangan chuqurlikka tushmaydi. Ikkinchidan, 20-30 
foiz urug‘ g‘o‘zapoya tagidagi yumshatilmay qolgan himoya zonasi ustida qolib 
ketadi. Uchinchidan, kesakli ekilgan maydonlarda 30-40 foiz urug‘lar tuproq bilan 
aralashmay kesak ustida qolib ketadi. Bunday salbiy holatlarning oldi olinmasa, 
nihol belgilangan meʼyordagidan 30-40 foizga kam bo‘ladi. Qishda bu maydonlarni 
sovuq urishi xavfi kuchayadi. 
Urug‘ muddatidan o‘ta erta ekilganda kuzdagi issiq havo harorati va 
tuproqdagi yetarli namlikdan foydalanib, bug‘doy o‘sib qalinlashib ketishi natijasida 
bug‘doy dimiqishi va uni qishda sovuq olishi mumkin. Qolaversa, bunday 
maydonlardagi bug‘doy zang kasalligi bilan ham zararlanadi



23 
2.2. Istiqbolli tarmoqlarni aniqlash va ularni rivojlanatirish
Qishloq xo‘jaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy 
integratsiyasini taʼminlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish sohasida: 
– qishloq xo‘jaligi sohasi va uning tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlash 
borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, taʼlim muassasalarida taʼlim yo‘nalishlari 
va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni hisobga 
olgan holda qabul kvotalari yuzasidan takliflar tayyorlash, taʼlim yo‘nalishlari 
bo‘yicha o‘quv dasturlari va rejalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, talabalarning 
o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini innovatsion texnologiyalar asosida faoliyat 
yuritayotgan xo‘jalik subyektlarida samarali tashkil etish, taʼlim muassasalari 
bitiruvchilarini ishga joylashtirish tadbirlarini amalga oshiradi; 
– xorijiy mamlakatlarning innovatsion texnologiyalari va ilg‘or tajribalarini 
o‘rganish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalarining ilmiy va ilmiy-
pedagogik xodimlarini xalqaro yarmarkalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy 
anjumanlarda ishtirokini taʼminlaydi; 
– vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalarida iqtidorli yoshlarni tanlab, ularning 
fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (Ph) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasi olish 
uchun tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, ularni amaliyotga tadbiq va joriy 
qilish borasidagi tadbirlarni muvofiqlashtiradi; 
– Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar 
Milliy markazda hamda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi 
xo‘jalik subyektlarida talaba va o‘quvchilarning o‘quv va ishlab chiqarish 
amaliyotini tashkil etadi; 
– Milliy markaz va uning hududiy markazlari bazasida qishloq xo‘jaligi 
mutaxassislarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
kurslarini tashkil etadi. 
Fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va kooperatsiyalari hamda 
ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish 
hamkorligini yo‘lga qo‘yish, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli 
texnologiyalar joriy etilishida ko‘maklashish sohasida: 


24 
– qishloq xo‘jaligi sohasi hamda uning tarmoqlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib 
borayotgan va kadrlar tayyorlayotgan barcha turdagi davlat ilmiy-tadqiqot va oliy 
taʼlim muassasalarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash; 
– sohadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va klaster, kooperatsiyalar, fermer hamda 
dehqon xo‘jaliklarining uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish; 
– Qishloq xo‘jaligida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha Milliy dastur 
asosida fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion va startap loyihalarni amalga 
oshirish tizimini moliyalashtirish, ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy 
etish va bevosita buyurtmalarga ko‘ra tijoratlashtirish ko‘lamini kengaytirish, Milliy 
markaz mutaxassislari hamda maslahatchilari malakasini oshirish; 
– suv tanqisligi mavjud bo‘lgan hududlarda yer va suv resurslarini barqaror 
boshqarish bo‘yicha xalqaro sammit o‘tkazish, hukumatlararo bitim tuzish hamda 
xalqaro ilmiy hamkorlik bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va 
istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasi oshirilishini muvofiqlashtirish sohasasida: 
– qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy va professional taʼlim muassasalari professor-
o‘qituvchilarining malakasini oshirish uchun oliy taʼlim muassasalarida qayta 
tayyorlashni tizimli tashkil etish; 
– sohadagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida klaster, kooperatsiyalar, 
fermer hamda dehqon xo‘jaliklari xodimlarini malakasini oshirilib borishni tashkil 
etish va uni tizimli muvofiqlashtirish. 
Qishloq xo‘jaligida xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va 
ko‘nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini taʼminlaydigan milliy 
axborot va maslahat xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish yuzasidan takliflar 
tayyorlash sohasida. 


25 

Download 207,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish