XULOSA. VA TAKLIFLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 iyul
kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy
ekinlar ekish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi
o‘tkazildi.
Don xo`jaligi aholini don bilan, chorvachilikni esa ozuqa bilan ta`minlaydi.
Don ekinlariga bug`doy, javdar, makkajo`xori, suli, arpa, grechka, sholi va dukkakli
don ekinlari kiradi.
Bug`doy jahon aholisining deyarli yarmi uchun asosiy oziq manbai bo`lib
hisoblanadi va don ekinlarining 28 foizini tashkil qiladi. Bug`doy pastroq haroratda
o`
sa boshlaydi, «
qora
» sovu
qqa birmuncha chidamli, o`sish davri qisqa.
Qurg`oqchilikka chidamli emas, ammo erta o`sa boshlagani va yetilish davri qisqa
bo`lgani uchun yoz quruq va issiq bo`ladigan rayonlarda ham yetishtiriladi.
Bug`doy 70 dan ortiq mamlakatda yetishtiriladi, ammo uning 80 foizi faqat
to`rtta davlatda yetishtiriladi: Xitoy, AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliya, Xindistoi,
Rossiya. Eng yirik bug`doy ekiladigan mintaqalar AQSH va Kanada dashtlaridadir.
Makkajo`xori ham don, ham oziq sifatida yetishtiriladi. Ertapishar o`simlik,
10
—12°
haroratda o`sa boshlaydi, sovuqqa chidamsiz, sug`orilsa juda yuqori hosil
beradi. Jahonda yetishtiriladigan donli ekinlarning 25 foizini tashkil qiladi.
Makkajo`xori yetishtirish bo`yicha AQSH dunyoda birinchi o`rinda turadi. Jahon
bozoriga yetishtirilgan maxsulotning 10
—
15 foizi chiqariladi. Makkajo`xori eksport
qiladigan davlatlar AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliya, Frantsiya; import qiladigan
davlatlar G`arbiy yevropa davlatlari, Yaponiya, Rossiya.
Sholi ham insoniyatning yarmi uchun asosiy oziq manbai bo`lib hisoblanadi
va jahonda yetishtiriladigan don ekinlarida uning salmog`i 25 foizni tashkil qiladi.
Suvni ko`p talab qiladi, 12
—15°
haroratda o`sa boshlaydi, tropik kengliklarda
ko`proq ekiladi. Shu sababli, sholining 90 foizi Janubiy va Janubi-Sharqiy hamda
28
Sharqiy Osiyo davlatlarida yetishtiriladi. Jahonda yetishtiriladigan sholining 38 foizi
Xitoyda, 20 foizi Xindistonda ekiladi. Bundan tashqari, Yaponiya, Indoneziya,
Bangladesh, Tailand, Filippin davlatlarida ham asosiy don ekini hisoblanadi.
Respublika ishchi guruhlari ma’lumotiga ko‘ra, g‘o‘za qator oralarini
kultivatsiya qilish ishlari mutlaqo talabga javob bermaydi. Qator tumanlarda
traktorlar boshqa ishlarga jalb qilingani oqibatida kultivatsiya kechikib, g‘o‘za qator
oralari yorilish darajasiga kelgan. “Mexanizatorlar uylari”da sharoit yo‘qligi,
“otryad” va “naryad” tizimi ishlamagani oqibatida kultivatorlarning 45-50 foizidan
yetarlicha foydalanilmayapti.
Qishloq xo‘jaligidagi vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani
uchun Zarbdor, G‘uzor, Bag‘dod va Uychi tumanlari to‘rtala sektor rahbarlarini
lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bu yil noqulay ob-havo tufayli g‘o‘za zararkunandasi va hasharotlar ko‘paydi.
Olimlarning aniqlashicha, ko‘sak qurti kapalagining qishlovdan sog‘lom chiqish
darajasi 76 foizni tashkil etayapti. Bu oxirgi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Aslida, bu raqamning 50 foizga yetishi favqulodda holat sifatida baholanadi. Bu yil
esa hasharot 1,5 barobar ko‘p. Bu muammo har bir mas’ul rahbardan tizimli
nazoratni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, fermerlardan shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirishni
talab etadi.
Soha olimlari bu yil 460 ming gektarda o‘rgimchak-kana, 390 ming gektarda
ko‘sak qurti va 42 ming gektarda beda qandalasi tarqalishi to‘g‘risida prognoz
bermoqda. Shu sababli Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va
Toshkent davlat agrar universiteti rahbarlari boshchiligida 127 nafar olim
viloyatlarga yuborildi. G‘o‘zani zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishga
byudjetdan qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratildi. Lekin ayrim sektor rahbarlari
hali ham beparvo yuribdi. Minglab gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazildi, deb
hisobot berilgan bo‘lsa-da, amalda kutilgan natijaga erishilmagan. Ya’ni, ishlov
sifatsiz va nomiga o‘tkazilgan. Oqibatda ayrim viloyatlarda ko‘sak qurti 4-5 ming
29
gektardagi g‘o‘zaga zarar yetkazgan. Yana 8-10 ming gektar maydon xavf ostida
turibdi. G‘o‘za rivojiga sug‘orish ishlari to‘g‘ri tashkil qilinmagani ham salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Sektor rahbarlari va suv xo‘jaligi xodimlari suvni adolatli taqsimlash
bilan yetarlicha shug‘ullanmayapti. Masalan, muayyan tumanga yetkazib berilgan
suvning 50-60 foizi takroriy va tomorqa ekinlarini sug‘orishga yo‘naltirilyapti.
Suvdan maqsadli foydalanilmagani, yetarlicha suvchi jalb qilinmagani, tungi
sug‘orish ishlari tashkil etilmagani oqibatida ayrim tumanlarning 10-15 foiz
maydonida g‘o‘za chanqatib qo‘yilgan. G‘o‘zani sharbat usulida sug‘orish bo‘yicha
aniq topshiriq berilgan bo‘lishiga qaramay, ayrim tumanlarda 60-65 foiz maydonga
suvning o‘zi haydalmoqda. Shu munosabat bilan Suv xo‘jaligi vazirligi va Davlat
veterinariya qo‘mitasiga o‘z tizimidagi xodimlarni dalaga mahalliy o‘g‘it chiqarish
va g‘o‘zani sharbat bilan sug‘orish ishlariga jalb qilib, fermer xo‘jaliklariga
biriktirish vazifasi topshirildi. Suvdan samarasiz foydalangan sektor rahbarlari va
fermerlarga nisbatan chora ko‘riladi.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |