Asosiy qism.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo va Osiyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari.
Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilishga ko‘maklashishga qaratilgan. O‘zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan do‘stona va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdan, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishdan, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va oddiy fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor.Markaziy Osiyo haqida so‘z borar ekan ko‘pchilik ko‘z oldiga Afg‘oniston muammolari keladi.O‘zbekiston Afg‘oniston bilan aloqalarni kengaytirishni, mazkur mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarda faol ishtirok etishni davom ettiradi. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklanishiga, uning transport, ishlab chiqarish, energetik va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishga ko‘mak berishda davom etadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tgan yili may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonda tinchlik masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Barqaror va ravnaq topayotgan Afg‘oniston Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlikning kafolatidir.
Oʻzbekiston dunyodagi barcha davlatlar, avvalo, qoʻshni mamlakatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Oʻzbek xalqida “Yon qoʻshni – jon qoʻshni”, “Qoʻshning tinch – sen tinch” degan maqollar bor. Bular tarix tajribasidan kelib chiqib, necha ming yillik yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini inobatga olib aytilgan buyuk hikmatli soʻzlardir. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari o‘z tarixidagi eng yuqori cho‘qqiga chiqdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Chegaralar, savdo – iqtisodiy, suv-energetika, taransport tizimlarida fan, madaniyat, ta’lim va boshqa bir qator soxalarda turli darajadagi o‘zaro hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.O‘tgan 2018- yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili va 2019-yil O‘zbekistonda Qozog‘iston yili deb nomlanishinig o‘zi ham Qozog‘iston-O‘zbekiston musnosabatlari qay darajaga chiqganligidan dalolatdir.Qozog‘iston O‘zbekistonninig muhim strategik hamkori deb yaqinda yurtimizga tashrif buyurgan Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jomart Toqayev takidlagan edi.Shuningdek O‘zbekiston mintaqada Tojikiston, Qizg‘iziston va Turkmaniston bilan ham muhim strategik sherikchilik hamkorligini mustahkam o‘rnatgan. Oldingilardan farqli ravishda mamlakat Prezidentlari o‘zaro rasmiy tashriflarni ko‘plab amalga oshirishmoqda. Bu o‘zaro hamkorlikning va yaqin sherikchilikni muhim omili sanaladi.
Tashqi siyosatimizni amalga oshirishda Osiyo davlatlari bilan hamkorligimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi global muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydigan, yaqin mintaqaviy qo‘shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish tarafdori. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi “Strategik hamkorlikni o‘rnatish” to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya va 2013-yil 9-sentyabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga asoslangan. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 11-13-may kunlari Pekinga davlat tashrifi, shuningdek, 2017-yil 14-15-may va 2019-yil 26-28-aprel kunlari «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumda ishtirok etish asnosida erishilgan bir qator qarorlar va kelishuvlarni amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi.Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlari, xususan Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Jumladan, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 18-21-aprel kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgani e’tiborga molikdir. O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan investitsiya, savdo-sotiq, yuqori texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom ettiradi. O‘zbekiston Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlar – Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam kabi davlatlar bilan hamkorligini rivojlantiradi. O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston va Pokiston bilan savdo-sotiq, transport-kommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har taraflama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab quvvatlaydi.
O‘zbekiston musulmon dunyosi davlatlari jumladan, Birlashgan Arab Amirliklari,Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa bir qator davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni iqtisodiyot, transport kommunikatsiyasi, moliya, investitsiya va sayyohlik sohalarida, shu jumladan Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki doirasida faol rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Osiyo davlatlariga bir necha bor rasmiy tashriflarni amalga oshirganlar.Aytaylik Saudiya Arabistoni podshohligi bilan hamkorlik Oʻzbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillarda Haj amalini ado etishni istayotgan yurtdoshlarimiz ortib borayotganini inobatga olib, 2019- yilda mamlakatimizdan haj ziyoratiga boruvchilar soni oshirildi.
Oʻzbekiston Saudiya Arabistoni bilan xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalar, jumladan, Islom hamkorlik tashkiloti bilan oʻzaro munosabatlarga alohida ahamiyat qaratadi. Oʻzbekiston hozirgi vaqtda ushbu tashkilotning Tashqi ishlar vazirlari kengashi faoliyatiga raislik qilmoqda.Umuman olganda O‘zbekiston Osiyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarni munosib yo‘lga qo‘ygan.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari bilan aloqalar.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi malakatlari bilan hamkorlik ham O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur davlatlar bilan respublikamiz tarixan shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport-kommunikatsion va boshqa aloqalarga ega. O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tenglik, o‘zaro foydalilik, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va e’tiborga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini qurishni davom etadi.Jumladan, O‘zbekiston mintaqadagi eng qudratli davlat hisoblangan Rossiya bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan strategik hamkorlik, 2005-yil 14-noyabrdagi “Ittifoqchilik munosabatlari” to‘g‘risidagi shartnomalar hamda 2012-yil 4-iyunda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish” to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida do‘stona munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga to‘liq mos keladi hamda mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ikki tomonlama munosabatlarning eng muhim vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 4-5-aprelida Rossiyaga davlat tashrifi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2018-yil 19-21- oktyabrida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir. Shuningdek, O‘zbekiston mintaqada Ukraina, Belarusiya, Latviya, Litva, Armaniston va yana bir nechta davlatlar bilan ikki tomonlama, o‘zaro manfaatli shartnomalarga ega va o‘zaro hamkorlik ishlari amalga oshirilgan. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki O‘zbekiston mintaqada o‘ziga xos salohiyatli davlatlardan biri hisoblanadi. Ko‘plab ekspot va import mahsulotlarimiz mazkur mintaqa doirasida amalga oshishi ahamiyatga molikdir. Kelajakga nazar tashlaydigan bo‘lsak ham O‘zbekiston MDH mamlakatlari bilan aloqalarini yomonlashuviga olib kelmasa kerak.Chunki bular O‘zbekiston uchun muhim mamlakatlar hisoblanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |