Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlari



Download 65,03 Kb.
bet1/5
Sana21.01.2022
Hajmi65,03 Kb.
#396682
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat gumanitar


Referat


Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlari.

Bajardi: Quramboyev J.B.

Toshkent – 2019

Reja:


  1. Kirish qismi.

  2. Asosiy qism.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo va Osiyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari.

    2. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari bilan aloqalar.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Yevropa va jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni.

    4. O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar nigohida.

  3. Xulosa.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Kirish qismi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlarini yoritib berishdan avval tashqi siyosat tushunchasi, tashqi siyosatning asosiy vazifalari haqida biroz tushunchaga ega bo‘lib o‘tsak maqsadga muofiq bo‘lar edi. Tashqi siyosat deganda avvalo xar bir davlatning xalaqaro munosabatlarda tutgan umumiy yo‘li tushuniladi. Tashqi siyosat ichki siyosat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, xar qanday davlat o‘z ichki manfatlari asosida tashqi siyosat yo‘lini belgilaydi. Aytaylik bir davlat tashqi dunyo bilan iqtisodiy, ikkinchisi siyosiy va iqtisodiy, uchinchisi madaniy va sanat, to‘rtinchisi esa sport soxasida xamkorlik aloqalarini rivojlantirsa, tashqi siyosat ushbu tanlangan yo‘lni amalga oshirishdagi maqsad va vazifalarni xamda ularning hayotga tadbiq etish vositalari, shakl va usullarini belgilaydi. Tashqi siyosatning asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyoti, xavfsizligi hamda davlat va uning fuqarolari huquqi va manfaatlarini chet ellarda himoya qilishini ta’minlovchi muhitni barpo etishdir. Bunday muhitni vujudga keltirish uchun har bir davlat qo‘shni va uzoqdagi davlatlar bilan aloqa o‘rnatadi, munosabatda bo‘ladi, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga intilib, muzokaralar olib boradi va nihoyat u yoki bu masala bo‘yicha muayyan kelishuvga erishadi. Davlatlar o‘rtasidagi aynan ana shu aloqalar xalqaro – davlatlararo munosabatlar tushunchasini ifoda etadi. Xalqaro-davlatlararo munosabatlarni amalga oshirishda tashqi siyosat o‘zining asosiy vositasi bo‘lgan diplomatiyaga tayanadi. O‘tgan asrning oxirlarida o‘z mustaqilligiga erishgan O‘zbekiston muqaddam sobiq ittifoq tasarrufida bo‘lgan mustamlaka davlatlardan biri edi. Shunday bo‘lsada O‘zbekiston SSR o‘z tashqi ishlar vazirligiga ega edi va shunday bo‘lsa ham bu deyarli hech qanday ahamiyat kasb etmasdi. Hammaga ayonki barcha masalalar markazlashgan buyruqlar asosida tepadan hal qilinar edi. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston endi dunyo hamjamiyatida o‘z pozitsiyasiga ega bo‘ldi va barcha masalalarrni o‘zi o‘z xohish irodasiga asoslangan xolda amalga oshiradigan bo‘ldi. Bu narsa bosh qomusimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham qat’iy qilib belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy o‘rni dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.

Tashqi siyosatimizning prinsipial pozitsiyasi hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obyektlarini O‘zbekiston hududida joylashishiga yo‘l qo‘ymaslik, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqaridagi tinchlikparvar operatsiyalarida ishtirok etmasligi, barcha ziddiyat va mojarolarni faqat siyosiy yo‘l bilan hal qilishga sodiq qolish bilan izohlanadi. O‘zbekiston hech qanday bloklarga a’zo bo‘lmasdan turib muloqot uchun ochiq va barcha sheriklari bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.

Yana shuni ta’kidlab o‘tishim kerakki tashqi siyosiy faoliyatimizning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir.

Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

- Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;

- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;

- Jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish;

- O‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish;

- Mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish borasida ko‘maklashish;

- Milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish;

- Mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish borasida amaliy yordam ko‘rsatish;

- Transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni rivojlanishiga ko‘maklashish;

- Xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash;

- Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash.


Yana shuni ta’kidlashim lozimki, Respublikamizning qat’iy siyosiy pozitsiyasini muhtaram Prezidentimiz bir necha bor turli jarayonlarda ta’kidlab keladilar. Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida Prezidentimiz mamlakatning tashqi siyosat qay tarzda olib borilishi xususida quyidagicha to‘xtalib o‘tganlar:

Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz. Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal etish tashkil etadi. Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz. Birlashgan millatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O‘zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi.Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, boshqa xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiramiz deya takidlab o‘tganlar. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab puxta oʻylangan tashqi siyosatni izchil amalga oshirib kelmoqda. Uning zamirida xalqimizning koʻp asrlik tarixi, madaniyati, anʼana va qadriyatlari, ezgu orzu-intilish va manfaatlari mujassamdir. Oʻzbekistonning tashqi siyosati Birlashgan millatlar tashkiloti nizomida mustahkamlab qoʻyilgan asosiy huquqiy tamoyillarga va Konstitutsiyamizga, mamlakatimiz oʻz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarga toʻliq mos holda amalga oshirilmoqda. Biz bundan buyon ham tashqi siyosatimizni olib borishda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasida belgilangan strategik vazifalar va ustuvor yoʻnalishlarga tayanamiz. Biz oʻzimiz tanlagan, tinchlikparvarlikka asoslangan, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy vositalar bilan hal etishga qaratilgan yoʻlga doimo sodiqmiz, hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qoʻshilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obʼyektlarining Oʻzbekiston hududida joylashuviga, harbiylarimizning chet ellardagi operatsiyalarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik davlatimizning qatʼiy siyosiy pozitsiyasi boʻlib qoladi. Tashqi siyosat sohasidagi barcha hamkorlarimizga nisbatan ochiqlik va xayrixohlik ruhida, pragmatik siyosat olib boramiz deya ta’kidlab o‘tganlar.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekistonning jahon xamjamiyatida tutayotgan o‘rni va dunyo mamlakatlar bilan bo‘layotgan turli xil hamkorlik aloqalari misolida ham namoyon bo‘ladi. Quyida bu haqda yanada kengroq va batafsilroq yoritib o‘tishga xarakat qilaman.





  1. Download 65,03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish