2.4 O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar nigohida.
Xech kimga sir emaski davlatning tashqi siyosatini amalga oshirilda Xalqaro tashkilotlarning o‘rni beqiyosdir.Shu o‘rinda takidlash joizki O‘zbekiston ham bu borada o‘zining salmoqli o‘rniga ega. Jahonning eng nufuzli tashkiloti Birlashgan millatlar tashkilotining haqiqiy a’zosi sifatida O‘zbekiston uning ishida faol ishtirok etishni davom ettiradi, hamda uni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, tezkor globallashuv jarayonida davlatlarning barqaror rivojlanishida ko‘maklashishga mas’ul bo‘lgan yagona universal tashkilot sifatida ko‘radi. O‘zbekiston BMT o‘rtasida aloqalar juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va uning tadbirlarida faol ishtirok etuvchi davlat sifatida ajralib turadi. 2017-yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi va o‘zining dolzabrligi, muhimligi bilan ajralib turdi. U yerda Prezidentimiz hozirgi globallashuv, taxlikali davrdagi eng dolzarb, muhim muammolarga e’tibor qaratish yuzasidan o‘z fikr va g‘oyalarini bildirib o‘tdilar. So‘ngi yillarga qaraydigan bo‘lsak Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi, BMT bosh kotibi janob Antoniu Guterrishning mamlakatimizga bo‘lgan bir necha bor tashriflari va ayniqsa kuni kecha Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan «Bir makon, bir yo‘l» forumi doirasida Prezidentimiz bilan uchrashuvlari biz uchun mamlakatimiz uchun ahamiyatga molik hodisalar hisoblanadi va o‘zining dolzarbligini saqlab qoladi. BMT bilan O‘zbekiston hozirgi kunda global muammolar sanalayotgan Orol bo‘yi muammosi, Markaziy Osiyoda suv resurslari muammolari, Afg‘oniston muammolari, tinchlik xavfsizlik muammolari va bir qator dolzarb masalalar yuzasidan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishmoqda.
O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining ham faol a’zosi hisoblanadi, Shanxay hamkorlik tashkilotining asoschi mamlakatlaridan biri sifatida O‘zbekiston ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan barobar ShHT rivojlanishining strategiyasini belgilaydi. Bu yo‘nalishda aynan mamlakatimiz say-harakatlari bilan tashkilot ish boshlagan 2001-yildan e’tiboran uning faoliyatini takomillashtirish, tashkilot ishtirokchilari, shuningdek, boshqa umumbashariy va mintaqaviy institutlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishildi. O‘zbekiston ShHT xaritasida belgilab qo‘yilganidek, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirish, tashkilot faoliyatining samaradorligi hamda xalqaro nufuzini yuksaltirishga yo‘naltirilgan maqsadlar, vazifa va tamoyillarga qat’iy rioya etilishining tarafdoridir. Blok bo‘lish yoki qarama-qarshi turish yo‘nalishidan xoli bo‘lgan ushbu tizimning ochiqligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yil 8-10-iyun kunlari Xitoyning Sindao shaxrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining oʻn sakkizinchi majlisida Prezidentimizning keng doiradagi muloqot chog‘ida so‘zlagan nuqti va ular keltirib o‘tgan 5 punkt haqiqatdan ham malakatimiz va ShHT ga a’zo mamlakatlar uchun ham birdek dolzarb va ahamiyatli sanaladi. Navbatdagi Bishkekda bo‘lib o‘tadigan majlisga qadar ShHT bosh kotibligiga hamyurtimiz Vlamidir Norovning saylanishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Qolaversa, mamlakatimiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi tashkilotlari bilan ushbu tuzilmalarning mexanizmlaridan zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi kurashishda, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali foydalanish maqsadida o‘zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi. O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Yevropa investitsiya banklari bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, uy-joy qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni faollashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni olib boradi va bormoqda. Yana shuni ta’kidlab o‘tishim joizki O‘zbekiston BMT ning Unicef, Unesco tashkilotlari bilan va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan ham muhim hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |