O‘zbekiston Respublikasi Yevropa va jaxon hamjamiyatida
tutgan o‘rni.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat beradi va Yevropa Ittifoqi bilan samarali munosabatlarni yuksak qadrlaydi. Buning mustahkam huquqiy negizini “Sheriklik va hamkorlik” toʻgʻrisidagi bitim tashkil etadi. Ushbu hujjat asosida koʻp qirrali munosabatlarning taʼsirchan mexanizmlari – Hamkorlik kengashi va qoʻmitasi, Parlamentlararo hamkorlik qoʻmitasi va boshqa tuzilmalar faoliyat koʻrsatmoqda. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investitiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. Oʻzbekiston - Yevropa sherikligining keng koʻlamli investitsiya dasturi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha faol ish olibbormoqda.
O‘zbekiston asosiy e’tiborini Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, va boshqa bir qator davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor qaratmoqda. Prezidentimiz o‘tgan yili Fransiyaga rasmiy davlat tashrifi va mazkur yil boshida 18-22 yanvar kunlari Germaniyaga bo‘lgan davlat tashrifi chog‘ida juda ko‘p manfaatli kelishuvlarga erishildi va o‘ziga muhim strategik hamkorlar orttirdi. Oʻzbekiston bilan Fransiya oʻrtasidagi keng koʻlamli aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi doimiy aʼzosi sifatida Fransiya Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud yaratish boʻyicha tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan. Qolaversa, Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasidagi munosabatlar ham izchil rivojlanib bormoqda. Ikki davlat parlamentlari orasida yaqin va samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Respublikamiz ko‘p asrlik umumiy tarix, yagona til va din, umumiy qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlarga ega bo‘lgan Turkiya davlati bilan ham do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni izchil davom ettirmoqda. Turkiya Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olgan davlatlardan.Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonning Samarqandda oʻtgan muzokaralari davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish jarayonini boshlab berdi.
Mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni, jumladan savdo-sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarda rivojlantiradi.Xar ikki davlat raxbarlarining o‘zaro rasmiy davlat tashriflari buning isbotidir.Dunyoda boshqa qit’alardan bir pog‘ona baland turuvchi Yevropa va uning davlatlari bilan o‘zaro manfaatli tashqi siyosat olib borishi o‘ylaymanki O‘zbekiston va uning xalqi uchun ayni muddaodir va bu muhim masalalardan biri sanaladi.
Shuni alohida takidlab o‘tishim kerakki O‘zbekiston jahon xamjamiyatida ham o‘zining muhim pozitsiyasiga ega. Shu o‘rinda uning Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan tashqi siyosati haqida to‘xtalib o‘tmasam noo‘rin sanaladi. O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan 2002-yil 12-mart oyida imzolangan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asnosida o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir. O‘zbekiston AQSh bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash va xalq turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan modernizatsiya jarayoni va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitiaviy-texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. Ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, transmilliy tahdid va xatarlarga qarshi kurashga ko‘maklashishdan iboratdir. Prezidentimizning o‘tgan yilgi AQSH ga qilgan rasmiy davlat tashrifi biz uchun muhim bir voqea sanaladi.
O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatini olib borishda yana Afrika qit’asi, Lotin Amerikasining bir qator vakillari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.Aytaylik o‘tgan yili sentyabr oyida Mirs arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining Respublikamizga qilgan rasmiy davlat tashirifi biz va ular uchun juda ko‘p imkoniyat eshiklarini ochib berdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |