Ismoil Jurjoniy fikricha, isbot vatafakkur vositasidahosil qilingan narsa ilm deb ataladi. Ilm ham oʻz navbatida ikki xil boʻladi: nazariy va amaliy. Nazariy ilmlarga adabiyot, mantiq, riyoziyot kirsa, amaliy ilmlar oʻz ichiga mexanika, tikuvchilik va boshqa qoʻl ishlari, hunarmandchilikni qamrab oladi. “Tabobat ilmi esa, ayni holda ham nazariy va ham amaliy ilmlardan tashkil topadi”. Tabobat ilmidan kuzatilgan maqsad tanani butunliqda – sogʻlom-liqda ushlab turishga tibbiy tadbirlar qoʻllash yoʻli bilan erishmoqdir. Bunday holat bemor kishilarning va ularni davolovchi tabiblarning vujudga kelishiga sabab boʻladi. Tabiblar esa, tabi-atning barcha siru asroridan boxabar boʻlishlari lozim.

UMAR CHAG‘MINIY Umar Chag'miniy (Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Chag'miniy) har tomonlama chuqur bilimli olim bo'lgan. U Xorazm viloyatidagi Chag'min nomli qishloqda tavallud topgan.1 Chag'miniyning tug'ilgan yili ma’lum emas, vafoti 1221-yil. Chag'maniy yoshlik chog'idayoq har xil bilimlarga qiziqa boshlagan. U chuqur va keng ma’lumotli olim bo'lib yetishishga intilgan. Shu maqsadda Urganchga kelib, bu yerdagi madrasalardan birida ta’lim oladi. So'ng o'z bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida Samarqanga boradi. Bu yerda aniq fanlar (astronomiya, riyoziyot, fizika va h.k.) va falsafa ilmini chuqur o'rganadi. So'ng tibbiyotga qiziqib qolib, bu fanni ham o'zlashtirib oladi. Shundan keyin Urganchga qaytib kelib, o'z ilmiy ishlarini davom ettiradi va muhim kashfiyotlar qiladi. Masalan, Chag'miniy N.Ko'pernikdan bir necha asr ilgari geliosentik (Quyosh markazi) gipotezani oldinga suradi.2 Bundan tashqari Chag'miniy yil fasllarining almashinishini yerning Quyosh atrofida aylanishi bilan bog'liq ekanligini matematik hisob bilan isbotlab bergan. Bu kashfiyotlar jahon faniga qo'shilgan katta hissa edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |