MAVZU. KIRISH. AXLOQ HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
1.Axloqning paydo bo’lishi haqidagi diniy, empirik va genetik konsepsiyalar.
2.Kasb axloqi va uning umumiy axloq tizimida tutgan o‘rni.
3. Kasbiy etika va etiket madaniyatinining ta’rifi, moxiyati va
vazifalari.
1. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda “Ilmi ravish”, “Ilmi axloq” , “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro‘poda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. Uni birinchi bo‘lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan.
Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘ladi:
1. nazariy
2. amaliy
3. ijodiy.
Birinchi guruhga – falsafa, matematika va fizikani;
ikkinchi guruhga – etika va siyosatni;
uchinchi guruhga – san’at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi.
Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar.
Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi.
«Axloq» so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, «hulq» so‘zining ko‘plik shaklidir.
«Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega:
umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob’ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi.
Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‘tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro‘parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O‘tiring, otaxon!» deb joy bo‘shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo‘ladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo‘yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o‘zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‘shatmasa, g‘ashimiz keladi, ko‘nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o‘tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg‘otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‘shatgani yoki bo‘shatmagani oqibatida vagondagi yo‘lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi – muhim o‘zgarish ro‘y bermaydi.
Odob» (arbcha «adab» so‘zining ko‘pligi) xulq-atvori, yurish-turish madaniyatning tashqi va ichki jihatlarni ifodalaydigan tushuncha. U kishilarning hatti-harakatida, o‘zaro munosabatida (oila. mehnat jamoasi va turli marosimlarda) namoyon bo‘ladi.
Odob kishining jamoat orasida o‘zini kanday tutishi, odamlar bilan qay yo‘sinda muomala kilishi, o‘z turmushi va bo‘sh vaqtini kanday tashkil qilishi, inson tashqi qiyofasi kanday bo‘lishi lozimligiga oid qoidalar (masalan, sharmu-hayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni o‘z ichiga oladi.
Xulqqa to‘xtaladigan bo‘lsak, unga quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo‘ni-qo‘shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo‘lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko‘ngil, ochiq qo‘l, doimo o‘z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h. k. Unday odamni biz hushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, u qo‘ni-qo‘shnilar bilan qo‘pol muomala qilsa, to‘y- ma’rakalarda janjal ko‘tarsa, sal gapga o‘dag‘aylab, musht o‘qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko‘radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir o‘tkazmaydi.
Axloqqa kelsak, masala jiddiy mohiyat kasb etadi:
deylik, bir tuman yohud viloyat prokurori o‘zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini, adolat qaror topishini ko‘zlab ish yuritadi, lozim bo‘lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida na faqat o‘z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag‘ishlagan yuksak axloq egasi; u, o‘zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo‘la oladi, o‘sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi bo‘laturib, o‘zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‘lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo‘ladi: oddiy fuqoro nazdida birgina kishi prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg‘onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o‘sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi.
Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o‘z yakka hukmronligi yo‘lida millionlab begunoh insonlarni o‘limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Hitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik-xushxulqlilikka, xushxulqlilik – yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan – badxulqlilikka, badxulqlilikdan – axloqsizlikka o‘tishi mumkin.
Shunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va nisbiylikda o‘rganadi.
Axloqshunoslik fani umumiy etika nazariyasi, tarixiy etika, normativ qadriyatlar etikasi, kasb etikasi va axloqiy tarbiya nazariyasi kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Ahloq ham, din ham ijtimoiy ongning mustaqil shakllari hisoblanadi. Din belgilagan ahloq - odob mezonlari umuminsoniy ahloq mezonlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Al-Buxoriy: “Axlokning yaxshi bulishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat kilmaslik- mana shu 4 xislatni Allox Taolo senga bergan bulsa, dunyoviy ishlardan chetda kolgan bo‘lsang xam zarari yukdir”, deb yozadi. Muhammad ibn Abdulloh «Sizlarning yaxshilaringiz – ahloqi yoqimli bo‘lganlaringizdir», deydi.
Yassaviy fikricha, odob to‘rtga bo‘linadi:
Shariat odobi – payg‘ambar shariati sunnatiga amal qilmoq.
Tariqat (arabcha-“yo‘l”) odobi – odob bo‘yicha harakat qilmoq.
Ma’rifat odobi – ilmni o‘rganish.
Haqiqat odobi.
Kasbiy etika va etiket madaniyatinining ta’rifi, moxiyati va vazifalari.
Kasbiy etika - har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.
Axloqiy tarbiya nazariyasi - axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tatbiq etishning vosita va uslublarini o‘rganadi va o‘rgatadi. Jamiyatda mutloq, abadiy va o‘zgarmas axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.
Yillar o‘tishi bilan ishlab-chiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning uzluksiz davom etishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan-yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi. Shunday qilib, kasb axloqining paydo bo‘lish uzluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Jamiyatning har bir kasb-hunarga, ixtisosga beradigan ahloqiy bahosi ikki asosiy omil bilan: birinchidan , mazkur kasb-hunvr vakillarining jamiyat rivojlanishi uchun nimalar berishi bilan; ikkinchidan - jamiyatning ma’naviy ta’sir ko‘rsatish ma’nosida ularga nimalar berishi bilan belgilanadi. Ana shu axloqiy baho omillariga ko‘ra, kasb axloqini har bir kasb-hunarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va vazifalariga qarab bir necha turga ajratish mumkin:
• o‘qituvchilik ixtisosiga qarab - pedagog axloqi;
• tibbiyot ixtisosiga qarab - shifokor axloqi;
• huquqni muhofaza qilish ixtisosiga qarab - yurist axloqi;
• xizmat ko‘rsatish ixtisosliga qarab - xizmat ko‘rsatish etikasi va hakazo.
Kasb ahloqi - jamiyat tomonidan qabul qilingan ahloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Etiket - inson va jamiyat tashqi madaniyatining asosiy qismi.
Madaniyatning rivojlana borishi bilan birga xulq, ahloq qoidalari – etiket ham shakllanib bordi. Etiketning paydo bo‘lishi qadim zamonlarga borib taqaladi.
Etiket insonlarning o‘zaro muomalasidan paydo bo‘ladigan ahloq qoidalarning o‘zaro yig‘indisidir. Jamoat joylaridagi xulq-ahloq, muomala va salomlashish shakllari, yon-atrofdagilar bilan muomala, odat va kiyinish, mehmon kutish qoidalari shu jumladandir. Etiketga tartibga keltirilgan madaniy axloq talablari kiradi. Tarixan u ishlab chiqilgan nazokat qoidalarida namoyon bo‘lgan. Xar xil qatlam namayondalari o‘rtasidagi va mansabdorlar bilan muomala qilish qoidalarini bir tizimga terib qo‘ygan. Bundan tashqari xar xil doiradagi ahloq qoidalarini tartibga keltirgan. Misol uchun – saroy etiketi, diplomatik etiket va boshqalar. Etiketni bir joyda qotib qolgan deb tushunish kerak emas: etiket madaniyati jamiyat bilan birga rivojlanib boradi. Hozirgi zamon jamiyatida etiket ijtimoiy xayotning borishi va demokratik jarayonlarni aks ettiradi, yanada erkin va tabiiy bo‘lib boradi. Hozirgi vaqtda etiket barcha insonlarga nisbatan e’tiborli va hamjihat bo‘lish ma’nosiga ega bo‘lib bormoqda.
Etiket-xar bir xalqning ibtidoiy jamoa davridan boshlab to hozirgacha bo‘lgan urf-odat va an’analarni o‘z ichiga oladi. Turmush tarzi, yashash sharoiti, ilm taraqqiyoti va madaniyat rivoji natijasida o‘zini tutishning ba’zi qoidalari o‘zgaradi.
Etiket:
• yaxshi xulq;
• jamoatchilik joylarida o‘zini to‘g‘ri tuta olish;
• tashqi qiyofa;
• muomala madaniyatlarini nazarda tutadi.
Etiket - insoniyat tarixining turli bosqichlarida, har xil xalq, ijtimoiy guruh va qatlamlarida amal qilingan axloqiy me’yor, urf-odat, xatti-harakatlarni anglatadi.
Kasb ahloqini shakllantirishning barcha zamonlar uchun dolzarb bo‘lgan yo‘li bu namunaviylik tamoyili. Oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislik yo‘nalishdagi usullaridan tortib, to «mayda-chuyda» xatti-harakatlarigacha o‘z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik kerak. Ustoz-shogirdlik munosabatlaridagi kasbiy etika normalari bo‘lajak mutaxassislarda kasb ahloqi shakillanishini ta’minlovchi omillardandir.
Kasbiy etika normalarning mazmuni, ularning amaliyligi u yoki bu masalalarni yechishda yordam beradi. Ijodkor-mutaxassisilarning ijodiyoti bunga misol bo‘la oladi.
Axloqiy talablar jamiyatning barcha a'zolarining oldiga qo'yiladi, lekin ayrim kasb egalari faoliyatning ayrim turlarida , kasbiy axloqning o'ziga xos shakllari ham mavjud. Kasbiy axloqning o'ziga xos shakllariga nimalar kiradi?
Kasbiy axloq nafaqat umumiy axloqiy me'yorlarni, balki kasbga xos bo'lgan xulq -atvor qoidalarida mujassamlangan o'ziga xos xususiyatlarni ham ochib beradi
Kasbiy etikada axloqning umumiy qoidalari, odamning kasbi bo'yicha o'ziga xos sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, kasbiy etika fan sifatida hech qanday o'zgarmas me'yorlarni qo'llamaydi, har qanday vaziyatdan qat'iy xulq -atvor me'yorlarini yaratmaydi, odamga vaqtincha olingan axloqiy qoidalarni yuklamaydi, chunki inson har doim axloqiy tanlash huquqiga ega bo'lishi, mustaqil qaror qabul qilishi kerak.
Mutaxassislar professional etikaning vazifalarini kasbda ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan narsalar o'rtasidagi chegarani belgilashda, shuningdek, axloqiy me'yorlarni nazariy ko'rib chiqishni ma'lum bir kasbiy faoliyatda kuzatiladigan ma'lum bir me'yoriy chegaraga keltirishda ko'rishadi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kasbiy axloq tamoyillari ma'lum bir sinf, millat, jamiyatning axloqiy tamoyillariga to'g'ri keladi, lekin shu bilan birga ular ularda namoyon bo'ladi, tegishli o'zgarishlarga uchraydi.
Masalan, shifokor kasbida u o'ziga xos - bemorga nisbatan sezgir, diqqatli, g'amxo'r munosabat, olim - vijdonan haqiqatni izlash, advokat- adolat tarozisi,
kutubxonachi - axborotni professional tarzda taqdim etish, o'qituvchida - bolalarga muhabbat, o'quvchi bilan madaniy, kasbiy, ma'naviy o'sish va takomillashtirish yo'lida muloqot qilish qobiliyati sifatida ajralib turadi
Etika har bir professional guruh vakillariga umumiy axloqiy talablarni ishlab chiqdi:
- kasbiy burchni bajarishda axloqning ahamiyati;
- ma'lum bir professional guruh uchun muhim bo'lgan axloqiy talablarning ayrim jihatlarini aniqlash;
- axloqiy talablarning aniq bajarilishi va muayyan kasb vakillari ongida mustahkamlangan maxsus qoidalar, urf -odatlar, moyillik, odatlar mavjudligi.
Shu bilan birga, bunday talablarning bajarilishi professional jamoa yoki professional guruh a'zolarini jamiyatda o'rnatilgan axloq tamoyillariga rioya qilishdan ozod etilmasligi qayd etilgan.
Kasbiy etikada ikki darajani ajratish muhim:
kasbiy axloqning mohiyati va o'ziga xosligini o'rganadigan, uning jamiyat hayotidagi o'rnini belgilaydigan nazariy;
o'ziga xos axloqiy me'yorlarni qo'llash bo'yicha amaliy tavsiyalarni o'z ichiga olgan normativ.
Shunday qilib, har bir professional guruh o'ziga xos axloqiy xususiyatlarga ega. Buni ochish uchun har bir kasbning jamiyatga nisbatan nisbiy mustaqilligi borligini hisobga olish kerak, bu o'z vakillariga ma'lum talablar qo'yadi, bu talablar professionallar faoliyatida aks etadi.
Ba'zi sharoitlarda ular faqat rasman idrok qilinadi, ular kasbiy faoliyatning tashqi ko'rinishi, "fonini" tashkil etadi, boshqalarida ular asosini, eng muhim qismini tashkil qiladi. Muayyan jamoaning professionallik darajasi axloqiy talablarga rioya qilish darajasiga bevosita bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |