Mavzu: O’zbek xalqining



Download 31,65 Kb.
bet1/4
Sana22.07.2022
Hajmi31,65 Kb.
#835641
  1   2   3   4
Bog'liq
211 guruh talabasi Yo\'ldasheva Umidaning Arxeologiya va Etnografiya


211-guruh talabasi Yo’ldasheva Umidaning
Arxeologiya va Etnografiya fanidan
O’zbek xalqi shakllanish jarayoni” mavzusidan yazgan
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: O’ZBEK XALQINING ShAKLLANISh JARAYONI.
REJA:
1.Urug`, qabila, elat, xalq va millat tushunchalari. Mil. avv. -ming yillikdan milodiy VIII asrgacha Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy va etnik vaziyat.
. O`zbek xalqi etnogenezining ikkinchi davri (IX-XII asrlar).
. XV asr oxiri - XVI asr o`zbek xalqining shakllanishidagi uchinchi davri.

Tayanch tushunchalar
Etnogenez, xorazmiylar, so`g`diylar, baqtriylar, saklar, massagetler, qarluqlar, pechenegler, Dashti Qipchoq, Ikki daryo oralig`i tipi, O`zbek atamasi, O`zbekxon atamasi.

Xalqning kelib chiqishi murakkab dolzarb muammo va ulizm tarix fanining yutuqlari bo’yicha chambarchas bog`liq. Shu kunlarga qadar xalqning kelib chiqishi yoki etnogenezi alohida fan sifatida shakllanib yetgani yo`q, ammo yaqin kelajakda o`zida qator ijtimoiy va tabiiy fanlar yutuqlarini mujassamlashtirgan etnogenez fani yuzaga kelishi shubha tug`dirmaydi. Keyingi yillarda dunyo olimlari hamkorlikda Jahon xalqlarning etnik tarixi nomli ko`p jildlik zalvorli (fundamental) asar ustida ilmiy tadqiqotlar olib borishi fikrimizning isbotidir
Xalqlarning kelib chiqishi muammosi ustida ilmiy tadqiqot olib boruvchi mutaxasislar bir necha shartlarga rioya qilishi maqsadga muvofiqdir. Xalqning kelib chiqishi uzoq davom etgan murakkab jarayon ekanligini hamisha ko`zga tutib, ilmiy tadqiqotlarni kompleks tarzda olib borishimiz kerak. Sababi, ayrim fan sohasi yutuqlari (tarix, arxeologiya, Etnologiya, antropologiya, tarixiy tilshunoslik va yozma manbalar ko`p qirali etnogenez muammosining bir tomoninigiga ochib berishga qodir.
Keyingi  yil davomida O`zbekistonda keng miqyosda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida o`zbek xalqi etnogenezi sohasida muhim ma`lumotlarni qo`lga kiritishga muvaffaq bo’lindi. Bu esa Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o`zbek xalqining kelib chiqishi tarixiga oid yangi fikr va mulohazalar yuritish imkonini bermoqda. Quyida biz o`zbek xalqining kelib chiqishi tarixiga katta hissa qo’shayotgan ijtimoiy va tabiiy fanlarga chegaradosh antropologiya (odam haqida fan) natijalari asosida o`zbek xalqining etnik tarixiga oid fikrlar va mulohadalar to’g’risida gap yuritamiz.
Markaziy Osiyo hududida qadimgi tosh (paleolit) davridan to hozirgi zamonga qadar  nafar qadimiy yodgorlik topilmalari va hozirgi davrda yashovchi  etnografik guruh ( ming kishi) ning antropologik o`rganilishi bu mulohazalarning asosini tashkil etadi.
Fanda o`zbek xalqining kelib chiqish tarixini o`rganishi qaysi davrdan boshlab kerakligi haqida umumiy fikr yo`q. Qator olimlar etnogenezni yozma manbalarda xalq nomi (etnomini) tilga olingan davrdan boshlashni maqsadga muvofiq deb biladilar. Ikkinchi guruh olimlar esa bu jarayonni mumkin qadar qadimiy davrlardan boshlash kerak, deb hisoblaydilar.
O`zbek xalqiga xos Markaziy Osiyo ikki daryo orasi irqining shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yangicha yagona fikr yo`q edi. Bir guruh olimlar bu irq bundan - ming yil ilgari, ikkinchi guruh mutaxassislar -ming yil ilgari shakllangan desa, uchinchi guruh olimlari esa XVI asrda shakllandi deb hisoblar edilar. Antropologik izlanishlar natijasida mualliflar ikki daryo oralig`i irqining shakllanishi, juda boy antropologik ma`lumotlar asosida, bundan --yil ilgari boshlanganini isbotladilar.
Olib borilgan tadqiqotlar o`zbeklarga xos antropologik qiyofa, dastavval Sirdaryoning o’rta havzasi tomanlarida, ya`ni Toshkent va Janubiy Qozog`istonning Chimkent viloyatlarida, Yettisuv mintaqasida miloddan avvalga -ming yillik oxirida shakllana boshlaganligi aniqlandi. Mil. avv. III-II asrlarda bu aholi bir necha yo`nalishda Markaziy Osiyoning markaziy va janubiy viloyatlarga kirib borgan.
Turon nomi bilan atalgan mamlakatimiz hududlarida o’troq va chorvador hayot kechirgan qadimiy avlodlar Sug`d, Xorazm, Baqtirya, Farg’ona va Toxariston nomlari ostidagi vohalarda yashaganlar. Ular sharqiy eroniy tillarga mansub sug`diy, xorazmiy, sak va toxar tillarida muloqatda bo’lganlar. Bu xalqlar janubda forsiyzabon Ajash xalqi, shimolda esa turkiy tilda so’zgashuvchi o’troq va chorvador xalqlar va etnik guruhlarining doimiy ta`sirida bo’lganlar. Mil. avv. -ming yillkning o’rtalarida va ayniqsa milodning V-VIII asrlarida shimoldagi turkiy qabilalarning Markaziy Osiyo hududlariga kirib kelish jarayoni kuchayadi. Ular mahalliy xalqlar bilan aralash-quralash yashash jarayonini o`z boshlaridan kechiradilar, bu xalqlarga til jihatidan ta`sir o`tkazib, ularning tillarini turkiylashtirib boradilar. VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyodagi turkiy aholining asosiy qismi Chust, Yettisuv, Shosh, Farg`ona vodiysi, Zarafshon va Qashqadaryo vaholarida yashaganlar. Yozma manbalarda bu hududlarda VII asrda Turkiston deb nomlangan. O’troq turmush sharoitini kechirgan mahaliy xalqlar ham asosiy kasbi charvochilik bo’lgan turkiy xalqlarga o`z ta`sirini o’tkazganlar. Ammo til nuqtay nazaridan turkiy xalqlarning ta`siri shu qadar kuchli bo’lganki, arablar bosqini arafasida Movaraunnahr va Xorazmning tub yerli aholisi turkilashib bo’lgan edi.
O`zbek xalqining shakllanishidagi ikkinchi muhim davr bu IX-XII asr hisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyoda, jumladan, O`zbekistonda hozirgi o`zbeklarga xos qiyofa mahaliy aholining asosiy qismini tashkil etadi.
X asrning oxiri va XI asr boshlarida Markaziy Osiyoning qatta hududlarida Qoraxoniylar davlati keldi. Qoraxoniylar bilan birga o’lkada ko’chib kelgan bir talay qabilalar turgashlar, o’g`izlar, arg`inlar va boshqa turkiy zabon qabilalar o’lkaning sharqiy eron va turk tillarida so’zlashuvchi aholisi tarkibini etnik jihatidan yanada boyitadi, turkiy etnik qatlamning ustunligini bir qadar ta`minlaydi. Ana shu tariqa qoraxoniylar hukmronligi davrida turkiy o`zbek xalqi to`la shakllanadi, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatidan rivojlanadi. Tarixchi olim Buriboy Axmedov qayd qilganidekEski o`zbek tiliga asos bo’lmish qarluq-chigil lahjasi rivoj topdi va yozma adabiyot darajasiga ko’tarildi. Qarluq - chigil lahjasi, aytish mumkin, shu o`zbek xalqining umumiy tili bolib qoldi (B.Axmedov. Tarixdan soboqlar T., Oqituvchi, ). Bu holni Yusuf Xos Xojibning Qutadg`u bilig, Maxmud Koshg`ariyning Devonu lug`otit turk Ahmad Yugnakiyning Xibat ul-haqoyiq, Axmad Yassaviyning Hikmatnoma asarlari timsolida ochiq-oydin ko’ramiz.
O`zbek xalqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr oxiri va XVI asr Qipchoq o`zbeklari kirib keladi va ular mahaliy aholiga o`z nomini beradi. Shu bilan birga IX-X asrlarda elat, xalq qiyofasidagi mahalliy belgilarning bir o`z faollashuviga olib keladi.
Shunday qilib o`zbek xalqlarining etnik shakllanishi uzoq davom etgan murakkab jarayon ekanligining guvohi bo’ldiq. O`zbek xalqining asosini hozirgi O`zbekiston xududida bir necha ming yillar davomida Yashab kelgan mahaliy sug`diylar, baxtarlar, xorazimiylar, saklar, massagetlar, qang`lar va davonliklar tashkil etadi. Turli davrlarda kelgan qabilalar, elatlar va xalqlar davr o’tishi bilan mahalliy aholiga o`z ta`sirini qisman o’tkazgan. O`zbek xalqning shakllanishi jarayonining barcha bosqichlarida mahalliy aholi tashqaridan kelgan aholiga nisbatan ustun bulgan. Ammo kelgindi aholi mahalliy aholiga o`z tilini berdi. Lekin antropologik nuqtai nazaridan mahalliy aholining etnik qiyofasini va tashqi ko’rinishni tubdan o’zgartira olmadi.

Download 31,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish