Mavzu: O‘zbek tilining leksik qatlamlari reja: 1



Download 56,5 Kb.
bet5/6
Sana12.09.2021
Hajmi56,5 Kb.
#172479
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-MAVZU

Arxaik so`zlar. Hozir mavjud bo`lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari arxaik so`zlar deyiladi. Arxaik so`zlar yig`indisi arxaizmlar deyiladi.

Arxaizm – grekcha so`z bo`lib, archaios – «qadimgi» degan ma’noni bildiradi.Eskirgan so`z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo`lgani uchun uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so`z mavjud bo`ladi. Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo`lsa, ulardan til taraqqiyoti qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani eskilik bo`yog`iga ega bo`lib, ishlatilmay qolib ketadi. Masalan, sekretar – kotib, mirzo, kotiba. Ular ichidan kotib so`zi hozirgi kunda kishilar tomonidan keng ko`lamda qo`llanilyapti. Sekretar so`zi eskirib, arxaiklashib qolgan.

Arxaik so`zlar so`zlovchining ko`z oldida iste’moldan chiqib ketayotgan so`zlardir revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast), baynalmilal (internotsional).Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o`miz (ko`krak) kabi. So`zlar butun holda arxaiklashishi yoki uning biror ma’nosi arxaiklashishi mumkin. Shunga ko`ra ular: a) leksik arxaizmlar; b) semantik arxaizmlar tarzida ikki xil bo`ladi.

Leksik arxaizmda so`z eskiradi: gulgun, siymo (obraz).

Semantik arxaizmda ma’no eskiradi: chechak – «gul» ma’nosida eskirgan, bekat – karvonlar to`xtaydigan joy ma’nosida eskirgan, bag`ir – «jigar» ma’nosida eskirgan, davlat – «boylik» ma’nosida eskirgan. Arxaiklashish iboralarda ham, grammatik hodisalar doirasida ham yuz beradi. Iboralarning arxaiklashishi holati ko`p, lekin grammatik hodisalarning arxaiklashishi ham uchraydi: dasti alif –lom qilib, gardonini ham qilib, yoqasini chop etmoq (iboralar); sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon, -ibon shakllari, -dur – kesimlikni ko`rsatuvchi bog`lama eskirgan grammatik shakllardir. Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo`lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq kabi (sovun, qovoq).

Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi yangi narsalarni, ularning belgilarini, yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan so`zlar yoki yangi ma’noda qo`llangan eski so`zlar neologizmlar deyiladi. Neologizm grekcha so`z bo`lib, neos – «yangi» degan ma’noni bildiradi. Neologizm yangilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlardir. Masalan: bakalavr, magistratura, kompyuter, kompyuter texnologiyasi, marketing, supermarket kabi. Neologizmlar yangi paydo bo`lgan paytda, ishlatilish doirasiga ko`ra chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmni ma’nosi tushunarlilik kasb etsa, xalq orasida ommalashib ketishi mumkin. Bunda u yangilik bo`yog`ini yo`qotadi va umumxalq so`ziga aylanadi. Masalan: brigada, televizor, traktor, kosmos, kosmonavt va hokazo. Ba’zi neologizmlar yangiligicha qolib ketishi, ishlatilish doirasi chegaralangan leksikadan o`rin olib qolishi mumkin. Demak, neologizm – nisbiy tushuncha. CHunki har bir davr o`z neologizmiga ega bo`ladi.

So`z yoki so`zning ma’nosi neologizm bo`lishi mumkin.

So`z neologizm bo`lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker, ...

Leksik neologizmlar tamomila yangi, hali o`zlashib ketmagan so`zlardir. Bunday so`zlar: 1) o`zbek tilida avvaldan mavjud bo`lgan so`z va yasovchi qo`shimchalar bilan yasalgan yangi so`zlardir: etti yillik; 2) boshqa tildan kirgan hali umumxalq tiliga singib o`zlashib ketmagan yangi so`zlardir: magistr, bakalavr.




Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish