Qituvchi pedagogik faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.04.2022
Hajmi0,54 Mb.
#562967
Bog'liq
10 - mavzu



 O‘QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KOMPYUTER 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
1.
 
Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot 
texnologiyalarining ahamiyati.
2.
 
Ta`lim-tarbiya jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish.
3.
 
O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar 
bilimini nazorat qilishi.
 
1.
O‘qituvchida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan 
foydalanish malakalarini shakllantirish yo’llari. 
Zamonaviy ta’lim sharoitida axborot va kommunikastiya texnologiyalarining 
kirib kelishi o’qitishning yangi shakllarini ishlab chiqishini taqozo etadi. Bunday 
ta’lim shakllaridan biri kompyuterli o’qitish texnologiyasidir.
Kompyuterlashtirilgan o’qitish texnologiyasi - bu kompyuterdan foydalanishga 
asoslangan o’qitishdir. O’qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot 
texnologiyalarning bir turidir. Ya’ni o’qitishning kompyuter texnologiyasi asosida 
o’quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga 
erishish mumkin.
Kompyuterli o’qitish texnologiyasining joriy etilishi masofaviy o’qitishga 
yo’l ochib beradi. Kompyuterli o’qitish texnologiyasi asosan elektron ta’lim 
resurslari orqali amalga oshiriladi.
Ba’zi xorijiy mamlakatlar tadqiqotchilari kompyuterli o’qitish texnologiyasi 
afzalligi bilan birga salbiy jihatlarini ham ta’kidlaydilar. Masalan, Yaponiya 
pedagogi S.Sudzuki «Kompyuterli o’qitish bir tomondan, ta’lim oluvchilarning 
intellektlarini rivojlantirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan esa bilimni 
mustahkam egallashni ta’minlay olmaydi» degan fikr bildiradi.
Umuman xorijiy tadqiqotchilar zamonaviy o’qitish vositalarini qo’llashda 
tizimli yondashuvni, ya’ni o’qituvchilarni sifatli tayyorlash va qayta tayyorlash 
hamda pedagogik texnologiyalar sohasidagi olimlar, pedagoglar va mutaxassislar 
bilan hamkorlikni tavsiya etadilar. I.G.Zaxarovaning fikricha, kompyuterli 
o’qitishda har bir ta’lim oluvchi ma’lum bir vaqtda «virtual talaba» sharoitida 
bo’ladi. Demak, talaba virtual muhitga ko’nikib borishi ta’minlanishi kerak. 
Keyingi o’n yillikda ilg’or ta’lim muassasalarida to’plangan tajribalar shuni 
ko’rsatdiki, o’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishda yuqori 
samaradorlikka faqat uslubiy jihatdan yuksak darajada ishlab chiqilgan multimediali 
interfaol dasturiy ta’limotni va kompyuterli hamda internet texnologiyalarni qo’llash 


orqali erishish mumkin. Kompyuter maxsus fanlarni o’qitishda eng samarali didaktik 
vositasi hisoblanadi. O’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, ta’lim jarayoniga 
kompyuter texnologiyalarini qo’llash o’qitish davrini kuchaytiradi. Ta’lim 
oluvchilarni faollashtiradi, sekin o’zlashtiruvchi talabalarning qo’shimcha 
shug’ullanishlari uchun imkoniyat yaratadi. Ta’lim oluvchilar doimo o’zlarining 
bilimlarini baholashlari uchun imkoniyat yaratiladi. Shuni ta’kidlash joizki, 
muvaffaqiyatli ta’lim tizimi yuksak malakali va pedagogik mahoratga ega ilg’or 
o’qituvchilardan boshlanadi. Kompyuterdan o’qitish texnologiyasida o’qituvchi 
ta’lim jarayonida markaziy figura hisoblanadi. Kompyuter o’qituvchi o’rnini bosa 
olmaydi, faqat unga qo’shimcha didaktik vosita bo’lib xizmat qiladi. 
Kompyuterli o’qitish - ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasiga, 
intellektual imkoniyatiga moslashtirilgan bo’lishi kerak. 
Amaliyotda informastion maxsus texnik vositalar (EHM, audio, video, kino) 
qo’llaniladigan barcha texnologiyalar kompyuter texnologiyalari deyiladi. 
Kompyuterlardan keng foydalana boshlangandan keyin «yangi informastion 
texnologiya» termini paydo bo’ldi. Umuman har qanday pedagogik texnologiya – bu 
informastion texnologiyadir, chunki o’qitish texnologik jarayonining asosini 
informastiya (axborot) va uning uzatilishi tashkil qiladi. Bizning fikrimizcha, 
kompyuterdan foydalanib o’qitishni – kompyuterdan o’qitish texnologiyasi deb 
yuritilishi ma’qulroqdir. Kompyuter texnologiya dasturlashtirilgan o’qitish 
g’oyasini rivojlantiradi. Bu texnologiya – ta’lim oluvchiga kompyuter orqali 
informastiyani (axborotni) tayyorlash va uzatish jarayonidir.
Xorijiy tadqiqotchilar fikricha, kompyuterli o’qitish texnologiyasi quyidagi 3 
variantda amalga oshiriladi: 
1.
Kiruvchi texnologiya – fanning alohida bo’limlari, mavzuni o’rganish yoki 
didaktik topshiriqlarni bajarishda kompyuterdan foydalaniladi. 
2.
Asosiy texnologiya – fanni to’liq kompyuter yordamida amalga oshiriladi. 
3.
Monotexnologiya – o’quv jarayonini bajarish, o’qitish va monitoring 
kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. 
Kompyuterli o’qitish texnologiyasini qo’llanishdan asosiy maqsad ta’lim 
oluvchilarning axborot bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, ularning 
intellektual qobiliyatlarini rivoj-lantirish, optimal echimlarini mustaqil izlash, 
topish, tadqiqotchilik faoliyatlarini kuchaytirishdan iboratdir. 
Kompyuterli o’qitishni takomillashtirish va an’anaviy o’qitish shakllari bilan 
taqqoslash uchun quyidagi tamoyillarga e’tiborni qaratish kerak: 


-
qo’shimcha elektron resurslarni, ma’lumotlarni va kutubxonalarni yaratish, 
tarmoqdan axborotni izlashni ta’minlovchi maxsus dasturiy ta’minotni ishlab 
chiqish; 
-
o’qituvchilarning 
o’quv-uslubiy 
ishlarini 
takomillashtirish, 
internetdan 
foydalanish, axborot texnologiyalari va psixologiya sohalari bo’yicha 
mutaxassislar bilan hamkorlikni o’rnatish; 
-
elektron ta’lim resurslarini muntazam yangilab borish. 
Bu esa o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalar va faol metodlarni qo’llashni 
talab etadi. Kompyuterli o’qitish texnologiyasida bilimlarni baholash mezonlari 
muhim muammo hisoblanadi. Ushbu texnologiya asosan mustaqil ta’limga 
yo’naltirilganligi sababli o’qituvchilardan baholash jarayonini tashkil etishda faol 
va ma’suliyatli ishtirok talab qiladi. Chunki baholash jarayonida nafaqat testlar 
natijalari, balki talabalarning faolligi hamda mustaqil ishlash qobiliyati ham 
inobatga olinishi kerak. Fanning o’quv dasturini kompyuterli o’qitish 
texnologiyasiga moslashtirish lozim. 
Kompyuterli o’qitishda axborot va o’rgatuvchi texnologiyalarni qo’llash 
uchun imkon yaratiladi. Kompyuterli o’qitish jarayonining samarali tashkil etilishi 
o’quv maqsadlarga erishishini ta’minlaydi. Agar o’qitish jarayoni yaxshi tashkil 
etilmasa, ilg’or o’qitish texnologiyalari ham samara bermaydi. 
Kompyuterli texnologiyalar dasturli o’qitish g’oyalarini rivojlantiradi
zamonaviy kompyuterlar va telekommunikastiyaning noyob imkoniyatlari bilan 
bog’liq ta’limning tadqiq qilinmagan umuman yangi texnologik variantlarini ochadi. 
Ta’limning kompyuterli texnologiyalari – bu, ta’lim oluvchiga axborotni tayyorlash 
va uzatish jarayoni bo’lib, uni amalga oshirish vositasi kompyuterdir. 
Texnologiyani maqsadli yo’naltirish:

axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, kommunikativ qobiliyatlarini 
rivojlantirish; 

«axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash; 

ta’lim oluvchilarni o’zlashtirish imkoni darajasidagi etarli miqdorda axborot bilan 
ta’minlash; 

tadqiqotchilik mahoratini shakllantirish. 
Konsteptual holatlar: 

o’qitish –ta’lim oluvchining kompyuter bilan muloqoti; 

moslashish tamoyili: kompyuterni ta’lim oluvchining individual qobiliyatlariga 
moslashtirish; 

o’qitishning dialogli xarakterdaligi; 

boshqarish mumkinligi, har qanday momentda ta’lim beruvchi tomonidan o’quv 
jarayonini korreksiya qilish imkoniyati; 



ta’lim oluvchini barcha tipdagi kompyuterlar bilan o’zaro harakati, sub’ekt-ob’ekt, 
sub’ekt-sub’ekt, ob’ekt-sub’ekt; 

individual va guruhli ishning optimal birligi; 

kompyuter bilan muloqot paytida, ta’lim oluvchida psixologik komfort holatni 
qo’llab quvvatlash; 

chegaralanmagan o’qitish, mazmunli, uni interpretastiyasi va ilovalari keragicha 
katta. 
Kompyuterli texnologiya, mazmunni bir qancha shakllantirilgan modelini 
qo’llashga asoslangan bo’lib, bu model, kompyuter xotirasiga yozib qo’yilgan 
pedagogik dasturli vositalar va telekommunikastiya tarmog’ining imkoniyatlari 
orqali namoyon bo’ladi. 
Ta’lim mazmuni faktologik tomonining asosiy xususiyati «qo’llab 
quvvatlovchi» axborotni ko’p martali ko’paytirish, tarkibida zamon darajasiga 
axborot bazasi, gipertekst va multimediya (giper-mediya), mikrodunyo, immitastion 
o’qitish, elektron kommunikastiyalar (tarmoqlar), ekspert tizimlar bo’lgan 
kompyuter axborot muhitining mavjudligi hisoblanadi. 
Ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasi deganda, kompyuter texnikasini 
qo’llash bilan, axborotni kiritish, tizimlashtirish, saqlash va chiqarib berish 
texnologiyasi tushuniladi. Ma’lumotlar bazasi axborot massivi tarkibiga turli 
statistik, matnli, grafik va illyustrativ axborotni chegaralanmagan hajmda, albatta, 
uni formalizastiya (ushbu tizim uchun ma’lum bir xarakterda bo’lgan shaklda-
formatda kompyuterga taqdim etish, kiritish va chiqarish) holda kiritish mumkin. 
Ananaviy qayta ishlanadigan, bir qator axborotlar uchun, uni taqdim qilishni standart 
formatlari mavjud, masalan: bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar, obzor. 
Ma’lumotlar bazasida axborotni tizimlashtirish va izlash uchta asosiy usul 
bilan bajariladi. 
1. Ierarxik ma’lumotlar bazasi, tasniflovchi asos sifatida kataloglar va 
rubrikatorlarni qo’llaydi, ya’ni ierarxik tipdagi axborotli – izlovchi tillar. 
2. Amalga oshiruvchi ma’lumotlar bazasida axborotning har biriga ma’lum bir 
(muallif, muhim so’zlar, hudud, axborot klasi, tezaurus deskriptori va h.k. beriladi 
va uni izlash, ularning birortasi yoki har qanday kombinastiyasi orqali bajariladi. 
3. Statistik ma’lumotlar bazasi

Ikki o’lchamli (kam hollarda – uch o’lchamli) 
matrista yordamida tashkil qilingan sonli axborot bilan operastiyalarni o’tkazadi, shu 


tufayli, izlanayotgan axborot tizimiga uni koordinatlari kiritish yo’li bilan topiladi. 
Statistik ma’lumotlar bazasi, ko’proq elektron jadvallar nomi ostida ma’lum. 
Tarkibida matnli – grafik axborotlari bo’lgan ma’lumotlar bazasini yaratish 
amaliyotida, uni tizimlashtirish ko’pincha gibrid ko’rinishida amalga oshiriladi. 
Ma’lumotlar bazasi, o’qitish paytida, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga 
darslik hamda qo’llanmalar tarkibiga kirmay qolgan zarur axborotni tezkor taqdim 
etish uchun bevosita didaktik jarayon sifatida va axborotni erkin tanlash rejimida 
(servisli rejim) foydalanuvchining o’zi ishlatadi. 
Bilimlar bazasi. Bilimlar bazasi axborot tizimi ko’rinishida bo’lib, tarkibida 
ushbu mavzu bo’yicha qo’shimchani istisno qilmaydigan berk hajmdagi axborot 
mavjud. Ushbu axborot shunday strukturalashtirilganki, uning har bir elementi, 
ularning umumiy to’plamidagi, u bilan mantiqan bog’liq bo’lgan boshqa 
elementlardan keltirilgan dalilga ega. Ushbu bilimlar bazasida bo’lmagan 
elementlarga havola qilishga yo’l qo’yilmaydi. Bilimlar bazasida axborotni bunday 
tashkil qilish, ta’lim oluvchiga, uni o’rganish paytida ushbu momentda unga ma’qul 
bo’lgan mantiq asosida o’rganish imkonini beradi, chunki u, o’z xohishiga binoan, 
axborotni o’rganish paytida uni oson qayta strukturalashtirishi mumkin. Bilimlar 
bazasini birlamchi bibliografik analogi enstiklopediya va lug’atlar hisoblanib, 
ularning maqolalarida ushbu nashrlarning boshqa maqolalariga havolalari mavjud. 
Bilimlar bazasini amalga oshiruvchi dasturli mahsulotlar HIPERMEDIA klassiga 
mansub, chunki ular, foydalanuvchi tomonidan axborot bilan tanishuv mantiqini 
nafaqat erkin tanlashni amalga oshirish, balki matnli grafikli axborotni ovoz, video 
va kinofragmentlar, multiplikastiya birlashtirish imkoniyatini ham beradi. Bunday 
rejimda ishlash qobiliyatiga ega kompyuter dasturi, MULTMEDIA integral atamasi 
bilan birlashtiriladi (ko’p variantli muhit). 
Multimedia apparatli vositalar, bilimlar bazasi bilan bir qatorda, o’quv 
jarayonida kompyuterli immitastiyalarni, mikro-dunyolarni va ularning bazasini 
ta’lim oluvchilarda alohida qiziqish chaqiruvchi didaktik va rivojlantiruvchi
o’yinlarni yaratish hamda qo’llash imkonini beradi. 
Ta’lim oluvchining bilim darajasini kompyuterli testlash va uni ruhiy - 
jismoniy rivojlanish parametrlarini tashxis qilish, tarmoqli baholash muolajalarini 
amalga oshiruvchi hamda ma’lum bir aniqlik darajasida natijalarni beruvchi ekspertli 
tizim- tizimostilarni qo’llash bilan to’ldiriladi. Ushbu dasturli vositalar o’quv 
maqsadlari va holatlariga bog’liq holda qo’llaniladi: birinchi holatda, ta’lim oluvchi 


extiyojlarini chuqurroq tushunish zarur bo’lsa, boshqa holatda – predmetli sohada 
bilimlarni tahlil qilish muhim, uchinchi holatda – ta’limning psixologik tamoyillarini 
hisobga olish asosiy rolni o’ynashi mumkin. 
Kompyuterda axborotni taqdim qilishning boy imkoniyatlari ta’lim 
mazmunini, unga integrastiyalangan kurslarni, fanning tarixi va metodologiyasi 
bilan tanishishni, buyuk insonlarning ijodiy laboratoriyalarini, fanning, texnikaning, 
madaniyatning va jamoat ongining jahondagi darajasi qo’shilganda o’zgartirish 
hamda cheksiz boyitish imkonini beradi. 
Jarayonli xususiyatlari: 
Kompyuterli o’qitish vositalarini interfaol deb atashadi: ular, ta’lim oluvchilar 
va ta’lim beruvchilar harakatiga «javob berish», ular bilan dialog olib borishga 
«kirishish» qobiliyatiga ega. Aynan shu, kompyuterli o’qitish usulining asosiy 
xususiyatini tashkil qiladi. 
Kompyuter, o’quv jarayonining barcha bosqichlarida qo’llanilishi mumkin: 
yangi materialni tushuntirish (kirishda), mustahkamlash, takrorlash, BMK nazorat 
qilish paytida. Bunda, u, ta’lim oluvchi uchun turli funksiyalarni bajaradi: 
o’rgatuvchi, ishchi instrumentini, o’qitish ob’ektini, hamkorlik qiluvchi jamoani, 
dam olish (o’yin) muhitini. 
Kompyuterning ta’lim beruvchi funksiyalariga quyidagilar kiradi: 
-
o’quv axborotining manbai (ta’lim beruvchi va kitobni qisman yoki to’liq o’rnini
bosuvchi); 
-
ko’rgazmali 
qurol 
(sifat 
jihatdan 
yangi 
darajada 
multimedia 
va 
telekommunikastiyalarning imkoniyatlari bilan); 
-
individual axborotni bo’shlig’i; 
-
trenajyorlar; 
-
tashxis va nazorat vositasi. 
Kompyuter, ishchi instrument funksiyasida quyidagi sifatlarda chiqdi: 
-
matnlarni tayyorlash vositasi, ularni saqlash; 
-
matnli tahrirchi; 
-
grafani quruvchi, grafik tahrirchi; 
-
cheksiz imkoniyatga ega hisoblash mashinasi (natijalarni turli ko’rinishda tuzish 
bilan); 
-
modellashtirish vositasi. 
O’qitish ob’ekti funksiyasini kompyuter quyidagi paytlarda bajaradi: 


-
dasturlashtirishda, kompyuterni belgilangan jarayonlarga o’rgatishda; 
-
turli axborot muhitlarini qo’llashda. 
hamkorlik qiluvchi jamoa kompyuter tomonidan keng doiradagi auditoriya 
(kompyuter 
tarmoqlari) 
bilan 
kommunikastiyaning, 
internet 
ga 
telekommunikastiyaning oqibati sifatida qayta tiklanadi. 
Dam olish muhiti quyidagilar yordamida tashkil qilinadi: 
-
o’yin dasturlari; 
-
tarmoq bo’yicha kompyuter o’yinlari; 
-
kompyuterli video. 
Kompyuter texnologiyasida ta’lim beruvchining ishi quyidagi funksiyalarni 
bajaradi: 
-
sinf va umumiy predmet darajasida o’quv jarayonini tashkil qilishni (o’quv 
jarayonining grafigi, tashqi tashxis, yakuniy nazorat); 
-
sinf ichidagi faollashtirish va koordinastiyalashtirishni, ishchi joylarini taqsimlash, 
yo’riqlash, yo’riqlar berish, sinf ichidagi tarmoqni boshqarish va hokazoni tashkil
qilishni; 
-
ta’lim oluvchilar ustidan individual kuzatishni, individual yordamni, bola bilan 
individual «insoniy» kontakt qilishni. Kompyuter yordamida, vizual va eshitish 
obrazlarini individual o’qitishning ideal vaiantlariga erishiladi. 
-
axborotning muhim komponentlarini o’quv va namoyish asbob-uskunalarining har 
xil turlari, dasturli vositalar va tizimlar, o’quv - ko’rgazmali qurollar va h.k.) 
tayyorlash, ularni ma’lum bir o’quv kursining predmetli mazmuni bilan aloqasini. 
Ta’limni axborotlashtirish ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchidan kompyuter 
savodxonlikni talab qiladi, uni kompyuter texnologiyasi mazmunining alohida 
ahamiyatga ega qismi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Kompyuterli texnologiya 
mazmunining strukturasiga (kompyuter savodxonlikka) quyidagilar kiradi: 
-
informatik va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish; 
-
kompyuter texnikasining prinstipial tuzilishini va funkstional imkoniyatlarini
bilish; 
-
zamonaviy operastion tizimlar va ularning asosiy komandalarini egallashni bilish; 
-
zamonaviy dasturli qobiq va umumiy qo’llanuvchi operastion vositalarni (Norton 
commander, Windows, ularning kengayishlarini) bilish va ularning funksiyalarini 
egallash; 
-
hech bo’lmasa bitta matnli tahrirni egallash; 
-
algoritmlar, tillar va dasturlash paketlari to’g’risida birlamchi tushunchaga ega 
bo’lish; 


-
ta’lim oluvchining, utilitar ahamiyatga ega amaliy dasturlarni fan va madaniyat 
bilan birga qo’llashni birlamchi tajribasini umumjahon kompyuter tarmog’i 
bo’lmish – Internet taqdim etadi:
-
jahonning barcha hududlaridagi tengdoshlari bilan yozishmalar orqali 
gaplashishni; 
-
dunyodagi barcha banklar, muzeylar, rasadxonalardan ilmiy va madaniy axborotni 
jalb qilishni; 
-
xalqaro serverlar orqali interfaol muloqot qilish, hodisalarni kuzatish. 
Kompyuterli texnologiyalar bilan birga, audiovizual o’qitish texnologiyalari 
hamda funksiya qilib, ularda ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini boshqarishning 
ko’proq qismi maxsus ishlab chiqilgan audiovizual o’quv materiallari yordamida 
amalga oshiriladi.
O’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, ta’lim jarayoniga kompyuter 
texnologiyalarini o’llash o’qitish davrini ko’chaytiradi. Ta’lim oluvchilarni 
faollashtiradi, sekin o’zlashtiruvchi talabalarning qo’shimcha shug’ullanishlari 
uchun imkoniyat yaratadi. Ta’lim oluvchilar doimo o’zlarining bilimlarini baholashi 
uchun imkoniyat yaratiladi. Shuni ta’kidlash joizki, muvaffaqiyatli ta’lim tizimi 
yuksak malakali va pedagogik mahoratga ega ilg`or o’qituvchilardan boshlanadi. 
Kompyuterdan o’qitish texnologiyasida o’qituvchi ta’lim jarayonida markaziy figura 
hisoblanadi. Kompyuter o’qituvchi o’rnini bosa olmaydi, faqat unga qo’shimcha 
didaktik vosita bo’lib xizmat qiladi. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish