Mavzu: O`zbek jadid adabiyotini davrlashtirish tamoyillari


Turkiston milliy-ozodlik harakatlari



Download 183,5 Kb.
bet4/7
Sana18.02.2022
Hajmi183,5 Kb.
#452119
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jadid adabiyotini davrlashtirish tamoiyllari

Turkiston milliy-ozodlik harakatlari. Chor Rossiyasi hukumatining o`tkazgan siyosati turkistonliklarning o`z milliy mustaqilliklari, ozodlik va erklari uchun milliy ozodlik harakatlariga sabab bo`ldi. Chunonchi, 1870 yilda Mong`ishloq qirg`izlarining isyoni, 1871 yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligidagi Sirdaryo viloyatidagi chiqishlar, 1871 yildagi Farg`onada Etimxon isyoni, 1872-76 yillarda Po`latxon boshchiligidagi Qo`qondagi qo`zg`olon, 1883 yil Chustda, 1892 yil Toshkentda vabo tarqalishi paytidagi tarihga “Toshotar voqeasi” nomi bilan kirgan qo`zg`olon, 1898 yilda Andijondagi Dukchi Eshon qo`zg`oloni, 1899 yilda Sirdaryo viloyatidagi harakatlar, 1916 yil Jizzah qo`zg`oloni va boshqalar shular jumlasidandir.
XIX asrda Turkistonda bo`lib o`tgan mazkur harakatlar ichida eng yirigi va tarih sahifalariga sharaf bilan muhrlangani bu - Andijondagi Dukchi Eshon qo`zg`oloni bo`ldi. Bu qo`zg`olon mustamlakachi chorizm ma’murlarini dahshat va vahimaga soldi. Mazkur qo`zg`olon tafsiloti barcha tarihiy kitoblarda keng berilgan. Biz qo`zg`olonning maqsad va mohiyati haqida qisqa to`htalamiz. Muhammad Ali halfa Sobir o`g`li (1853-1898) rahbarlik qilgan bu qo`zg`olonning ko`tarilishiga bosh sabab chor Rossiyasining xalqqa nisbatan olib borgan zo`rlik va adolatsiz siyosati, milliy va diniy huquqlarining kamsitilishi va tahqirlashi bo`ldi. Dukchi Eshon boshliq qo`zg`olon qatnashchilari xalqning milliy huquqlarini kasitmaslikni va tinch turmush kechirish uchun sharoit yaratishni oq podshodan talab qilib chiqadilar. Ammo puhta tayyorlanmagan, jiddiy himoyalanmagan va to`satdan boshlangan bu qo`zg`olon juda tez va shafqatsiz bostirildi. Eng yomoni va achinarlisi, xalq uchun o`zini fido etgan Dukchi Eshon nomining badnom qilinishi bo`ldi. Dukchi Eshon nomi voqea va vaziyatning mohiyatini to`liq anglab etmagan turli saviyadagi “omi” kishilar onggiga “fitnachi” bo`lib kirganligini qaysidir ma’noda tushunish mumkindir, ammo davrning ilg`or kishilari bo`lgan, raiyat tomonida turib ijod qilgan Muqimiy va Zavqiydek shoirlarning ijodida bu siymoning salbiy qahramonga aylanganligini tushunish qiyin. Bu esa sobiq sovet davridagi tarih kitoblari uchun «Dukchi Eshon voqeasi»ni qora siyohlarda yozilishiga asos bo`luvchi va “qo`l keluvchi» qo`shimcha «hujjat» bo`lib xizmat qildi.
Qo`zg`olon jisman mag`lubiyatga uchragan, uning rahbarlari va ishtirokchilari qatli om qilingan bo`lsa-da, uni butunlay natajasiz, izsiz yakunlandi de bo`lmaydi. Chunki Andijon qo`zg`oloni, birinchidan, oddiy qishloq ahli orasida mavjud tuzumga qarshi jiddiy kuchlarning shakllanib borayotganligini ko`rsatdi, ikkinchidan, bu erksevar kuchlar Turkistonda chuqur ildizga egaligi va ular fursati kelganda yana ko`tarilishi mumkinligini sezdirdi va oqibatda bu voqeadan keyin shunday katta kuchga ega bo`lgan chorizm ham talvasaga va havotirga tushib qoldi. Shuning o`zi ma’naviy g`alaba edi.
Turkiston general gubernatorligi tashkil topgach, Toshkent uning markazi sifatida taraqqiy topa boshladi. 1868 yili bosmaxona ochildi. 1871 yildan kitob chiqa boshladi. So`ngroq boshqa shaharlarda matbaalar paydo bo`ldi. 1870 yili Toshkentda xalq kutubxonasi ochildi. O`lka hayotini har tomonlama o`rganish kuchaydi. Ikkinchi tomondan, Turkistonning faqat moddiy emas, madaniy merosini ham talon-toroj etish avj oldi. Amir Temurdek dunyo so`ragan jahongir bobolarimizning oltin tahtlari - podshohlik jihozlari, anjom- aslahalaridan hususiy buyumlarigacha tashib ketildi. Ko`ksaroyga o`xshash yurtning qaddini ko`tarib kelgan ulug`vor obidalari buzib tashlandi. Shavkatli tarih hotirasini xalq qalbidan uchirib tashlashga zo`r berildi.
Millatning eng qimmatli boyliga, asrlar davomida ko`z qorachig`idek asrab kelingan nodir qo`lyozmalar, kitoblar olib ketildi. 1868 yili Samarqand zabt etilganida general Abramov dunyoga mashhur Usmon Qur’onini Sankt-Peterburgga jo`natdi. General Kaufman topshirig`iga ko`ra sharqshunos A.L.Kun Xiva saroyidan 300 nodir qo`lyozmani olib ketdi. N.Hanikov Buxorodan 166 sara asarni, V.L.Vyatkin Samarqanddan 190 kitobni shu maqsadlarda yiqqan edi. Havaskor kitob yig`uvchilarning-ku son-sanog`i bo`lmagan. Ayni paytda, Turkistonning an’anaviy maorif va madaniyatida sezilarli jonlanish ko`zga tashlandi.
XIX asrning ikkinchi yarmida ham an’anaga ko`ra Turkistonning shahar va qishloqlaridagi har bir mahallada masjid va uning qoshida maktablar bo`lgan. Yirik qishloq va shaharlarda bir necha mahalla uyushgan joyda madrasalar ish ko`rgan. Masalan, 1890 yili Buxoroda 217 masjid, 185 madrasa bor edi. 1917 yil 26 noyabrda Ko`qon shahrida 392 masjid, 40 madrasa qayd etilgan. 1884 yili Qrimdagi Boqchasaroy shahrida Ismoilbek Gasprali «usuli jadid» («usuli savtiya») degan yangi o`quv usuliga asos soladi. 90-yillarda bu yangi usul Turkistonga etib keladi. 1893 yili Ismoilbek Gaspralining o`zi Buxoroga kelib, amir bilan uchrashadi vayangi maktab ochishga muvaffaq bo`ladi. U bilan birga kelgan shirvonlik Majid G`anizoda esa Samarqandda 40 kun qolib, «usuli savtiya»ni o`rgatadi. Bunday maktablar (Chor hukumatining maqsad va intilishlariga zid o`laroq) Toshkent, Andijon kabi shaharlarda ham ochila boshlaydi. A.V. Pyaskovskiy ma’lumot berishicha, 1895-1901 yillarda Toshkentda to`rtta usuli jadid maktabi bor edi. 1900 yili Andijonda ham shunday maktab ochildi. 1907 yili Turkistonda 30 jadid maktabi bo`lib, 1300 bola o`qir edi. Chor hukumati bunga qarama-qarshi holda rus-tuzem maktabiga zo`r berdi.
1884 yili Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi ochildi, 1891 yili Xivada, 1894 yili Buxoroda tashkil qilindi. 1892 yili o`lkaning o`zida ularning soni 21 taga etdi. 1917 yilning boshlarida Turkistonda 170 rus-tuzem maktabi bor edi. Maktablar rus ma’murlariga mahalliy xalq orasida ruscha biladigan yordamchi xizmatchilar etkazishni o`z oddiga maqsad qilib qo`ygan edi. Aslini olganda, rus hukumatiga so`zamol, haqtalab xizmatchilar emas, ruscha tutilib-tutilib gapiradigan chalasavodlar, ho`jayin tomoq qirsa dik etib xizmatga turadigan ito-atkorlar kerak edi. Bu maktablarning ko`proq shunga xizmat qilishi ko`zda tutilgan edi.
80-yillardan mahalliy xalq vakillarining markaziy Rusiya shaharlariga sayohatlarini uyushtirish yo`lga qo`yildi. Rusiya ma’murlari istilo qilingan o`lkalarning fuqarolariga mamlakatlarining bepoyonligini, shaharlarining sha’nu shavkatini ko`rsatishni istar edilar. Turkiston madaniy hayotida 1870 yilning 28 aprelidan chiqa boshlagan «Turkiston viloyatining gazeti» ham muhim rol o`ynadi. U Turkiston general gubernatorligi qoshidagi «Turkestanskie vedomosti» gazetasiga ilova bo`lib chiqdi. Gazetaning maqsad-muddaosi shunday belgilangan edi:
«Turkiston g`eneral gubernato`ri buyrug`i bo`yincha ushbu oydan boshlanib «Turkiston gaziti» chiqadur. Ushbu gazitlarda barcha haloyiqg`a ma’lum bo`lmoq uchun g`eneral gubernato`rni har turli farmoni izhor qilinur va yana har turli yangi habarlar, savdo to`g`risida yozilur. Va yana Toshkand va g`ayri shaharlarda bo`lg`on hodisa-voqealar yozilur. Ushbu gazit o`ruschadan boshqa sartcha va g`ayri qazoqlarga keraklik qazoqcha bo`lub yozilur...»
So`ng odatdagidek obuna haqida gap yuritilib, ushbu masala bilan Olmazor mahallasida yashovchi Mulla Mahdum Mullo Mashrab o`g`li shug`ullanishi ma’lum qilinadi. Gazetaga Shohimardon Ibrohimov, bir oz muddat Muhammad Hasan Chanishev (u ham qozon tatari, tarjimonlik bilan shug`ullangan), 1883 yildan 1917 yilga qadar esa Nikolay Ostroumov (1846—1930) muhar-rirlik qildilar. Ayniqsa, Ostroumov davrida rus ilm-fani, madaniyati zo`r berib targ`ib-tashviq etildi. Rusiya shaharlariga sayohatga borgan turkistonliklarning safar taassurotlari mun-tazam suratda berib borildi. Gazeta atrofiga mahalliy qalamkashlardan bir davra tashkil qilindi. Bu qalamkashlar Rusiya tarihi, madaniyatiga hamdu sano o`qidilar. Ruslardan o`rnak olishga chaqirdilar. Ruslarni Turkistonga ilm-ma’rifat, ahloq va madaniyat olib keluvchi, dunyo bilan oshno qiluvchi bir millat sifatida keng xalqqa tanishtirdilar. Bunday «ma’rifatparvarlik» ko`pincha o`tmish, milliydiniy an’analar ustidan kulish, ularni kamsitish, tanqid qilish hisobiga amalga oshirildi. Va u millatni sekin-astalik bilan ota-bobolarimiz turmushidan sovutishni ko`zda tutardi. Turkistonga abadiy hukmronlik qilish istagi bilan kelganlarga, ularning turmush tarzi va tafakkuriga mehr-muhabbat uyg`otib, «o`risparast» bir avlodni etkazishga xizmat qilar edi. Xullas, o`risparastlik dastlabki o`zbekcha matbuot namunasi bo`lgan «Turkiston viloyatining gazeti»da Rusiya hukumatining tegishli odamlari tomonidan uyushtirilib, rag`batlantirib borildi. Va u «ilg`or rus madaniyati» sifatida talqin qilindi. Hatto Furqatni ham 1890 yil Toshkentga kelganida N. Ostroumov o`z gazetasiga jalb qiladi. General gubernator baron Vrevskiy shoirning salohiyati va shuhratidan targ`ibot uchun foydalanish niyatida uni rus zodagonlarining bal-bazmiga taklif etadi. Ostroumov shoirga ziyofat taassurotlarini yozdirib, gazetasida bostiradi.



Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish