I BOB
DAVRNING IJTIMOIY QIYOFASI VA MADANIY HAYOT.
Buyuk sohibqiron Amir Temur saltanat va davlatni boshqarish qonun-qoidalari bayon etilgan tuzuklarida o`z vorislariga “millatning dardiga darmon bo`lish”, “zaiflarni qo`rish va yo`qsillarni boylar zulmiga tashlamaslik”ni uqtirganlar hamda “adolat va yahshilik qilmoq dasturingiz, rahbaringiz bo`lsin”, deya vasiyat qilganlar. Ammo uning o`gitlariga amal qilinmadi. Taht, hokimiyat ilinjida avj olgan o`zaro ihtilof va ichki kurashlar, jangu jadallar oqtbatida davlat zaiflashib, mamlakat inqiroz va parokandalikka yuz tutdi. Bu XVIII-XIX asr o`rtalaridagi Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy qiyofasi edi.
U davrlarda O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan og`ir tanazzul damlarni boshdan kechirayotgan, millat va davlat qaramlik ahvolida edi. Birin -ketin millat va jamiyat boshqaruviga da’vogar hokimiyat uch erda - Buxoro, Xiva, Qo`qonda yakka-yakka holda o`z hokimiyatini o`rnatdi. Davlatchilikdagi bunday bo`linish ohir-oqibatda davlatning kuchsizlanishi va emirilishiga, iqtisodiy-siyosiy hayot turg`unligiga, chor Rossiyasi bosqiniga dosh berolmay qaramlikka yuz tuban bo`lishiga olib keladi. Rossiya XIX asr ohirlariga kelib Turkistonning katta hududini egalladi. Bu yo`lda juda katta bosqinlar uyushtirdi, vahshiyona qirg`inliklarga qo`l urdi va alal oqibatda Qo`qon honligini tugatildi, Buxoro amirligi va Xiva honligi imperiyaning vassaliga aylantirildi1.
Rossiya imperiyasining maqsadi O`rta Osiyoda o`zbek davlatchiligining asoslarini tag-tomiri bilan yo`q qilish va rusiy idora uslublarini qat’iy joriy etish edi. Ma’muriy-boshqaruv tizimni ham ana shu maqsadga qaratdi, ya’ni Turkiston o`lkasi, Buxoro amirligi va Xiva honligi Rossiya guberniyalariga aylanishi uchun barcha siyosiy, iqtisodiy madaniy va ma’naviy choralarni ko`rdi.
Markaziy Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi xalqqa qimmatga tushdi–og`ir va ayanchli mustamlakachilik siyosati hukm surdi. Istilochilar yurt boyliklarini taladilar va bu boyliklar Rusiyaga tashib ketildi. Mustamlakachilik o`lkada yerli xalqlarning ma’naviy qadriyatlariga - tili, dini, milliy urf-odatlariga tajovuz qildi. Voqelikning dahshatlarga voqealarga to`la manzarasi o`sha davr tarihiy-badiiy asarlarida, hususan, Xiva bosqinini o`z ko`zi bilan ko`rgan Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy” kitobida ham aniq, ravshan tasvirlanadi.
Darhaqiqat, Rossiya imperiyasi Turon elining erki, insoniy huquqlarini poymol qilib moddiy boyliklarini tortib olish bilan ham chekinmay, o`lkamizning ma’naviy mulkini ham talon-taroj etib, ularni parokanda holiga keltirdi. Xivaning asoratga tushishi 1873 yilga to`g`ri keladi. U paytlarda Xiva xoni Muhammad Rahimxon soniy Feruz Arkda kitoblar saqlaydigan mahsus xonalar ajratgan edi. “Shajarai Xorazmshohiy”da keltirilishicha, “Kaufmon kelib, Arkka kirib, tahti Xorazmshohiyda o`lturgandan” keyin Xorazm hazinasidan juda katta boylik Peterburgga jo`natiladi, qimmatbaho narsalar bilan birgalikda, xon alohida saqlaydigan 300 jilddan ortiq nodir qo`lyozma kitob ham Peterburgga yuborganlik voqeasidan Bayoniy juda qattiq achinadi. Kitobda bu voqeani yurakdan norozi va ichki taassuf bilan shunday yozadi: “Yana bir uyda uch yuz mujallad yozma muzayyan kitoblar bor erdi va choroynavu sovutlar va dubulg`alar. . . va o`q-yoylarning hammasiki mutasarruf boqildi, chun hammasi murossa’ va mujahar va bahodor nimarsalar erdi, Peterburgg`a yuborildi”.
Rus chorizmi Markaziy Osiyoda dahshatli mustamlakachilik siyosatini olib bordiki, bu siyosatning bosh maqsadi va yo`nalishini Davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V.Krivoshein shunday ta’kidlaydi: “Bu markaziy masalada uch ko`rinish mavjud. Agar birinchisida yarqirab turgan yozuv “Paxta” bo`lsa, ikkinchisida “Sug`orish” va nihoyat, uchinchisida uncha ko`zga tashlanib turmagan bo`lsa ham, aslida hammasidan muhimi - “ruslarni ko`chirib keltirib o`rnashtirish” yozuvi turibdi”.
Maqsad amalga deyarli oshdi. Turkiston pahta bazasiga aylantirildi, etishtirilgan pahtalar rus, arman, yahudiy zavodchi boylarining qo`liga o`tdi, pahtachilik rivoji chor hokimiyati hazinasini boyitdi. Ruslashtirish masalasi ham “oliy maqomda” hal bo`ldi. Rusiyadan yuz minglab mujiklar keltirilib, hududlarga o`rnashtirdilar va bir zumda rus shahar va qishloqlari paydo bo`ldi. Jumladan, Petro-Aleksandrovsk (To`rtko`l), Skobelev (Farg`ona), Chernyaevka (Avliyoota) kabi shaharlar shu tariqa vujudga keldi. Bunday mahalliy aholini ruslashtirish islomni izdan chiqishi uchun yahshi vosita bo`la olar edi. Chor ma’murlarining pinxona maqsadi ham shu edi.
Buyuk millatparvar shoir Abdulhamid Cho`lpon shunday yozgan edi:
Kulgan boshqalardir,
Yig`lagan menman,
O`ynagan boshqalar, ingragan menman
Erk ertaklarini eshitgan boshqa,
Qullik qo`shig`ini tinglagan menman. . .
Erkin boshqalardir, qamalgan menman,
Hayvon qatorida sanalgan menman.
Bu satrlar milliy, mahalliy va ma’naviy zulmlarning og`rig`idan chiqqan ingroq sado edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |