Pivo barlari - maxsus joylarda pivo quyib sotiladi yoki - shishalarda beriladi. Quyib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki bevosita maxsus avtomatlar orqali quyib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar bo’lishi tavsiya qilinadi. Pivo barlari pivo sotish bilan birga issiq va sovuq gazaklarni xam taklif etadi, xattoki pivoga mos keladigan xar xil tuzlangan taomlar, quritilgan baliq va boshqalar beriladi.
Vino barlari - mehmonxonalar, restoran va kafelar qoshida faoliyat ko‘rsatib, asosan do’stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suxbatlar qurishi uchun yaxshi joy sifatida mashhurdir.
Gril - barlar - savdo markazlarida, dam olish va odamlar gavjum ovqatlanish joylarida joylashgan bo‘ladi. Gril – barlarda mijozlar tansiq va noyob taomlarni buyurtma qilishlari mumkin. Bunday barlarda eng ko‘p tarkalgan taomlardan qovurilgan baliq, jo’ja, kabob va boshqalar taklif qilinadi. Gril - barlarda taom mijozning ko’z oldida tayyorlanadi va sotuvchining o‘zi xizmat ko’rsatadi.
Kafe - mijozlar ovqatlanishi va dam olishini ta’minlaydi. Kafelar firma va buyurtma taomlarini tayyorlash, mijozlarga yetkazib berishdek vazifani bajaradi. Taomlarning assortimenti cheklangan bo‘lib, tayyorlanishi uncha murakkab bo‘lmaydi. Kafelarda diskoteka xizmati mavjud bo‘lib, unda to’ylar, yubileylar, oilaviy tushliklar, yangi taom va maxsulotlar ko‘rgazmasi xam o‘tkaziladi. Kafelar maxsulot assortimenti va mijozlar tarkibiga qarab ikki guruxga bo‘linadi:
• assortimenti bo‘yicha maxsulotlarni sotish-muzqaymoq kafesi, kandolatlar kafesi, sut maxsulotlari kafesi:
• iste’molchilar tarkibi bo’yicha - yoshlar kafesi, bolalar kafesi;
• xizmat ko‘rsatish usuli bo’yicha – o’z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, ofitsiantlar yordamida xizmat ko‘rsatish.
Muzqaymoq kafesi dam olish uchun eng gavjum joy xisoblanadi. Hamma oilalar restoran yoki barlarga boravermaydi, chunki joylar yosh jixatidan kattalarga mo‘ljallangan va narxi xam qimmat bo‘ladi.
Muzqaymoq kafelari esa xammabop, butun oila a’zolari bilan kelib dam olish imkonini beruvchi joy xisoblanadi. Muzqaymoq tayyorlash jarayoni xam o’ziga xos, ishlatiladigan idish-tovoqlar zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. Muzqaymoq kafesi uchun uncha katta maydon talab qilinmaydi va mijozlar uchun past xaroratli vitrinada muzqaymoq assortimenti namunalari qo’yiladi. Bundan tashqari muzqaymoq kafesida tashrif buyuruvchilarga xar xil pishiriq va qandolat maxsulotlari, issiq xamda sovuq ichimliklar taklif qilinadi.
Kafeteriylar yirik oziq-ovqat yoki noozik ovqat magazinlarida tashkil etiladi. Kafeteriylarda issiq ichimliklar, sut - qatiq maxsulotlari, qandolat maxsulotlari tayyorlanishi va sotilishi mumkin. Lekin alkogol ichimliklarni ta’qiqlanadi .
Oshxona - tegishli mijozlar talabini qondiradigan, oziq ovqatlar iste’mol qilinadigan ovqatlantirish maskani bo‘lib, u yerda xaftaning kunlari bo‘yicha taomnoma tuziladi, taomlar tayyorlanadi va mijozlarga taqdim etiladi. Ovqatlantirish korxonalari orasida oshxonalar eng keng tarqalgan ovqatlantirish joyi xisoblanib, asosiy faoliyati o‘z maxsulotidan aholi uchun taomlar tayyorlash, mijozlar talablarini qondirish, nonushta, tushlik, kechki taomlar yoki ularning bir qismini tayyorlashdir. Oshxonalardan uyga xam taom olib ketish mumkin. Oldindan buyurtmalar qabul qilinadi, shuningdek taom maxsulotlari, yarim tayyor maxsulotlar sotiladi.
Oshxonalar - bir-birlaridan quyidagicha farqlanadi:
• maxsulotlari assortimenti bo’yicha: umumiy va parxez taomlar oshxonalari;
• Xizmat ko’rsatiladigan mijozlar: maktab bolalari, talabalar va kattalar:
• manzili bo‘yicha: xamma uchun, OTM va korxona, muassasa xodimlari uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |