Mavzu: O'tkir Hoshimov. “Bahor qaytmaydi”asari
Darsning maqsadi:
1.Ilmiy maqsadi: O’quvchilarda “Bahor qaytmaydi” asari to’grisida bilim va ko’nikmalar hosil qilish;
2.Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni o’z fikrini boshqalarga to’laqonli yetkaza bilish ruhida tarbiyalash;.
3.Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda qo’shimcha manbalar ustida ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
4.Motivatsion maqsadi: o’quvchilarda dars mashg’ulotlariga ichki qiziqishlarini orttirish.
Kutilayotgan natijalar:1.Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalarini izohlay oladi.
2.Mavzu bo`yicha BMKlarini shakllantira oladi.
3Asarlarini tahlil qila oladi.
Dars turi: Amaliy-nazariy
Dars usuli: Savol-javob, bahs-munozara, ma’ruza
Dars jihozlari: “Dunyoning ishlari” , “Bahor qaytmaydi” asarlari, qo’shimcha adabiyotlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomatni jurnal orqali aniqlash. 5 daqiqa
II. Ma’naviy daqiqa: “Sog`ngan mehrobim,to`rimsan, Vatan!” mavzusida suhbat 5 daqiqa
III.O’tilgan mavzuning o’zlashtirilganligini nazorat qilish: 15 daqiqa
O’tkir Hoshimovning hayot yo’li haqida so’zlab bering ?
O’tkir Hoshimovning ijod yo’li qachondan va qanday asarlar yozish bilan boshlandi?
O’tkir Hoshimovning ilk to’plami qanday nom bilan, qachon bosilib chiqqan?
O’tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” qissasida qanday voqealar tahlil qilinadi?
O’tkir Hoshimovning qaysi asariga Abdulla Qahhor yuqori baho bergan edi?
IV. O’tilgan mavzuni mustahkamlab, yangi mavzu bilan bog’lash. 5 daqiqa
V.Yangi mavzu 20 daqiqa
Mavzu: O'tkir Hoshimov. “Bahor qaytmaydi”asari
R E J A :
O'tkir Hoshimov- mohir prozaik.
«Dunyoning ishlari»asari haqida.
«Bahor qaytmaydi» asari haqida.
VI. Yangi mavzuni mustahkamlash: 15 daqiqa
Savol- javoblar
? Nazorat savollari:
O’. Hoshimov qachon va qanday oilada tug’ilgan?
O’tkirning bolalik chog’lari qanday o’tgan?
O’. Hoshimovning qanday asarlari bor?
“Bahor qaytmaydi”asari nima haqida?
“Bahor qaytmaydi” asarining bosh qahramionlariga ta’rif bering.
Tayanch tushunchalar bilan ishlash
$ Tayanch tushunchalar:
Roman – hajmi katta, sertarmoq syujetga ega bo’lgan asar
“Bahor qaytmaydi” – O’.Hoshimov qissasi
Hikoya – kimsa, narsa va u bilan bog’liq voqea-hodisalarning bayoni
Qissa – romandan kichik, hikoyadan katta badiiy asar.
“Ikki eshik orasi”ni o’qish
VII. Baholash va rag’batlantirish: 5 daqiqa
VIII.Uyga vazifa: Asarni o`qib, mazmnini tahlil qilish 5 daqiqa
IX. Mustaqil ish uchun: Testlar ustida ishlash.
X. Adabiyotlar: 1. A.Rafiyev, N.G’ulomova. Ona tili va adabiyot. T., “Sharq”, 2011-2013.
2. B.To’xliyev Adabiyot T., “O’qituvchi” 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |