Mavzu: O`tkir Hoshimov hayoti va ijodi To’garak mashg’uloti



Download 1,41 Mb.
bet5/11
Sana26.04.2022
Hajmi1,41 Mb.
#583510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu otkir

Audiodan: Diqqat qiling, Qancha ko`p tilni bilsangiz , shuncha yaxshi. Biroq inson ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida tush ko`radi, ona tilida yig`laydi.O`limi oldidan onasini ona tilida yo`qlaydi.
Hayotdagi illatlarga qarshi ayovsiz o’t ochish istagi O’tkir Hoshimovni “Ikki eshik orasi” romanidan keyin tadrijiy ravishda hajviyotga murojaat qilishga olib keldi. Oqibatda uning “Ikki karra ikki - besh” qissasi maydonga keldi. Yozuvchining ilgarigi asarlarida ahyon-ahyonda hajviyot uchrab turar edi. “Ikki karra ikki - besh” qissasi esa, ulardan butunicha hajviy uslubda yozilganligi bilan farq qiladi. Hajviyot tig’ini hayotdagi martabali kishilarga, katta rahbarlarga, xususan, raislarga qaratgani va ularning ma’naviy tubanligini ro’yi-rost fosh qilishga intilgani bilan yozuvchi qissaning ko’p sahifalari ta’sirchan va qiziqarli bo’lib chiqishiga erishgan. Faqat dalillash san’atining etishmaganligi va ayniqsa, raisning o’g’li o’z otasiga qarshi keskin kurashga kirishishi yaxshi asoslanmaganligi sababli qissa 80-yillar o’zbek hajviyotidagi sezilarli hodisa darajasiga ko’tarilmay qoldi.
Yuqorida tilga olingan so’nggi ikki asarida O’tkir Hoshimovning inson ma’naviy olamini, psixologiyasini teran tahlil qilish mahorati ancha oshganligi aniq-ravshan sezilib turadi. Bunda yozuvchi turli-tuman vositalar qatorida qahramonlarning dil izhorlaridan, ichki monologlaridan unumli foydalangan. Ichki monologlar qo’llashda yuqoridagi asarlarda boshlangan usuldan yozuvchi “Tushda kechgan umrlar” romanida yanada ustalik bilan foydalandi. “Tushda kechgan umrlar” romanida voqealar qamrovi juda keng: 30-yillarning mash’um “qatag’on” qilish manzaralari, 80-yillarda Afg’oniston urushi lavhalari, shu yillarda sodir bo’lgan “o’zbek ishi” mojarolari. Bu uchta yirik, juda katta hajmli voqealarni bir-biri bilan bog’lashda, ular orasiga “biriktirish nuqtasini” topishda muallif ichki monologdan unumli foydalanadi.
Yozuvchi endilikda badiiy asar yaratishda publisistika bajarishi lozim bo’lgan vazifani sekin-asta o’z zimmasidan soqit qilmoqda. U kundalik dolzarb masalalar tahlilini publisistikaga berib, e’tiborini o’zining azaliy ishi – inson qalbi jumboqlari tadqiqiga astoydil qaratmoqda.
Romandagi Rustam, Shahnoza kabi qahramonlar ruhiy olamining talqini xuddi shunday xulosa chiqarishga imkon beradi. Faqat roman kompozisiyasining nomukammalligi uning adabiyotda juda katta hodisa darajasiga ko’tarilishiga halaqit bergandek tuyuladi. Kompozisiyadagi tarqoqlik, ayniqsa, Rossiyadan yuborilgan kishilar hayotiga, faoliyatiga bog’liq voqealarning, tafsilotlarning asosiy syujet chiziqlariga uzviy bog’lab yuborilmaganida yaqqol seziladi.
Shunga qaramay, yozuvchining so’nggi asarlari O’tkir Hoshimovning hozirgi o’zbek nasridagi sermahsul ijodkorlardan biri darajasiga ko’tarilganligidan guvohlik beradi.
.
$ Tayanch tushunchalar:

  • Cho’l havosi”- adibning ilk qissasi

  • Po’lat chavondoz” – birinchi kitobi

  • Ocherk – hayotiy faktlarning qisqacha tasviri

  • pyesadramatik asar turi



  1. O’tkir Hoshimovning hayot yo’li haqida so’zlab bering ?

  2. O’tkir Hoshimovning ijod yo’li qachondan va qanday asarlar yozish bilan boshlandi?

  3. O’tkir Hoshimovning ilk to’plami qanday nom bilan, qachon bosilib chiqqan?

  4. O’tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” qissasida qanday voqealar tahlil qilinadi?

  5. O’tkir Hoshimovning qaysi asariga Abdulla Qahhor yuqori baho bergan edi?

  6. Said Ahmad aytganidek, «...dostondek o'qiladi. Uni o'qib o'z onalarimizni o'ylab ketamiz...»deb qaysi asarga baho bergan edi



Mavzu yuzasidan test topshiriqlari


  1. Download 1,41 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish