Mavzu: O'tkir Hoshimov. “Bahor qaytmaydi”asari
REJA:
O'tkir Hoshimov- mohir prozaik.
«Dunyoning ishlari»asari haqida.
«Bahor qaytmaydi» asari haqida.
Dastlabki kitobi esa yozuvchining talabalik yillariga to'g'ri keladi Hozirda adibning «Urushning so'nggi qurboni», «Muhabbat» kabi ko'plab hikoyalari, «Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» nomli romanlari, «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «Ikki karra ikki besh», «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari» nomli qissalari respublikamiz va xorijda sevib o'qilmoqda. «Qatag'on», «Inson sadoqati», «To'ylar muborak» dramalari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan. O'tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» asari har biri o'ziga mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi «Gilam paypoq», «Oq-oydin kechalar», «Tush», «Alla», «Oltin baldoq», «O'ris bolaning oyisi», «Iltijo» kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularda o'g'li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, sharqona axloq-odob qoidalarini o'zida mujassam etgan Ona madh etiladi. Bu qissa, oqsoqol adibimiz, O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek, «...dostondek o'qiladi. Uni o'qib o'z onalarimizni o'ylab ketamiz...»
Qissadagi «Gilam paypoq» hikoyasida ona qattiq shamollab qolgan o'g'ilchasini shosha-pisha «Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam o'lib qoladi!» degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uyiga yuguradi. Bola darddan biroz yengil tortgach, o'z sog'lig'ini xavf ostiga qo'ygani — oyog'ini sovuqqa oldirgani ma'lum bo'ladi.
«Alla» deb nomlangan bobda yozuvchi bu ezgu qo'shiqni ilohiy kuchga ega bo'lgan, ko'ngilni eritadigan ohang sifatida ta'riflaydi.
Qissaning «Iltijo» deb nomlangan bobida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to'lab bo'lmas qarz ekani nihoyatda ta'sirchan ifodalanadi.
«Qarz» hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniy fazilati qalamga olingan. Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo'shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi. O'tgan yili ularga tufli olib bergan bo'lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko'ylak sovg'a qiladi. O'g'illariga esa «qarz oluvdim, qarzimni uzyapman» deb bahona qiladi.
«Dunyoning ishlari» asarini o’qiganda qalbimizni ikki xil iliq his chulg’aydi- u ham bo’lsa o’z onamizga va umuman onalarga bo’lgan mehr hissi. Adibning o’zi e’tirof etganidek, asar uning o’z onasi haqida emas, “…umuman, o’zbek ayoli haqida, umuman, onalar to’g’risida”.
“Bahor qaytmaydi” (1970) qissasida yozuvchi iste’dodli, biroq uning qadriga etmagan, ulug’ maqsadlardan mahrum xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil etib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |