tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi
lozim, u o‘zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati
tarbiyalasin.»
1
Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari
katta mas‟uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko
pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo„lgan ilg‟or nazariya va amaliyotni
atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani
yaratildi va u barcha pedagogika oliy o„quv yurtlarida o„qitila boshlandi. Bu
fanning tuzilish printsipining o„ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va
jamoaga ta‟sir eta olishni ta‟minlaydigan va turli fanlarga bog‟liq bo„lgan
bilimlarni tanlab, ularni o„zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan
1
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновастион технологиялар. Тошкент,
2008. -181 б. 146-бет.
dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o„quvchiga ta‟sir etish vositalari va
usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr
pedagogikasi va notiqlik san‟ati haqidagi ma‟lumotlar ham kiritilgan. Bu
fanni o„rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik
fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.
Pedagogik mahorat - bu o„quv jarayonining barcha shakllarini eng
qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari
tomon yo„naltirish, talabalarda (o„quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni
shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo„lgan faoliyatga moyillik
uyg‟otishdir.
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan
iborat bo„ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo„nalishiga ega bo„lishi, uning
qiziqishlari, qadriyat yo„nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol
avlod tarbiyalashga yo„naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o„qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan
mukammal bilimga ega bo„lish;
- pedagogik qobiliyatga ega bo„lish (muloqotga moyillik, ishchanlik,
kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik
bilan anglash (yuzidan uqib olish);
- pedagogik texnikani egallash, ya‟ni o„z-o„zini boshqara olish, o„zaro
ta‟sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
Pedagogik mahorat o„z ichiga bolalar haqidagi, ularning psixologiyasi
to„g‟risidagi, maktab haqidagi, ta‟lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va
uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar
umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o„qituvchi, tarbiyachi bu
madaniyatni egallamasa, hech vaqt o„z ishining chinakam ustasi bo„la
olmaydi, yomon, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan
nariga o„tmaydi.
Biroq, zamonaviy o„qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o„zi
kifoya qilmaydi, maxsus bilimlar va malakalar - bolalarni kuzatish, ularning
o„sishidagi muhim narsalarni aniqlay olish, ularni rivojlantirish yo„llari va
usullarini aniqlash, turli o„zaro ta‟sirini chuqur tahlil qilish, pedagogik
izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur
bo„ladi.
Pedagogik faoliyatning o„ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo„ladi.
1.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o„zining alohida
xususiyatlari, ro„y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o„zicha baho
beradigan,
takrorlanmaydigan
faol
mavjudotdir.
Psixologiyada
ta‟kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o„z
maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo„lgan ishtirokchisi hamdir.
2.
Pedagog doimo o„sib-o„zgarib boradigan inson bilan ishlaydi.
Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan
foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni
talab qiladi.
3.
O„quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa
fan o„qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta‟sir etadi.
Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o„zida jamiki ta‟sirlarga va
o„quvchilarning o„zida paydo bo„lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni
nazarda tutadi.
Pedagogik maqsadning o„ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:
1.
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi,
ya‟ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‟liqdir.
Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga
yo„naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-
ketligi)ni ta‟minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o„tkazadi,
ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro„yobga
chiqaradi.
2.
Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan
bog‟liq. Bunda pedagogik maqsad o„quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir.
Pedagog o„z faoliyati maqsadini va unga erishish yo„llarini aniq tasavvur
qilishi va bu maqsadga erishish o„quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini
ularga anglata olishi zarur. Gyote ta‟kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana
shunda so„z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o„z-o„zidan
kelaveradi»
2
.
3.
Pedagogik (ta‟lim-tarbiya) jarayonda o„quvchi faoliyatini
boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo
o„quvchi kelajagi tomon yo„naltirilgan bo„ladi. Buni anglagan holda, mohir
pedagoglar o„z faoliyatini mantiqan o„quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda
loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan
iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o„ziga xosligi
o„qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to„la anglab, o„z shaxsiga qabul
qilishi. Jamiyat maqsadlarini «o„sib» uning pedagogik nuqtai nazariga
aylanishi;
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
- o„quvchilar qiziqishlarini e‟tiborga olish, ularni pedagogik
faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish;
O„quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta‟sir ko„rsata oladigan
kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o„zining
axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur.
O„quvchilarni mehnat, muloqot, o„yin, o„qish kabi faoliyat turlarida
ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir
pedagog o„zining individual pedagogik tizimiga ega bo„lishi kerak.
2
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновастион технологиялар. Тошкент,
2008. -181 б.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo
ta‟lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki
aynan metodlar yordamida pedagog o„z o„quvchilarini turli o„quv faoliyatiga
jalb qiladi. Shu bilan birga o„quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda
o„qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa
sabablar ham ta‟sir etadi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi
uning shaxsi, xarakteri, o„quvchilar bilan muomalasiga ham ko„p jihatdan
bog‟liq bo„ladi. Odatda bularning ta‟lim-tarbiya jarayoniga ta‟siri
ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-harakati
o„quvchilarga qanday ta‟sir ko„rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga
kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham
pedagogik mahoratni o„qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni
o„qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo„lishi
bilan bog‟liq bo„lishini unutmaslik lozim.
Shunday qilib, pedagog-muallim o„z mahoratiga quyidagi bosqichlarda
erishishi mumkin:
1. Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o„rganish.
2. Maxsus fanlar, ularni o„qitish metodikasini chuqur bilish.
3. Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o„tkazish.
4. O„z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy
munosabatda bo„lish.
5. O„z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o„qib borish.
O„qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e‟tiboran davom
etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e‟tiborga
loyiq e‟zozlab kelingan kasbdir.
“…O„qituvchi, – deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa
ega bo„lishi va o„quvchilarga aytmoqchi bo„lgan fikrlarini to„la va aniq
ifodalay olishni bilmog‟i zarur.” U o„z fikrini davom ettirib: “O„qituvchi va
rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o„xshaydi, shu sababli
o„qituvchi eshitgan va ko„rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga,
chiroyli nutqqa ega bo„lishi, o„quvchilarga aytmoqchi bo„lgan fikrlarini to„la
va aniq ifodalab berishni bilmog‟i lozim. Shu bilan birga o„z or-nomusini
qadrlashi, adolatli bo„lmog‟i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak
darajasiga ega bo„ladi va baxt cho„qqisiga erishadi”
3
,- deb ta‟kidlaydi.
Abu Ali ibn Sinoning fikricha “…O„qituvchi matonatli, sof vijdonli,
rostgo„y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan
odam bo„lmog‟i lozim. O„qituvchi o„quvchining butun ichki va tashqi
dunyosini o„rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‟i lozim”
4
.
Nosiriddin Tusiy o„zining “O„qituvchilarni tarbiyalash to„g‟risida”
degan asarida shunday deydi: “…O„qituvchi munozaralarni olib borishni, rad
etib bo„lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o„z fikrlarining
to„g‟riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy
ifodalanadigan bo„lishi lozim… O„qituvchi nutqi hech qachon va hech
qayerda zaharxandali, qo„pol yoki qattiq bo„lishi mumkin emas. Dars paytida
o„qituvchining o„zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin…”
5
Qoshg‟ariy: “…Men a‟zolar kasalligini davolashdan oldin
odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o„qituvchilik
yo„li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a‟zolar
kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar xalok bo„lsalar, nodonlik,
bilimsizlik tufayli o„n ming va yuz minglarcha odamlar xalok bo„ladilar…”.
Ulug‟ shoirimiz Alisher Navoiy ham o„qituvchi mehnatini xolisona
baholab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq
qilsa arziydi”, “Haq yo„lida kim senga bir harf o„rgatmish ranj ila” kabi
satrlar bitgan.
3
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент: Халқ мероси, 1999. – 224 б.
4
Абу Али ибн Сино. Зийнат. Тошкент: Шарқ , 1992.
5
Ўрта Осиёда педагогик фикр тараққиётидан лавҳалар. (Тузувчи-муаллифлар: А.Зуннунов (раҳбар),
М.Ҳайруллаев, Н.Хотамов, Д.Шодиев). Тошкент: Фан, 1997. – 352 б.
Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalarimiz yaratgan bir
necha qimmatli asarlarsiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha
asrlar ilgari yaratilgan bo„lsada, o„z qimmatini yo„qotmagan.
O„qituvchining o„rni va uning vazifalari o„sib kelayotgan yosh avlodni
tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e‟tibor qaratilishining
naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.
Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq
etish jarayonida o„qituvchining yosh avlodga ta‟lim va tarbiya berishda
jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Zamonaviy maktab o„qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O„qituvchi –
sinfdagi o„quv jarayoni tashkilotchisidir. O„qituvchi o„quvchilar uchun dars
payti, qo„shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari paytlarda ham
kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko„pchilik
o„qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari
bo„lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o„qituvchi ijtimoiy psixolog bo„lmasligi mumkin emas.
Shuning uchun ham u o„quvchilar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni yo„lga
sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan
foydalanishni bilishi zarur.
Ma‟lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab
sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo„yiladigan talablaridan eng muhimi
o„qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‟liq xislatlarga qaratilgan.
O„qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilar:
-o„qituvchining o„z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni
insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o„z yurti, ona tili, o„z xalqining tarixi
va uning madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g‟oyasida yashashidan
iboratdir;
-ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;
-olijanobligi, aql-farosatli, ma‟naviy pok – ma‟naviyat va ma‟rifat
bo„yicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi
bo„yicha bolalarga singdirib borishi;
- o„zini qo„lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o„qituvchilik kasbiga qo„yadigan asosiy talablari
kuyidagichadir:
- shaxsni ma‟naviy va ma‟rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy
uyg‟onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini
bilishi, bolalarni mustaqillik g‟oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi,
o„z Vatani, tabiatga va oilasiga bo„lgan muhabbati;
- keng bilim saviyasiga ega bo„lishi, turli bilimlardan xabardor
bo„lishi;
- yosh pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika,
yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega
bo„lishi;
- o„zi dars beradigan fan bo„yicha mustahkam bilimga ega bo„lib, o„z
kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan
xabardor bo„lishi;
-
ta‟lim va tarbiya metodikasini egallashi;
-
o„z ishiga ijodiy yondashishi;
-
bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
- pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta‟limning ifodali vositalari)
va pedagogik taktga ega bo„lishi;
- o„qituvchining o„z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda
oshirib borishi.
Har bir o„qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan
bo„lishiga intilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |