Мавзу. Онтология, гносеология ва оиг фалсафаси



Download 140,5 Kb.
bet7/12
Sana31.12.2021
Hajmi140,5 Kb.
#199876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-мавзу falsafa

- obyektiv olam bizning sezgi va tasavvurlarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda undan tashqari mavjud, obyektiv olam – inson sezgi va tasavvurlari manbai;

- inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish mumkin. Inson sezgi, tasavvur va tushunchalarida o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan olam mazmunini inhikos ettiradi.

Demak, tashqi olam, undagi hamma narsa va hodisalar sezgilarga tahsir etishi bilan sezgi obrazlari hosil qiladi. Sezgi tasavvur va tushunchalarda ob’yektiv olamning subyektiv in’ikosi hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham bilish nazariyasi in’ikos nazariyasi deb ataladi. Bilish nazariyasi predmet bilan obraz va obyekt bilan subyekt orasidagi munosabatlarini to‘g‘ri hal qilishni talab qiladi. Chunki bilish jarayonida obyekt bilan subyekt dialektikasi muhim o‘ringa ega. U sub’yekt, ya’ni inson bilan bog‘liq jarayondir. Insonsiz bilish jarayoni bo‘lishi mumkin emas. Sub’yektning ilmiy bilishdagi roli shundan iboratki, u ob’yektiv mavjud bo‘lgan qonuniy bog‘lanishlarni ochib beradi. Ob’yektga nisbatan ham amaliy, ham nazariy jihatdan yondoshadi.

Masalan, nemis fiziologi Gelmgolning ilgari surgan simvollari nazariyasiga muvofiq, inson avvalo o‘z sezgirlarida tashqi olamni yaratadi. O‘z sezgilarini narsa, hodisaga aylantiradi, keyin esa uni bilishga intiladi. U buyum obrazini buyumning o‘zi bilan tenglashtiradi. Sezgi ob’yektiv olam obrazi bo‘lmay, olamning o‘zi bo‘lib qoladi. Demak ushbu simvollar nazariyasiga ko‘ra narsa bilan narsaning tasavvuri orasida farq yo‘q. O‘z vaqtida Ibn Sino empirik tabiatshunos sifatida Pifagor, Platon, o‘rta asrdagi sxolast G‘azzoliy kabilarni fikrlariga zarba berib mistik son yoki geometrik figuralari yo‘q: son, geometrik figuralar konkret predmetsiz bo‘lmaydi, degan xulosaga keladi. Sezgi mazmuni predmetlar xossalari bilan hech qanday umumiylikka ega bo‘lmagan belgilar, simvollar bilan almashtirish noto‘g‘ri.

Sezgi obrazi moddiy dunyo narsa va hodisalarining inson sezgi a’zolarida aks etishi natijasida yuzaga kelgan. Demak sezgi va tushunchada narsaning o‘zi emas, narsaga nisbatan ikkilangan ko‘rinishi hosil bo‘ladi.

Obraz sezgi va tushunchadan tashqarida mavjud bo‘lish mumkin emasligi sababli u ideal narsadir, u inson, sub’yekt ongida vujudga keladi. Lekin sezgi ob’yektiv mazmunga ega. U moddiy dunyoning qayta ishlangan mazmunini gavdalantiradi. Shunga ko‘ra ob’yektivdir.

Obraz sub’yektda uning sezgi va tafakkurida hosil bo‘ladi. Demak, obraz sub’yekt bilan ob’yekt o‘rtasidagi birlikni ko‘rsatadi. Sezgi, tasavvur, tushuncha shakliy jihatdan sub’yektivdir, lekin mazmunga ko‘ra ob’yektivdir. Chunki sezgida real dunyo in’ikos etadi. Demak sezgi – ob’yektiv olamning sub’yektiv obrazidir.

Sezish – umuman inson bilimi taraqqiyotiga nisbatan birinchi bosqichdir. Insoniyatning dastlabki bilimlari, tushunchalari dastavval sezgi a’zolari orqali olingan dalillar asosida yuzaga keladi. Sezish inson miyasining tashqi olam bilan dastlabki va bevosita bog‘lanishdir. Sezgi obrazi sodir bo‘lishi uchun uni hosil qiluvchi narsa yoki hodisa obyekti mavjud bo‘lmog‘i lozim. Olamdagi narsa va hodisalar haqida sezgi obrazlari, tasavvurlar bilish jarayonining ma’lum bosqichidagina shakllanadi. Sezgi ob’yektiv olamning sub’yektiv obrazi deyish bilan birga shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu obraz ko‘chirma qotib qolgan, o‘lik narsa emas, balki bilish jarayonida o‘zgarib boradi. Bilishning ziddiyatli jarayon ekanligini bilimlarimizning to‘laroq, chuqurroq bilishi uchun dalil va ma’lumotlarning yangisiga to‘g‘ri kelmay qolishida ko‘rishimiz mumkin. Ziddiyatli munosabat hal qilinishi bilan bilish jarayoni rivojlanib boradi. Bizning ongimiz esa bu taraqqiyotini o‘zida aks ettirish bilan birga hodisalarning yuzaki xususiyatlarini bilishdan mohiyatini bilishga tomon boruvchi tarixiy jarayon ekanligini ko‘rsatadi.

Bilish jarayonida amaliyot muhim rol o‘ynaydi. Amaliyot ko‘p qirrali va sermazmun tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga inson faoliyatining barcha shakllarini qamrab oladi. Amaliyotning asosini mehnat, moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bundan tashqari, siyosiy kurash, milliy ozodlik harakati, amaliyot insonning o‘ziga xos faoliyati bo‘lib, faqat ulargagina tegishlidir. Amaliyot insonlarning tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo‘lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot tarixiy taraqqiyot sub’yekti hisoblangan insonning, uning uchun ob’yekt hisoblangan moddiy olam bilan bog‘lanishdir. Bunday aloqadorlik jarayonida sub’yekt faol rol o‘ynaydi. Amaliy ta’sir faqat ob’yektini emas, balki sub’yektning o‘zini ham o‘zgartiradi. Amaliyot sub’yekti alohida insonlar, ijtimoiy guruhlar; sinflar, butun jamiyat ham bo‘lishi mumkin. Qachonki, bunday sub’yekt sifatida inson bilar ekan, amaliyot alohida faoliyat tusini oladi va u bilan bog‘langan bo‘ladi. Chunonchi, har bir inson shu jamiyat a’zosi bo‘lar ekan, o‘zining harakatlari bilan alohida jamiyat a’zosi bo‘lib maydonga keladi. Shuning uchun ham alohida odam ijtimoiy amaliyotining bir bo‘lagi bo‘lib hisoblanadi.

Amaliyot hamma vaqt ijtimoiy faoliyat bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘lib qoladi: Birinchidan, amaliyot bilishning boshlang‘ich nuqtasi va asosidir. Eng avvalo e’tiboriga olish kerakki bilishning o‘zi amaliyot asosida va ayniqsa moddiy ishlab chiqarish ta’siri ostida vujudga kelgan. Masalan, mexanik harakat issiqlikka aylanadi, ya’ni ishqalanish natijasida o‘t hosil bo‘lgan, bu juda qadimiy kashfiyot. Ko‘p yillardan keyin esa odamlar issiqlikdan mexanik harakat vujudga keltirish imkoniyatiga amaliyot asosida ega bo‘ladi. Odamlarning amaliy ehtiyoji tabiat ilmining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, astronomiya fani masalani bilish ehtiyoji natijasida kelib chiqdi. Demak har bir fan inson amaliy ehtiyoji natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari amaliyot bilish oldiga ma’lum vazifalarni hal qilish uchun yordam beradi, jumladan u ilmiy bilishning asbob-uskunalari bilan qurollantirishni ta’minlaydi: Ikkinchidan, amaliyot bilishning maqsadi hamdir. Inson bilish natijalaridan o‘zining amaliyot faoliyatidan foydalanish uchun ham atrof tevarakdagi dunyoni bilib boradi. Uning taraqqiyot qonunlarini ochadi. Amaliyot jarayoni bo‘lib, bunda munozarali masalalar, nazariy muammolar hal qilinadi. Tabiat va jamiyat qonunlari to‘g‘risidagi bilimlar ham amaliyot jarayonida tekshiriladi.

Olam va uning qonunlarini bilish murakkabdir. Bilishning vazifasi olam hodisalarini oddiy kuzatib qolmasdan ularning mohiyatini tabiat va jamiyat taraqqiyotining qonunlarini ochish va ularning inson o‘z manfaati uchun foydalanishdan iboratdir.



3. Tashqi olamning inson miyasida in’ikos qilishi murakkab dialektik jarayondir. Bilish jarayonida narsani, hodisani to‘la va mukammal aks ettirish uchun ma’lum bir yo‘l bosib o‘tadi. Farobiy o‘zining “Ilm va san’atning fazilatlari” risolasidan tabiatni bilishning cheksizligini, bilish- bilmaslikdan bilishga, sababini bilishdan oqibatini bilishga, hadisdan mohiyatga qarab borishini ta’kidlaydi. Bilish ikki bosqichdan: jonli mushohada (sezish) va mavhum taffakkurdan iboratdir.

Bilishning boshlang‘ich bosqichi jonli mushohada, ya’ni ob’yektiv dunyoning buyumlarini bevosita sezgi a’zolari yordamida aks etiradi. Ibn Sinoning fikricha, sezish – bu shunday ta’sirki, u tashqi narsalarning o‘zi bo‘lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazining oynasi bo‘lib, moddiy shakllarning bo‘yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli ularni inson moddiy asossiz in’ikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi. Jonli mushohadaning bilishdagi roli muhimdir, uning yordamida dunyo haqida aniq bilimlar kelib chiqadi. Lekin bu bosqich ma’lum darajada cheklangan. Bu bosqichda narsa va hodisalarning ba’zi bir tomonlari va xususiyatlarinigina bilib olish mumkin. Narsalarning muhim belgilari ularning ichki bog‘lanishlari, mohiyatlari esa bilishning ikkinchi bosqichiga mavhum taffakkur yordamida aks ettirilishi mumkin. Bilishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichga ko‘taradigan narsa amaliyotdir. Mehnat jarayoni, ishlab chiqarish ehtiyojlari predmet va hodisalar asosida yotgan qonuniyatlarni ochishni talab qiladi. Hissiy bilishga, jonli mushohadaga bilishning sezgi, idrok va tasavvur shakllari kiradi.

Tashqi dunyoning bu in’ikos shakllari bir-biri bilan organik aloqada bo‘lib, alohida-alohida uchramaydi. Sezgi tashqi dunyo narsa va hodisalarini bilishning birinchi qadamidir. Sezgini dastlabki bilishning manbai deb hisoblagan Farobiy buyumning aks etishi yoki in’ikosi o‘sha buyumning o‘ziga muvofiq kelsa, sezgi haqiqiy bo‘ladi deydi. Inson miyasida hosil bo‘ladigan tasavvur va fikr tashqi dunyo predmetlarining sezgi orqali ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Biz sezgilarimiz yordamida narsa va hodisalarni bilib olamiz va idrok qilamiz, ularning xossalarini, o‘xshashliklarni, farqlarini egallaymiz. Masalan, ko‘rish bilan predmetning katta-kichikligi, rangi va shaklini, tana sezgisi orqali qattiq-yumshoqligini, eshitish orqali ohang, kuch yoki tempini va boshqa a’zolar vositasi bilan ob’yektiv mavjud. Predmetlarning xilma-xilligini bilamiz. Sezgi idrok uchun asos bo‘ladi. Idrok sezgidan farq qilib predmetning butun obrazini beradi. Bu predmetning turli xossalarini qayta ishlab, ularni birlashtiradi. Demak, idrok deganda turli sezgi a’zolari bergan ma’lumotlar asosida miyada tashqi qo‘zg‘atuvchining bir butun obrazi hosil bo‘lishi tushuniladi va idrok tashqi dunyo predmetining obyektiv to‘g‘ri in’ikosini beradi. Bu in’ikosning to‘g‘ri ekanligini amaliyotda isbotlanadi. Inson o‘zining amaliy faoliyatida o‘zi idrok qilayotgan predmet bilan odamning o‘zida shu predmet to‘g‘risida hosil bo‘lgan sezgi va idrokning o‘xshashligini belgilaydi.

Amaliy faoliyat, fan va texnikaning rivojlanib borishi insonga har xil vositalar, asbob va uskunalar yaratish va hissiy bilish chegarasini kengaytirish imkoniyatini beradi. Demak sezgi, undan keyin idrok ob’yektiv olamning sub’yektiv obrazini hosil qiladi. Tasavvur – mavhum tafakkurga o‘tishdagi oxirgi bosqichdir. U narsa va hodisalarning avvalgi tahsiri natijasida xotiramizda qolgan tasavvurlarning qaytadan esga olinishi bilan bog‘liqdir. Tasavvurdagi yangi obrazlar ilgarigi obrazlar bilan taqqoslash orqali yuzaga kelish mumkin. U mavhum tafakkur uchun asos bo‘ladi.

Idrok qilinayotgan narsa va hodisalar ichki qonuniyatli bog‘lanishlarni ochish uchun mavhum tafakkurga o‘tishi kerak. Mavhum tafakkur esa voqeani chuqur bilishga imkoniyat yaratadi. Hissiy bilish aniq narsalar obrazini hosil qiladi, lekin u hodisalar mohiyatini ochib bera olmaydi. Demak hodisalar mohiyatini bilish uchun ayrim narsalarga emas, ko‘p narsalarga xos bo‘lgan umumiylikni topmoq kerak.

Shunday qilib, hissiy bilish bilan mavhum tafakkur bir butun bilish jarayonining sifat jihatdan turlicha bo‘lgan va ayni vaqtda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bosqichlaridir.

Mavhum tafakkur hissiy bilishdan kelib chiqadi, jonli bilish esa qonuniyat bilan o‘sib, mavhum tafakkurga asos soladi. Mantiqiy bilish –bilishning rivojlanishidagi sifat jihatidan yangi, yuqori pog‘onasidir. Mantiqiy bilishda inson mantiqiy tafakkur yordamida voqealikning rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi.

Bizga ma’lumki, sezgi obrazlari tashqi olamning in’ikosidir, ya’ni tashqi olam sezgimizga qanday ta’sir qilsa shundayligicha aks etiladi. Lekin tafakkur obrazlarida boshqacharoq, unda tashqi olamning ichki mohiyati, aloqa va bog‘lanishlari hamda rivojlanish qonun va qonuniyatlari aks etadi. Tafakkur obrazining uchta asosiy xususiyati bor.



  1. Tafakkur obrazlari mavhumlik xususiyatga ega, ya’ni tafakkur obrazlari hosil bo‘lishi uchun ifoda qilinayotgan tashqi olam bevosita ko‘z oldimizda bo‘lishi shart emas. Tafakkurga xos bo‘lgan ana shu jarayon – abstraktsiya deyiladi.

  2. Tafakkur obrazlari umumlashgan xususiyatga ega. Umumlashtirish esa bizga ta’sir etayotgan narsa yoki hodisaning sifat va xususiyatlaridagi muhim bo‘lmagan ikkinchi darajalilarini chetga surib asosiy tomonlarini taqqoslash va fikran bir-biri bilan bog‘lanishdir.

  3. Tafakkur obrazlari til bilan bog‘langandir. Bilish jarayonida paydo bo‘layotgan har bir tushuncha til orqali ro‘yobga chiqadigan ong omildir.

Mavhum tafakkur shakllari tushuncha, muhokama, xulosadir. Tushuncha tafakkurning alohida shakli bo‘lib, u tashqi dunyo narsa va hodisalarning umumiy, zaruriy tomonlarini aks ettiradi. Tushuncha – aniq narsa va hodisalarning sifati, mohiyati va muayyanligini miyada alohida shaklda aks etishidir. Unda hodisadagi asosiy tomonlari umumlashtiriladi. Masalan, materiya tushunchasi umuman materiyaning belgilaridan qathi nazar, ularning asosiy belgisi – moddiyligi materiya tushunchasida aks ettiriladi. Jumladan, daraxt deganda tol, terak, olma va boshqa daraxtlar turlari va belgilaridan fikran uzoqlashamiz va ular uchun eng umumiy belgilarini olamiz.

Fandagi tushunchalar ham xuddi shunday. Har bir fanning o‘ziga xos tushunchalari bor. Har bir fanni bilish, tushunish fandagi tushunchalarni bilish demakdir. Tushuncha mazmunan ob’yektivdir.




Download 140,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish