Мавзу. Онтология, гносеология ва оиг фалсафаси



Download 140,5 Kb.
bet12/12
Sana31.12.2021
Hajmi140,5 Kb.
#199876
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-мавзу falsafa

“o‘z harakatida” “jonli” holatda, “hayot holatda”, o‘zgarib va rivojlanib turishida bilishni talab qiladi. Ilmiy bilish natijasida hosil qilingan bilimlarning ma’lum tizimlari fanlarni vujudga keltiradi.

Har bir bilim sistemasida ilmiy etiqod jarayonida kelib chiqqan muammo yoki masalalarning qo‘yilishi va hal qilishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ular esa tarixiy aniq bilish jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. Shuning uchun ham har bir fanning o‘z predmeti va tadqiqot usuli mavjuddirki, ular o‘zi o‘rganayotgan ob’yektga nisbatan maxsus amaliy va nazariy tadqiqot usuli asosida yondoshadi.

Ilmiy bilimning bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri ikkinchisin to‘ldiradigan ikkita darajasi mavjud, ularga empirik va nazariy darajalar kiradi.

Ilmiy bilimning empirik darajasi kishilarning ehitiyojlarini qondirish jarayonini ularning kundalik tajribalari asosida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarga tayangan holda olamda ro‘y berayotgan hodisalarni bilishga qaratilgan. Ilmiy bilishning empirik darajasi uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning birinchi bosqichida alohida-alohida o‘rganadigan hodisalar haqida to‘plangan bilimlar hosil bo‘ladi. Uning ikkinchi bosqichida mazkur bilimlar umumlashtirilib hodisalarning o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlar aniqlanadi. Nihoyat empirik darajaning uchinchi bosqichda narsa va hodisalarga xos empirik qonunlar aniqlanadi. Shu bilan empirik daraja tugatiladi. Uning natijasida yig‘ilgan ma’lumotlar bilimning nazariy darajasiga zamin, poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Ilmiy bilimning nazariy darajasida ilgari to‘plangan ma’lumotlar asosida olamdagi narsa va hodisalarning alohida shakillari emas balki keng miqdordagi bir qancha hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlari aniqlanadi. Mazkur asosiy qonunlar bir qancha empirik qonunlarning yig‘indisidan tarkib topgan bo‘lib, olamning ilmiy manzarasini ifodalaydigan nazariya va kontseptsiyalarda namoyon bo‘ladi. Bilishning nazariy darajasi bir qator xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:



  1. nazariy bilimlar o‘zining umumiyligi va mavhumligi bilan ajralib turadi;

  2. nazariy bilimlar yaxlit va tizimli bilimlar hisoblanadi;

  3. u falsafiy bilimlar bilan yaqinligi bilan tavsiflanadi;

  4. empirik bilimlarga nisbatan mukammal bilimlar hisoblanib, hodisalarning mazmun-mohiyatini atroflicha va chuqur aks ettiradi.

Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalari bir-biridan olamdagi narsa va hodisalarni o‘rganish jarayonida foydalanadigan ilmiy usullari bilan ham farqlanadi.

Ilmiy bilishning empirik darajasida quyidagi usullar keng qo‘llaniladi: Kuzatish, o‘lchash, taqqoslash, ilmiy tajriba (eksperiment).

Bilimning nazariy darajasida esa mavhumlik va aniqlik, aksiomatik, tarixiylik va mantiqiylik ideallashtirish va boshqa usullar qo‘llaniladi. Shu bilan birga ilmiy bilishning ikkala darajasi uchun umumiy bo‘lgan usullar ham mavjud bo‘lib bular: aniqlik va sintez, induktsiya va deduktsiya, analogiya, modellashtirish, tizimlash.

Shunday qilib, ilmiy bilish bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan empirik va nazariy darajalardan tarkib topgan bo‘lib, olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonunlarini bilish, ularga ongli ravishda yondashish imkoniyatini beradi.



Bilish jarayonida qo‘lga kiritilib, falsafiy g‘oyalar bilan boyitilgan ilmiy axborotlar kishilarning dunyoqarashini shakllantirish, ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirishda qudratli mahnaviy kuch hisoblanadi.
Download 140,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish