Мавзу. Онтология, гносеология ва оиг фалсафаси



Download 140,5 Kb.
bet10/12
Sana31.12.2021
Hajmi140,5 Kb.
#199876
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-мавзу falsafa

I.Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1993 yil 47-bet). Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so‘nggi yutug‘larini dadil va g‘ayrat bilan joriy etadi. O‘z ishining ustasiga, kasb mahoratiga munosib baho beradi. (I.Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura 1993. 60-61 betlar).

4. Har bir tarixiy davrda inson o‘zining amaliy faoliyati natijasida ob’yektiv olamni to‘liq va aniq aks ettiruvchi bilimga ega bo‘lib boradi. Bilim esa ob’yektiv reallikka mos keladimi yoki yo‘qmi? Bu masalani hal qilishda haqiqat to‘g‘risidagi ma’lumot o‘z ifodasini topadi. Bu ta’limot esa o‘z-o‘zidan haqiqat nima? degan masalani hal qilishni talab qiladi. Haqiqat masalasini ilmiy tarzda hal qilishning yagona yo‘li inson bilimlari bilan ob’yektiv olamdagi real narsa va hodisalar, ularning sifat va xususiyatlari o‘rtasidagi munosabatni yoritishdir. Shunday ekan, haqiqat ob’yektiv voqelikka mos keluvchi narsa va hodisalarning real holatdagi mazmunini sifat va xususiyatlarini to‘g‘ri aks ettiruvchi hamda amaliyotda sinalgan bilimlardir.

Inson sezgilari uning ongidan tashqaridagi ob’yektiv olamning in’ikosini hosil qiladi. Ob’yektiv olamning mavjudligini e’tirof etish bilan uning to‘g‘ri in’ikosining hosil bo‘lishi ob’yektiv haqiqatdan iboratdir. Yoki boshqacha qilib aytganda ob’yektiv haqiqat inson va insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan ob’yektiv mazmundir. Masalan, tabiat va jamiyat qonunlari ob’yektiv haqiqatdir. Chunki bu qonunlar insonga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud, bu qonunlarni inson bekor qila olamaydi, o‘z ixtiyori bilan o‘zgartira olmaydi. Ob’yektiv haqiqat to‘g‘risidagi tushunchani ob’yektiv reallik haqidagi tushuncha bilan bir deyish mumkin emas. Ob’yektiv haqiqat bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan ob’yektiv reallikni ongimizda to‘g‘ri in’ikosidir. Dialektik bilimlar abadiy bo‘lmay ular takomillashib boradi, nisbiy haqiqatdan mutloq haqiqatga boradi deb tushuntiradi. Haqiqatdan ham olamda inson bila olamaydigan narsa yo‘q. Shuning uchun ham bilish jarayonining rivojlanish cheksiz u biror chegarada to‘xtatish mumkin emas. Inson erishgan yangi bilim uchun zarur bosqich hisoblanadi. Demak, mutloq va nisbiy haqiqatlar dialektik munosabatda bo‘ladi. Inson tafakkuri o‘z tabiatiga ko‘ra mutloq haqiqatni ochish imkoniyatiga ega deb, mutloq haqiqat nisbiy haqiqatlar yig‘indilaridan tashkil topganligini ko‘rsatadi. Har bir fan sohasida yangi kashfiyotlar mutloq haqiqatga hissa qo‘shadi va bu kashfiyot nisbiy chegaraga ega, yahni kengayishi, rivojlanishi mumkin.

Har bir inson haqiqatda mutloq haqiqat elementi, zarrasi bor. Chunki unda moddiy dunyoning ma’lum tomonlari aks etadi. Nisbiy haqiqat obyektiv olamning inson ongida nisbatan to‘g‘ri in’ikos etishidir. Amaliyot va fan taraqqiyotida bu haqiqat tobora takomillashib boradi. Demak, ob’yektiv olamni taxminan to‘g‘ri in’ikos ettiradi, to‘la aniq bo‘lmagan inson bilimining so‘nggi taraqqiyoti jarayonida aniqlanishi va chuqurlashishi tobora to‘laroq bo‘lib boradigan ilmiy bilimlar (qoida, tushuncha va nazariyalar) nisbiy haqiqatdir.

Nisbiy haqiqatni e’tirof qilish mutloq haqiqatni inkor etish emas. Chunki bizning bilimlarimiz tayyor yoki qotib qolgan bilim bo‘lmay, mutloq haqiqatni bilish nisbiy haqiqatlarni bilish bilan boradi. Mutloq haqiqat birdaniga bilib olinmaydi, balki to‘liq bo‘lmagan taxminiy, ya’ni nisbiy haqiqatlar orqali bilinadi. (Materiya tuzilishi haqida).

Inson hamma vaqt tabiatni oxirigacha bilish tomon yaqinlashib boradi, lekin u moddiy olam qonun va hodisalarini to‘la-to‘kis bilish darajasiga erisha olmaydi. Buning sababi shuki, tabiat cheksiz, u to‘xtovsiz harakatga, rivojlanishda o‘zgarishda. Inson bilimi esa hech qachon moddiy olamni butunlay qamrab ola olmaydi. Shuning uchun ham inson bilimining mutloq haqiqatga yaqinlashuvi nisbiydir. Bundan bizning hamma bilimlarimiz nisbiy ekan, ularda ob’yektiv mazmun yo‘q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Har qanday haqiqat nisbiyligiga qaramay, unda mutloq haqiqat elementlari saqlanadi. Mutloq va nisbiy haqiqatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymay balki ularni ajralmas, bir butun holda olib o‘rganmoq zarur. Mutloq va nisbiy haqiqatlarni dialektik munosabatini bilish, dogmatizm, agnostitsizm, relyativizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega. Dogmatizm va relyativizm haqiqat va uning mohiyatini bir yoqlama hal qiluvchi, uning absolyut va nisbiy tomonlarini bir-biridan ajratib tashlashga harakat qiluvchi ta’limotdir. Dogmatizm inson bilimlarining konkret vaqti, sharoitlari, bilish imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan nisbiy tomonini inkor etadi, har bir bilimini o‘zgartirmaydigan, rivojlantirish, takomillashtirish, to‘ldirish mumkin bo‘lmagan so‘nggi marradagi haqiqat deb tushuniladi. Shu asosda ular inson bilimlarida nisbiy tomonlar muvjudligi butunlay inkor etiladi. Dogmatizm vakillari ko‘rsatishicha hosil bo‘lgan bilimlarni to‘ldirish va rivojlantirishning hojati yo‘q. Har qanday bilimni hamma vaqt konkret sharoitlarini hisobga olmay amalda qo‘llay berish mumkin emas. Negaki dogmatiklar konkret tarixiy sharoit va vaziyatlar doim o‘zgarib turishini inkor etadilar, bahzan nazariy qoidalarni ko‘r-ko‘rona yodlab olib, har qanday sharoitda bemalol qo‘llay berish mumkin deb hisoblaydilar.

Relyativizm vakillari esa inson bilimlarining faqat nisbiy tomonlarini tan olib, mutloq haqiqatni esa butunlay inkor etadilar. Ularning fikricha nisbiylik inson bilimlarining bir tomongina emas, hammasiga xos emish. Bu ta’limot bilimlarimizning hammasini nisbiy deb hisoblash orqali unda inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan voqelikni to‘g‘ri aks ettiruvchi haqiqat mavjudligini ham inkor etadi.

Relyativizm asosan har bir konkret tarixiy sharoitdagi bilish imkoniyatlari bilan bog‘langandir. Biz har bir ob’yektiv narsa va hodisani ma’lum tajriba, malaka, bilish, texnika vositalari asosida bilamiz. Lekin yuqoridagi bilish imkoniyatlari har bir tarixiy davrda bizni qiziqtirgan narsalarning hammasini to‘la va mukammal bilishga imkon bermaydi. Shu tufayli har bir davrdagi bilimlar majmuasida ma’lum nisbiy tomonlar bo‘lishi tabiiydir. Relyativizm ilmiy bilish va praktika uchun zararli ta’limotdir. Relyativizm, skeptitsizm, agnostitsizm, sxolostikaga olib boradi. Haqiqat to‘g‘risidagi ta’limotlarning yana bir jihati bor, u ham bo‘lsa haqiqatning konkretligi masalasidir. Haqiqat abstrakt bo‘lishi mumkin emas, u doim konkret bo‘ladi.

Haqiqatning konkretligidan har bir bilim nazariy ta’limot ma’lum vaqt, sharoit, davr, o‘rin uchun to‘g‘ridir, degan ma’noni bildiradi. Biz yuqorida inson bilimining yagona ob’yekti bo‘lgan moddiy olam narsa va hodisalar doimo o‘sib, o‘zgarib, yangilab turishini ko‘rdik.

Inson ob’yektiv olamni o‘z amaliy faoliyatida ma’lum tarixiy va ilmiy imkoniyatlar asosida olib boradi, ilmiy haqiqatlar aniq tarixiy sharoit bilan bog‘liq bo‘lib, aniq shaklda namoyon bo‘ladi, haqiqat mavhum bo‘lmay aniq bo‘ladi. masalan, mustaqil O‘zbekistonning ichki siyosatining negizi ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish, unga o‘tish muqarrar davr amri bo‘lib, ob’yektiv haqiqatdir.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar farovonligining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga erishish uslubi va vositalaridir.


Download 140,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish