Masalan:
Birinchi tokchada 10 ta kitob
Ikkinchi tokchada 16 ta kitob
Ikkala tokchada nechta kitob bor ?
Yechish 10+16=26
Javob 26 ta kitob.
Qo'shishga doir misollardan ham oddiy, ham sodda misollarni kartochkalarga yozib beriladi.
O'quvchi bu misollarni yechadi. Yana ayirishga doir misollar bilan ham tanishadilar.
8-6=2 12-10=2 26-14=12
Tenglama: Sodda tenglamalardan beriladi.
X+2=25 X-3=26
X=25-2 X=26+3
X=23 X=29
Tek: 23+2=25 tek: 29-3=26
O'quvchi o'qituvchi tomonidan berilgan kartochkadagi oddiy misol va tenglamalarni yechib bo'lgandan keyin, o'qituvchi ko'rib chiqadi va o'quvchilar qanchalik o'zlashtirganligini bilish maqsadida o'quvchiga o'zi mustaqil misol va masalalar tuzish aytiladi. O'quvchilar o'zlari tuzgan misol va masalalarni yechganlaridan keyin o'qituvchi tomonidan rag'batlantiriladi. Shu tarzda o'quvchilarning yo'l qo'ygan bo'shliqlari to'ldirib boriladi.
Agar o'quvchi o'qish fanidagi MSNI lardan yetarli ballar to'plab ololmay bo'shliqqa yo'l qo'ygan bo'lsa, bunda ham o'qituvchi o'quvchi bilimidagi bo'shliqlarni aniqlaydi. Shu elementlar ustida shug'ullanadi.
Masalan:
· o'quvchi ifodali o'qishi va so'zlab berishi
· ongli oqishi
· ravon va ifodali o'qishi
· tinish belgilariga rioya qilib o'qishi
· obrazli o'qishi
O'quvchi matnni ravon va ifodali o'qimadi, tinish belgilariga e'tiborsiz o'qidi.
Mohir qo'llar.
Maktabimizda mohir qo'llar to'garagi bor. Men ham to'garakka qatnashaman. To'garakda biz bichish-tikishni o'rganamiz. Men kashta tikishni o'rganib oldim. Sen qanday to'garakka qatnashayapsan? Unda nimalar o'rgatiladi?
O'qituvchi kartochkaga kichik 30-35 ta so'zli matnni tanlab kelib o'quvchiga beradi. Shu matnni bir necha marta o'qitadi. O'quvchining nutqini yanada ravon bo'lishi uchun rasmlar ko'rsatadi.
Bo'shliqqa yo'l qo'ygan o'quvchiga rasmlarga qarab so'zlar tuzdiradi. So'zlardan esa gaplar, gaplardan esa kichik matnlar tuzdirib so'zlatadi.
O'quvchining o'ziga ham «G'uncha» yoki ertak kitoblardan o'qib kelish topshiriladi. Topib kelgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. Shu usulda bo'shliqlar to'ldirib boriladi va to'ldiruvchi ballar qo'yiladi.
O'qish darslarida 2-3-4 sinf o'quvchilariga yangi o'tilajak mavzularga tayyorgarlik ko'rib kelish topshiriqlarni berish ham yaxshi natija beradi. Bunday topshiriqlar o'quvchilar bilimida bo'shliqlar bo'lmasligi uchun ham zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, bo'shliqqa yo'l qo'ygan o'quvchilar bilan ishlashda ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish, turli ko'rgazmalar va tarqatmalardan unumli foydalanish muhum ahamiyatga ega.
«Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti» boshlang'ich ta'lim nihoyasida oquvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning zarur bo'lgan talablarini belgilaydi.
Har bir sinf yakunida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar ta'lim sohalari bo'yicha ishlab chiqilgan va o'z aksini topgan.
Ushbu talablarning bajarilishi o'quvchilar bilimida bo'shliqlarning bo'lmasligiga olib keladi. Bo'shliqlarni to'ldirish va bartaraf etish, o'qituvchidan juda katta mas'uliyat va talabchanlikni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |