Takrorlash (3 soat)
Unlilar talaffuzi va imlosi, ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi, qo‘sh va qator undoshlar talaffuzi hamda imlosi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari, tovushlarning orttirilishi va tushib qolishi yuzasidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash.
Leksikologiya (40 soat)
Leksikologiya (so‘zshunoslik) haqida ma’lumot. So‘z va so‘zshunoslik.
So‘zning atash ma’nosi.
So‘zlarni narsa-buyumlar, belgi-xususiyatlar, miqdor, harakat singari ma'nolarni ifodalashiga ko‘ra guruhlarga ajratish.
Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar.
So‘zning o‘z va ko‘chma ma'nosi. So‘zlarning o‘z va ko‘chma ma'nolarini qiyoslash, berilgan so‘z birikmalarida so‘zning o‘z va ko‘chma ma'nolarini aniqlash. So‘zning o‘z va ko‘chma ma'nolari yuzasidan xulosa chiqarish. Nasriy va she'riy matnlari o‘qib, undan so‘zning o‘z va ko‘chma ma'nolarini aniqlash; so‘zlarni o‘z va ko‘chma ma'noda qo‘llab gaplar tuzish.
Shakldosh so‘zlar. Shakldosh so‘zlarning badiiy tasvirdagi ahamiyati. Shakldosh so‘zlar lug‘ati va uning tuzilishi. Shakldosh so‘zlarning badiiy san’atdagi o‘rni. Tuyuqlarda shakldosh so‘zlar. Shaklqosh so‘larning ko‘p ma`noli so`zlardan farqi.
Uyadosh so‘zlar.
Paronimlar. Paronim so‘zlarning shakldosh so‘zlardan farqi.
Ma'nodosh so‘zlar. Ma’nodosh so‘zlarda umumiy va xususiy ma‘nolar. Ma’nodosh so‘zlarning nutqiy – tasviriy ahamiyati. She‘riy parchalarda sinonimlarning qo‘llanishi. Sinonimik qator haqida tushuncha. Ma‘nodosh so‘zlarning nutq ta‘sirchanligini oshirishdagi o‘rni. Ma’nodosh so‘zlarni ma‘no yaqinligiga ko‘ra va ular orasidagi ma‘no farqiga ko‘ra tahlil qilish. So‘zlarning salbiy va ijobiy bo‘yoqlari.
Zid ma'noli so‘zlar. Zid ma’noli so‘zlarning qo‘llanish o‘rni va ahamiyati.
Kuzatish va izlanish asosida zid ma'noli so‘zlarning izohi. Zid ma'noli so‘zlar qatori asoslarini aniqlash, qatorni davom ettirish. Zid ma'noli so‘z juftlari ustida ish. O‘qilgan ertaklar asosida zid ma'noli so‘zlardan foydalanib, ertak qahramonlariga tavsif berish. Matn ustida ishlash.
O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari.
Eskirgan so‘zlar. Eskirgan so‘zlarning o‘tmish badiiy tasvirini berishdagi o‘rni. Berilgan matnda tarixiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarni aniqlash. Tarixiy so‘zlarning ishlatilishi. Eskirgan so‘zlarning tarixiy asarlarda qo‘llanishi.
Yangi so‘zlar.
Iboralar, ularning ma’no ifodalash xususiyatlari. Matn tahlili asosida iboradagi so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma'nolarini aniqlash. Ularning ko‘chma ma'nosiga ma'nodosh so‘zlar topish, qiyosiy tahlil. Berilgan so‘zlarga ma'nodosh iboralar tanlash, ular ishtirokida matn yaratish.
Tasviriy ifoda.
So‘z boyligining oshib borishi haqida tushuncha.
Atamalar. Bunday so‘zlar haqida ma’lumot. Umumiy va xususiy ma’noli so‘zlar. Ma’lum bir fan, kasb-kor sohasidagina qo‘llanadigan so‘zlar.
Shevaga xos so‘zlar.
Olinma so‘zlar. Matn tahlili asosida olinma so‘zlar haqida tushuncha. Yevropa tillari va o‘zbek tili uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar ustida ishlash.
O‘zbek tilidagi arab va fors-tojik tillaridan olingan so‘zlar ustida ishlash; o‘zbek tiliga Yevropa tillaridan kirgan so‘zlar imlosi, talaffuzi va qo‘llanishi yuzasidan amaliy ish.
Lug‘at va lug‘atshunoslik. Lug‘at turlari va ulardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |