Мавзу: Oltin tarkibli rudalarini gravitatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini tanlash va hisoblash. 11-18 ФҚБ гуруҳи талабаси: Bozorov m раҳбар: Муродов И. Н навоий – 2021 й. Навоий кон металлургия комбинати



Download 380,34 Kb.
bet2/23
Sana24.02.2022
Hajmi380,34 Kb.
#239129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
badzarov kursavoy

1. НАЗАРИЙ ҚИСМ
1.1 Oltin rudalari haqida umumiy ma’lumot
Oltin rudalari — tarkibida oltin minerali boʻlgan tabiiy hosilalar, rudalar. Tabiatda 30 dan ortiq oltinli minerallar maʼlum. Undan tashqari, tarkibida oltin boʻlgan boshqa metallar (mis, nikel, qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, 
temir,marganets)ning rudalaridan ham oltin olinadi. Asosiy sanoat ahamiyatiga ega foydali qazilma tugʻma oltin boʻlsa, boshqa bir qancha turli minerallar: kyustelit (tarkibida 10—20% Ai), kalaverit AiTe2 (40—43% Ai), krennerit (Ai, Ag)Te2 (40% Ai), silvanit (Au,Ag)Te4 (25—27% Ai), petsit Ag3AuTe2 (25% Ai), kuproaurid AuCu2, rodit Au,Rh, porpetsit Au,Pd, aurostibit Au,Sb2, maldonit Au2Bi, yutenbogardeit Ag3AuS2 va boshqa dan ham foydalaniladi.
Endogen, ekzogen va metamorfik Oltin rudalari farq qilinadi. Barcha endogen Oltin rudalari gidrotermal yoʻl bilan paydo boʻlgan, bir tonnasining tarkibida 2—3 g dan bir necha yuz g gacha oltin bor. Endogen Oltin rudalarining barchasi plitasimon tomir massivlar Rossiya, Qozogʻiston, Kanada), egarsimon tomirlar (Sharqiy Sibir, Avstraliya), quvursimon tomirlar va shtokverkli (Oʻzbekiston, AQSH) rudalardir.
Oltin rudalarining tarkibiga 200 dan ortiq turli minerallar kiradi. Oltin-sulfidkvars rudalari keng tarkalgan (1,5—20% ruda minerallari). Minerallarning asosiysikvars,turli miqdorda kalsiyli va temirli karbonatlar, barit, xlorit, seritsit, turmalin. Rudali minerallarning us-tuvorlari pirit, kamroq arsenopirit. Ikkinchi darajali minerallar: pirrotin, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, vismut, kumush sulfidlari, temir oksidi, tugʻma kumush, baʼzan — telluridlar. Oltinning probasi 700—900. Oltin-kvarsli rudalar tarkibida kamroq miqdorda rudali minerallar va umu-miy hajmi ham kam boʻladi, temir sulfidlari keskin ortadi. Yer yuza-siga yaqin joylashgan oltin-kvarsli va oltin-sulfid-kvarsli rudali konlar oltin-kumush konlari deb ataladi (Sibir, Tyanshan, Filippin hamda AQSH va Meksikada uchraydi). Ular tarkibida xalsedon, magniy kar-bonatlari va silikatlari, adulyar, dikkit, kamroq miqdorda flyuorit va rudali minerallardan pirit, markazit, 
xalkopirit, galenit, argentit, kumush sulfotuzlari, kamroq oltin, kumush, vismut, qoʻrgʻoshin teluridlari bor.
Sulfid rudalari (20—30% rudali minerallar) kam tarqalgan boʻlib, tarkibi oddiyroq: asosan, pirit va arsenopirit, 2darajada mis, qoʻrgʻo-shin, vismut sulfidlari (baʼzan tel-luridlari) Oltin rudalari qatlami va baʼzan quvursimon tanalar hosil qiladi (Qozogʻiston, Sharqiy Sibir, Avstraliya, Braziliya).
Ekzogen Oltin rudalari, asosan, sochma konlarda, kam hollarda oltin sulfidli konlarning oksidlanish zonalarida uchraydi. Bu konlarda rudali qatlamlar va oqimlar yumshoq va mustahkamlan-magan yotqiziqlardan iborat boʻladi. Oltin esa, koʻpincha yumalokdangan alo-hida zarrachalar yoki tangachalar (oʻlcha-mi 0,5–4 mm), baʼzan kum va gillarni orasida kvars bilan birga qotgan shakllarda uchraydi. Oltin rudalari tarkibida oltinning miqdori 100–150 mg/m3 dan oʻnlab g/m3 gacha, probasi 800—950 boʻladi. Oksidlanish zonasida oltin, asosan, temir va marganets gidroksidlari, mis, margimush, kumush, karbonatlar, kaolinit minerallari bilan assotsiatsiyalashgan holatda yigʻiladi, tarkibida 2—3 dan 10 g/t gacha oltin boʻladi. Oltin rudalari murakkab shaklli uyumlar, linzalar hosil qiladi (Qozogʻiston, Rossiya, Dominikana Respublikasi).
Metamorfizlashgan Oltin rudalari oltinli konglomeratlar, baʼzan gravelitlar qatlamlari bilan bogʻliq boʻladi. Oltin zarrachalari (5—100 mkm) kvarsseritsitxloritli sementda yoki kvarsli shagʻaldagi ingichka tomirchalarda temir va boshqa metallar oksidi va sulfidlari bilan birgalikda joylashadi. Oltinning miqdori 3—20 g/t, probasi 900 dan yuqori boʻladi (JAR, Avstraliya, Braziliya).
Oʻzbekistonda Oltin rudalari aniklangan 600 ga yaqin kon maʼlum boʻlib, 144 tasi kadastrga kiritilgan, 12 tasida oltin qazib olish ishlari olib borilmoqda, 15 tasi razvedka qilingan, 16 tasida razvedka ishlari olib borilmoqda (2001). Oltin rudalari konlari asosiy geolo-gik-sanoat turlaridan uchtasi: oltin-kvarsli (Muruntov, Zarmitan Pirmirob,Gʻuzoqsoy),oltin-sulfid-kvarsli (Qizilolmasoy, Qoʻshbuloq, Balpantov, Marjonbuloq, Sarmich, Bulatkon va boshqalar), oltin-sulfidli (Koʻkpatos, Dovgʻiztov, Omontoytov va boshqalar) va 2 ta kompleksli turlari: oltin-kumushli ("Yuqorivolt", Kosmanachi, Oʻqetmas, Oqtepa) va oltin-misporfirli (Qalmoqqir, Olis va boshqalar) ajratilgan. Oʻzbekiston oltinning razvedka qilib aniklangan zaxiralari boʻyicha jahondagi eng yirik mamlakatlar orasida 4-oʻrinda, yillik qazib olish miqdori boʻyicha 9-oʻrinda turadi (2000).



Download 380,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish