Badiiy obraz borliqni (undagi narsa, hodisa v.h) san’atkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlanib, hissiy idrok etish mumkin shaklda ifodalangan aksidir. Badiiy obrazda obyektivlik va subyektiv ibtidolar mujassam topadi. Bir xil mavzuni qalamga olgan ikki yozuvchi, bitta narsanining suratini chizgan ikki rassom tomonidan yaratilgan obrazlar bir xil bo‘lmaydi, bo‘lolmaydi. Badiiy obrazning xususiyatlari individuallashgan umumlashma sifatida namoyon bo‘ladi. Abstrakt taffakur narsa-hodisaning umumiy xususiyatlariga, obrazli tafakkur individual xususiyatlariga tayangan holda fikrlaydi. Deylik, fan umuman odam haqida so‘z yuritishi mumkin, biroq san’at hech vaqt umuman odam obrazini yaratmaydi, yarata olmaydi. Mazkur ikkita – “umuman odam”, “konkret odam” tushunchalari orasidagi farqni tasavvur etmoq uchun, kiyim do‘konidagi maneken bilan odan haykalini qiyoslab ko‘rish mumkin. San’at hamisha konkret bir odam obrazini yaratadi, shunga ko‘ra konkretlilik badiiy obrazning muhim spetsifik xususiyatlaridan biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |