Adabiyotshunoslik nazariyasi
Taqdimot
Mavzu: Obraz poetikasi
1. Obrazli tafakkur – san’atning spetsifik xususiyati sifatida
2. Badiiy obraz xususiyatlari
3. Obraz yaratish usullari
4. Badiiy obraz genezisi – maydonga kelish omillari xususida
Reja:
Badiiy obraz vositasida fikrlash (va ifodalash) san’atning spetsifik, ya’ni tur sifatida belgilovchi xususiyati bo‘lib, buni obrazlilik deb yuritiladi. San’atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o‘zi anglagan mohiyatni va o‘zi anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma’noda obraz adabiyot va san’atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san’atga xos fikrlash tarzi “obrazli tafakkur” deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |