Mavzu: nutqning tovush madaniyatini shakllantirish metodikasi


Kurs ishi materiallarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Download 49,5 Kb.
bet3/8
Sana03.06.2022
Hajmi49,5 Kb.
#632485
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nigora Xasanova

Kurs ishi materiallarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishida asoslangan tavsiyalar, ilmiy qarashlar maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutqini o‘stirishda va ta’lim samaradorligini oshirishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: Kichik tadqiqot ishi kirish, asosiy qism: ikki bob, va xulosalar.

BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI SHAKLLANIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI


1.1. Nutqning tovush mаdаniyati tushunchаsi
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Bu borada maktabgaacha ta’lim tashkilotlarida qator ishlar amalga oshirilib borilmoqda. Inson o‘z fikrlarini ifodalash va boshqalarning fikrlarini tushunish uchun ona tilidan foydalanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘z ona tilisida muloqotga kirishishi bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Nutqni egallash bolaga bevosita va bilvosita (hikoya, badiiy asar, tarbiyachining tushuntirish va boshqalar) yo‘l bilan borliq haqida bilimlar hosil qilishga imkon beradi. Bolalar nutqni nuqsonlarsiz egallashida kattalar nutqi ular uchun namuna bo‘lib hizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida lug‘at boyligini oshirish, so‘zning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog’lanishli nutqni rivojlantirish vazifalari hal etiladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim:

  • tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi);

  • aniq talaffuzni hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona va aniq talaffuz qilish);

  • so‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;




  • nutqni orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash;

  • nutq sur’atini rivojlantirish;

  • nutqning ifodaliligini shakllantirish;

  • nutqiy aloqa ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • nutqiy nafas olishni shakllantirish;

  • o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish.

Yuqoridagi vazifalar to‘liq bajarilmagan taqdirda bola nutq tovush madaniyati talab darajasida shakllanmaydi va bola nuqtida nuqson kabi iz qoldiradi. Bolada tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish ishlarini olib borishda bola avvalo tovushni eshitish orqali idrok qiladi va o‘z nutqi orqali aks ettiradi. Aynan shu yerda bola nutqi taqlid asosida shakllanishini ko‘rishimiz mumkin.
Aniq talavuzni hosil qilishda boladan har bir so‘z, so‘z birikmasini aniq tushunarli qilib, dona dona talafuz qilishiga ahamiyat beriladi. Bola so‘zni talaffuz qilar ekan qaysi tovushka urg‘uni qo‘yishni sakllantirish, bolalar nutqidagi ma’noni to‘la anglashga imkon beradi. Bu borada tarbiyachi o‘z nutqida urg‘u berilayotgan so‘z yoki tovushni cho‘zib talaffuz qilshi orqali yuqori samaraga erishishi mumkin.
Bolalarga hatto so‘zlayotganda to‘g‘ri nafas olishni ham shakllantirish ularni charchab qolmasliklari nutqlari yanada ravon ciqishida muhim omil bo‘lib hizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish xilma-xil faoliyat turlarida amalga oshadi:

  • tabiat ob’ektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;

  • badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;

  • savodga o‘rgatishda;

  • o‘yin faoliyatida;

  • ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarni bajarish asosida.

Har bir faoliyat davomida bolaning nutqi ma’lum darajada rivojlanadi, lug‘at tarkibiga yangi so‘zlar qo‘shilish hisobiga lug‘at boyligi ortib boradi. Faoliyatlar jarayonida diologik nutq asosida monologik nutq rivojlanib boradi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish quyidagi qonuniyatlarni hisobga olishni talab etadi:

  • ona tilida nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlarining mashqiga bog‘liq;

  • nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan umumlashtirishning turli darajasining leksik va grammatik til belgilari o‘zlashtirilishiga bog‘liq;

  • nutq me’yorini o‘zlashtirish bolada tilni his etishning rivojlanganligiga bog‘liq.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirishda tovush madaniyati alohida o‘rin tutadi. Nutqning tovush madaniyati o‘z mohiyatiga ko‘ra nutq madaniyatining tarkibiy qismidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim:

  • bolalarning fonematik eshitishi, mazkur sur’at va ohangni idrok eta olish qobiliyatini asta-sekin rivojlantirib borish;

  • artikulyatsion apparatni rivojlantirish;

  • iboralar vositasida erkin gapira olish qobiliyatini shakllantirish;

  • muomala sharoitiga bog‘liq ravishda ovoz balandligi yoki pastligini boshqara olishni tarbiyalash;

  • ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish;

  • har bir tovush, shuningdek, so‘z va iboralarni aniq va ravon talaffuz qilish;

  • so‘zlarni adabiy til orpoefiyasi qoidalariga muvofiq talaffuz qilishga o‘rgatib borish;

  • nutqning maromli sur’atini shakllantirish;

  • nutqning ohangdor va ifodali bo‘lishiga erishish.

Nutqning tovush madaniyatini shakllkntirish bolalarning boglanishli nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko‘pincha s-z, p-f, p-b, u-o‘, x-h, q-g‘ tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila olmaydilar. nutq jarayonida ketappan – ketayapman, Hojahon – Shohjaxon, Yustam – Rustam, qalga – qarg‘a kabi talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar o‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ularni talaffuziga, nutq madaniyatiga e’tibor qilish, meyorda so‘zlab, muomala qilishga o‘rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu o‘rinda nutq madaniyati deganda, adabiy til normalariga rioya qilish, o‘z fikrlarini, hissiyotlarini, tasavvurlarini aytilayotgan gapning yo‘nalishi va maqsadiga muvofiq holda mazmunli, grammatik to‘g‘ri, aniq va ifodali bera olish tushuniladi. Nutq faqat bolada til boyligiga nisbatan qiziqish tarbiyalangan, nutqda turli xil ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi rivojlantirilgan taqdirda obrazli, bevosita va jonli bo‘ladi.



Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish