UMUMIY XULOSALAR
Nutq madaniyati bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shakllari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, Grammatik shakllardan) foydalangan holda ayon qilinayotgan mazmunga mos gapirishdan iboratdir.
Bola so‘zlashishga o‘rganishda ushbu tilga hos bo‘lgan barcha fonemalarni aytishni, tovushlarni va so‘zda muayyan pozitsiyada turgan tovushlar birikmasini an’anaga muvofiq holda, ya’ni orfoepiya qoidalari bo‘yicha talaffuz qilishni, intonatsiyani yaratuvchi prosodemalarni modellashtirishni o‘zlashtirib olishi lozim.
Yetarli darajada madaniy nutqqa ega bo‘lgan har bir inson har doim ham vaziyatdan kelib chiqqan holda ikkala nutq uslublarini maxsus tayyorgarliksiz qulay olishi mumkin. Maxsus tayyorlangan nutq notiqlik nutqi (publistik chiqishlarda) yoki badiiy o‘qish (aktyorlik faoliyatida) deb ataladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bir vaqtning o‘zida nutqning boshqa qismlarini ham, ya’ni lug‘at, bog‘lovchi, Grammatik jihatdan to‘g‘ri nutqni rivojlantirgan holda amalga oshiriladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarni aniq aytish, ularni to‘g‘ri talaffuz qilish, so‘zlar va iboralarni aniq talaffuz qilish, to‘g‘ri nafas olish, shuningdek ovoz kuchidan yetarli darajada foydalana olish qobiliyati, nutqning normal sur’ati va ifodalilikning turli intonatsion vositalari (nutq musiqasi, nutqiy sukut, urg‘ular, nutq sur’ati, ritmi va tembri) ni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Tovushni talaffuz qilishdagi kamchiliklar nutqiy apparatdagi nuqsonlar (og‘izning yuqorigi qattiq va yumshoq qimlaridagi nuqsonlar), tish-jag‘ tizimi tuzilishdagi xatoliklar, til osti tugunchalarining qisqaligi, artikulyatsiya organlarining yetarli darajada harakatchan emasligi, fonematik tinglay olish qobiliyati (bir tovushni boshqasidan farqlay olmaslik) yetarli rivojlanmaganligi oqibatida yuz berishi mumkin. Jismoniy tinglay olish qobiliyatining susayganligi, o‘z nutqiga beparvolarcha munosabatda bo‘lish (o‘zini ham, boshqalarni ham tinglay olmaslik), atrofdagilarning noto‘g‘ri nutqlarini o‘zlashtirib olish ham talaffuzda kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tovushni noto‘g‘ri talaffuz qilishlari tovushlarni tashlab ketishda, bir tovushni boshqasi bilan almashtirishda va tovushni buzib talaffuz qilishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, tovushlarni almashtirib yoki buzib talaffuz qilish xolatlari aniqlangan bolalar bilan ishlashni ovz vaqtida boshlash juda muhimdir, chunki tovushlarni o‘rnini almashtirish keyinchalik yozma nutqda ham paydo bo‘lishi mumkin (bir harfni boshqasi bilan almshtirish), buzib talaffuz etilayotgan hamda o‘z vaqtida tuzatilmagan tovushlar keyinchalik uni bartaraf etish uchun logoped va bolaning birgalikda ko‘p vaqt hamda mehnat sarflashlarini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |