Tekshirish: 1) 2 < 10; 2) 83 • 10 = 830; 3) 830 + 2 = 832;
b) 832 : 100. 832 soni 100 ga qoldiqsiz bo'linmaydi. 800 ni 100 ga bo'lamiz, 8 chiqadi. Bu bo'linma, qoldiq esa 32.
832 : 100 = 8 (qold. 32).
Tekshirish: 1) 32 < 100; 2) 8 • 100 = 800; 3) 800 + 32 = 832.
599- misollar butun sinf bilan, to'la tushuntirish va tekshirish bilan qaraladi.
600- misol. Doskada ishlanadi.Tekshirish butun sinf bilan bajariladi.
386:10= 6247:100= 72835:1000=
1254:10= 53913:100= 263924:1000=
601-masala ustida ishlaymiz. Yechilishi.
90:5=18 54:18=3 36:18=2
Javob:Birinchi avtomobilga 3 kanistr,ikkinchisiga 2 kanistr benzin quyildi.
V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.604-605 - misol va masala
MRO`TIBO`________________
Sana.
Mavzu: Nol bilan tugaydigan songa bo`lish Ta'limiy: Nisbatlar usuli bilan yechiladigan to 'rtinchi proporsionalni topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtirish. Tarbiyaviy: Odobli bo`lishga undash.
Rivojlantiruvchi: fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish.
Metod: Suhbat, tushuntirish, mustaqil ish.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi.
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
O'quvchilar davomati aniqlanadi.
Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
II.Uy vazifasini tekshirish. Daftarlari ko`rib chiqiladi. Daftarlar almashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
606-masala o'qilgandan keyin rasm qaraladi. Nima ma'lum? (Ikki kalava ipdan 3 ta qalpoqcha to'qish mumkin.) Siz bu ifodani qanday tushunasiz? (3 ta qalpoqcha to'qib bo'lishlari bilan 2 kalava ip tugaydi.) Bizda nechta kalava ip bor? (8.) 8 kalava ipdan nechta qalpoqcha to'qish mumkinligini qanday bilish mumkin? (Bo'lish amali bilan 8 kalavada 2 kalavadan nechta borligini topamiz. So'ngra nechta qalpoqcha to'qilishini ko'paytirish amali bilan topamiz.)
Yechimni amallar bo'yicha yozamiz:
8:2 = 4 ta — 8 kalavada 2 kalavadan shuncha bor.
3x4=12 (qalpoqcha) - 8 kalavadan shuncha qalpoqcha to'qiladi.
Javob: 12 ta qalpoqcha to'qiladi.
607 (2)- mashq. Masalani o'qing. Oldin qancha un bo'lgan? (100 kg.) Shu undan qancha non chiqadi? (135 kg.) Un kam-ku? (Unga suv, tuz, xamirturush va boshqa narsalar qo'shiladi.) 500 kg undan ko'p non chiqadimi yoki kam non chiqadimi? Masalani rejadan foydalanib yeching:
500 kg da 100 kg dan necha marta bor?
2)500 kg undan qancha non chiqadi?
Yechish: 500:100=5
135 x 5=675
Tekshirish butun sinf bilan o'tkaziladi.
609-misol.
2783:10=278(3 q) 48509:100=485(9 q ) 317461:1000=317(461)
V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. 610-611- misol va masala
MRO`TIBO`________________
Sana.
Mavzu: Nol bilan tugaydigan songa bo`lish Ta'limiy: Nollar bilan tugaydigan sonlarga yozma qoldiqli bo'lish usulini aniqlashtirish.
Tarbiyaviy: Odobli bo`lishga undash.
Rivojlantiruvchi: fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish.
Metod: Suhbat, tushuntirish, mustaqil ish.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi.
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
O'quvchilar davomati aniqlanadi.
Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
II.Uy vazifasini tekshirish. Daftarlari ko`rib chiqiladi. Daftarlar almashtiriladi.
982, 4680, 42000, 1572 sonlarida hammasi bo'lib qancha o'nlik, yuzlik va minglik borligini aniqlang.
Sonni 10 ga, 100 ga va 1000 ga qanday bo'lishni eslang. O'z misollaringizni keltiring.
Yechilish rejasiga ko'ra masala tuzing (doskada masala yechilishining rejasi berilgan):
5 xaridorga necha metr mato sotildi?
to'pda necha metr mato bor edi?
Masalada nima haqida so'z bormoqda? Qanday masala t-zish kerak? Nima uchun? Masala savoliga javob berish uchun nechta ma'lumotga ega bo'lish lozim? (Ikkita.) Birinchi savolga javob berish uchun nechta ma'lumotga ega bo'lish kerak? Qanday ma'lumotni tanlab olish kerak? (Har bir xaridorga nedha metrdan mato sotilganini: 2 m, 3 m, 5 m va hokazo.) Buni qisqacha qanday yozish mumkin? (Sotishdi — 5 xaridorga 3 m dan.) Ikkinchi savolga javob berish uchun yana qaysi ma'lumotni tanlab olish kerak? (To'pda necha metr mato qolgan?) To'pda necha metr mato qolgan bo'lishi mumkin? (8 m, 15 m, 27 m va h.k.) Masalaning qisqa yozuvini o'zingiz davom ettiring va uni yeching:
Bor edi - ?
Sotishdi - 5 xarid., 3 m dan
Qoldi - □
Perimetri bir xil - 14 sm dan bo'lgan ikkita har xil to'g'ri to'rtburchakni ayting. Bu to'g'ri to'rtburchaklarning bo'yi va enini ayting. (1 va 6; 2 va 5; 3 va 4.)
Yangi material ustida ishlash. 612 (1)-mashq. Butun sinf bilan bajariladi.
612 (2)- mashq. Yangi material bilan bolalar mustaqil tanishadilar. Yaxlit songa bo'lish algoritmini (natijada bo'linma va qoldiq chiqadigan holda) takrorlashadi.
614-misol (2 va 4-misoli) doskada va daftarlarda ishlanadi.
157:30=5(7 q) 174:50=3(24) 670:300=2(70 q) 1900:600=3(100 q)
V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.616-617 - misol va masala
MRO`TIBO`________________
Sana.
Mavzu: Nol bilan tugaydigan songa bo`lish Ta'limiy: O'quvchilarni yaxlit ikki xonali sonlarga yozma bo'lish algoritmi bilan tanishtirish hamda uni misol va masalalami yechishga tatbiq etish. Tarbiyaviy: Mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish.
Metod: Suhbat, tushuntirish, mustaqil ish.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi.
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism.
O'quvchilar davomati aniqlanadi.
Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
II.Uy vazifasini tekshirish. Daftarlari ko`rib chiqiladi. Daftarlar almashtiriladi.
Mustaqil ish
I variant. 55140 : 60 • 30 + 2560 • 40
II variant. 4860 • 90 - 6750 : 50 • 70
Do'stlaringiz bilan baham: |