Qo`shimcha ma`lumotlar:
NON QAYERDAN KELADI? Qambar O‘tayev
Uyga kelganda mehmon Oyim yozar dasturxon.
Oldiga non qo‘yishar, Eng avval non yeyishar.
Mehmon uyga yo‘l olar, To‘g‘ram-to‘g‘ram non qolar...
Yuz yoshdan oshgan bobom Dadamlarga der:
– Bolam,
Non qayerdan keladi,
Bular qaydan biladi?
Qurit, qopga solib qo‘y,
Nobud qilma, olib qo‘y.
Bolalar ko‘chamizda Qish, bahor, yoz-u kuzda
Non yeb yurishar gohi, Tushar yerga ushog‘i.
O‘yga tolib qolar jim To‘qsonga kirgan buvim,
Ko‘ziga yosh oladi:– Non qayerdan keladi,
Bular qaydan biladi?Bobomlar qotgan nonni
Boqsam, qiynalib joni Hovonchalarda tuyar,
Ushog‘in o‘pib qo‘yar
|