Non qayerdan keladi?



Download 44,5 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi44,5 Kb.
#19246

Non qayerdan keladi?



4-sinf

Maqsadlar:

ta’limiy: o‘quvchilarni Qambar O‘tayevning «Non qayerdan keladi?» she’ri bilan tanishtirish;

tarbiyaviy: nonning aziz ne’mat ekanligini uqtirish, uni uvol qilmaslikka o‘rgatish, she’r orqali o‘quvchilarda nonni e’zozlash va qadrlash hissini rivojlantirish;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ifodali o‘qish malakalarini va non tayyorlash mashqi jarayonida qo‘l motorikasini rivojlantirish.

 

Dars turi: yangi bilim beruvchi, noan’anaviy.



Dars metodi: guruhlarda amaliy ishlash, aqliy hujum, o‘z-o‘zini baholash, boshqotirma, «Venn diagrammasi».

Didaktik vositalar: non turlari aks etgan rasmlar, rubob, o‘quvchilarga tanishtirish uchun bug‘doy, un va boshqotirma usulidagi tarqatmalar.

Texnik vositalar: proyektor, ekran, kompyuter, disk.

Darsning borishi

Tashkiliy qism (3 daqiqa).

(O‘qituvchi tomonidan dars nomi va kun hikmati e’lon qilinadi. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi).

Dars nomi: «Non — eng aziz ne’mat»

Kun hikmati:

Non aziz, eng halol

Non serob bemalol.

Bo‘lmasin hech uvol,

Uvog‘ini terib ol.



O‘tilgan mavzuni mustah­kamlash (7 daqiqa).

Shoir Shukur Sa’dullaning «Yoz» she’ri tezkor savollar orqali yodga olinib, o‘tilgan mavzu mustahkam­lanadi. Har bir o‘quvchiga tezkor savollar tarqatiladi. Uning natijasi o‘z-o‘zini baholash usuli orqali aniqlanadi.



Yangi mavzuni tushuntirish (20 daqiqa).

(O‘qituvchi bugungi mavzuni e’lon qiladi va o‘quvchilarni guruhlarga ajratadi).

O‘qituvchi: — Bugun darsda shoir Qambar O‘tayevning «Non qayerdan keladi?» she’rini o‘tamiz.

«Aqliy hujum» metodi o‘tkaziladi. «Non qayerdan keladi?» savoliga o‘quvchilarning javoblari tinglanib, umumlashtiriladi. Ekranda ovozli slayd namoyish etiladi. Unda nonning qanday paydo bo‘lishi va uning tayyor holda dasturxonimizga yetib kelguncha bo‘lgan jarayon hikoya qilinadi. She’r o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi.

So‘ng har bir guruh o‘quvchilari she’rni qismlarga bo‘lib, ifodali o‘qiydilar.

1- guruh:

Uyga kelganda mehmon

Oyim yozar dasturxon.

Oldiga non qo‘yishar,

Eng avval non yeyishar.

Mehmon uyga yo‘l olar,

To‘g‘ram-to‘g‘ram non qolar...

Yuz yoshdan oshgan bobom

Dadamlarga der: — Bolam,

2- guruh:

Non qayerdan keladi,

Bular qaydan biladi?

Qurit, qopga solib qo‘y,

Nobud qilma, olib qo‘y.

Bolalar ko‘chamizda

Qish, bahor yoz-u kuzda

Non yeb yurishar, gohi

Tushar yerga ushog‘i.

3- guruh:

O‘yga tolib qolar jim

To‘qsonga kirgan buvim

Ko‘ziga yosh oladi:

— Non qayerdan keladi,

Bular qaydan biladi?

Bobomlar qotgan nonni

Boqsam, qiynalib joni

Hovonchalarda tuyar,

Ushog‘in o‘pib qo‘yar.

Lug‘at ustida ishlash va ohangdosh so‘zlarni topish guruhlarga vazifa qilib beriladi.

Ohangdosh so‘zlar:

qo‘yishar — yeyishar

yo‘l olar — non qolar

solib qo‘y — olib qo‘y

keladi — biladi

Lug‘at ishi:

Hovoncha — qotgan nonlar solib tuyuladigan idish.



O‘quvchilar ohangdosh va mazmuni yaxshi tanish bo‘lmagan so‘zlar bilan tanishtirilgach, she’rning umumiy mazmunini o‘qituvchi bilan birgalikda tahlil qiladilar. Birinchi to‘rtlikdagi mehmon kelganda dasturxon yozib, oldiga non qo‘yish kerakligi odobnoma darslarida ham o‘tilgani esga olinadi. O‘quvchilar she’rning keyingi to‘rtligidagi nonning yerga tushgan ushog‘idan ta’sirlanib, ko‘ziga yosh olgan to‘qson yoshli buvi holatini va non ushog‘ini ko‘zlariga surtib o‘pgan, yuz yoshdan oshgan bobo holatini «Venn diagrammasi» usuli orqali tasvirlaydilar.

Non — qadim-qadimdan ulug‘lanib, har bir xonadonda muqaddas va aziz hisoblangan ne’mat. O‘qituvchi bu haqda hikoya qilish jarayonida o‘quvchilarni non turlari, pishirish usullari va   texnologiyasi bilan ham   tanishtiradi.



  1. Nonning pishirish usuliga ko‘ra turlari:

tandir non, tova non, gaz pech non.

  1. Tarkibiga ko‘ra turlari:

bug‘doy non, arpa non, makkajo‘xori va oq jo‘xori non.

  1. Tayyorlash texnologiyasiga ko‘ra:

obi non, gijda non, patir non, shirmoy non, (ba’zan lochira non ham alohida texnologik turga kiritiladi).         

Dam olish daqiqasi.

Musiqa faniga bog‘langan holda o‘tkaziladi. «Non aziz — eng halol» qo‘shig‘i o‘quvchilar bilan rubob jo‘rligida ijro etiladi. (Po‘lat Mo‘min she’ri, Shermat Yormatov musiqasi).



«Amaliy ish» metodi. Bu metod mehnat faniga bog‘langan holda o‘tkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga oldindan tayyorlab kelingan   xamir bo‘laklaridan beradi. Va bu xamirdan non yasash mumkinligini aytib, uning tarkibini tushuntiradi.

O‘qituvchi: — Non xamirini tayyorlash uchun, dastlab qaynab chiqqan suvni ilitib, unga tuz, xamirturush, so‘ngra un solib xamir qoriladi. Yaxshilab qorilgan xamirni oshirish uchun uni maxsus qalin dasturxonga o‘rab, ikki soatga dam oldirib qo‘yiladi. Qo‘limizdagi xamir ham ana shunday oshirilgan bo‘lib, endi sizlar bilan undan non yasaymiz.

O‘qituvchi dastlab bir bo‘lak xamirdan o‘zi non yasab ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa atrofida aylana shaklida turishib, nonning yasalishi bilan tanishadi.



O‘qituvchi:Qani ayting-chi, bolalar, bu non shakliga o‘xshadimi?

— Ha (bolalar bir ovozda javob berishadi).



O‘qituvchi: — Non ko‘rinishi matematika fanidagi qaysi shaklni eslatyapti?

O‘quvchilar: — Dumaloq.

O‘qituvchi: — Barakalla bolalar, keling, unda sizlar ham qo‘lingizdagi xamirdan shunday non yasashga harakat qilib ko‘ring.

(O‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadi. Ular orasidan mehnat fanidan eng faol bo‘lgan o‘quvchilar tanlanib, ikki daqiqa vaqt mobaynida non yasashga kirishadilar).

O‘qituvchi o‘quvchilarning ishini kuzatar ekan, xamirgacha bo‘lgan jarayonni tushuntirib, tabiiy bug‘doy va tegirmondan chiqqan unni ko‘rsatadi.

O‘qituvchi: — Barakalla bolalar, siz juda chiroyli nonlar yasadingiz. Endi ularni pishirish uchun maktab oshxonasidagi oshpaz akalarimizga bera­miz. Ular nonlarni tanaffusga chiqqunimizcha pishirib qo‘yishar ekan. Bugun tushlikda siz o‘z qo‘lla­ringiz bilan yasagan nonlarni tanovul qilasiz. O‘quv­chilar xursand­chilik­laridan chapak chalishadi.

Bu metod yorda­mida o‘quvchilar non­ning tayyorlanish jarayoni bilan qisman bo‘lsa-da, tanisha­dilar. «Non yopayot­gan novvoy» rasmi asosida esa o‘qituvchi xamir yasash jarayonidan keyingi bosqich­larni ham gapirib beradi.



Yangi mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa).

 

Har uchala guruhga mazkur bo‘g‘in­larni birlashtirib, ulardan qanday maqol hosil bo‘lishini topish vazifasi beriladi.



«Nonning uvog‘i ham non» maqolini birin­chi bo‘lib topgan guruh, maqolni non haqidagi o‘zlari bilgan bi­ror­ta she’r­ga bog‘lagan holda izoh­lab beradi. Nonni nima uchun qadrlash kerakligi o‘quvchilardan so‘raladi. O‘quv­chilarning fikrlarini o‘qituvchi xulosalaydi. Dars boshida e’lon qilingan kun hikmatiga oydinlik kiritiladi.

Non aziz – eng halol

Non serob, bemalol.

Bo‘lmasin hech uvol,

Uvog‘ini terib ol.

O‘quvchilarni baholash va uyga vazifa berish (5 daqiqa).

Bu bosqichda   darsda va amaliy ish qismida faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, baholanadi.



Uyga vazifa: Qambar O‘tayevning «Non qayerdan keladi?» she’rini yod olish.

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslik, mehnat, musiqa, o‘qish va ona tili fanlari bog‘langan holda olib borilsa, o‘quvchilar ijodkorligi va dars samaradorligiga erishish imkoniyati oshadi. Buning uchun pedagogdan boshqa fanlar bilan bog‘liq jihatni darsda o‘rinli va kerakli uslubda qo‘llay bilish talab qilinadi. Agar o‘qituvchilarimiz ana shu muhim jihatni hisobga olsalar, albatta, integratsiyalashgan darslarni o‘tishda muvaffaqiyatga erishadilar.
Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish