Miskarlar, chegachilar, tunukasozlar ko‘p antiqa gaplarni gapirardilar. (Oybekdan)
448- mashq. O‘qing. Sifatlarni topib, ma’no turini,gapdagi vazifasini ayting.
Bolalar o‘tloqqa chiqishdi. O‘tloq yam-yashil o‘tlar, oq, sariq, qizil gullarga boy joy edi. Cho‘qqi-
dan oqib tushgan tiр-tiniq suv qum-toshlar orasida ariqchalar hosil qilgan. Bu ariqchalar bo‘yida o‘tkir hidli qoramtir yalpizlar, sershox jambillar o‘sib yotardi. O‘tloqning sof va xushbo‘y havosi kishiga orom bag‘ishlaydi. (Hakim Nazirdan)
Sifatlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring. Sifatlar otlarga nima yordamida bog‘langan?
Uyga vazifa:
449- mashq. -li, -siz, -dor, -chan yasovchi qo‘shimchalar yordamida sifatlar yasang va yozing. Ular-
ning asos va qo‘shimchalarini belgilang.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |