Qo`shimcha ma`lumotlar:
Sonlarni qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish,bo‘lish — bular arifmetik amallardir. Ularni ifodalash uchun maxsus belgilardan foydalaniladi(+, –, ·, :).
Agar ikkita son bu belgilardan biri bilan birlashtirilsa, u holda sonli ifoda hosil bo‘ladi.Sonli ifodaning qiymatini bilish uchun unda keltirilgan amalni bajarish kerak bo‘ladi. Agar ifoda faqat qo‘shish
va ayirish amallaridan iborat bo‘lsa, amallarberilgan tartibda (chapdan o‘ngga) bajariladi.
Agar ifoda faqat ko‘paytirish va bo‘lish amallaridan iborat bo‘lsa,amallar ketma-ket (chapdan o‘ngga) bajariladi. Agar ifoda har xil arifmetik amallardan iborat bo‘lsa, avval ketma-ket ko‘paytirish yoki bo‘lish amallari (chapdan o‘ngga) bajariladi, keyin qo‘shish va ayirish amallari (chapdan o‘ngga) bajariladi.Agar ifodada bir yoki bir necha qavslar bo‘lsa, dastlab qavslar ichidagi amallar, keyin qolgan amallar bajariladi.
|