Mavzu: namangan viloyatida mashinasozlik sanoatining rivojlanishi, holati va hududiy jihatlari



Download 3,08 Mb.
bet2/4
Sana24.06.2022
Hajmi3,08 Mb.
#699343
1   2   3   4
Bog'liq
namangan mashinasozlik mt

Moliyaviy holat.
Inflyasiya sur’atlari. Viloyatda inflyasiyani qisqartirish hamda narx-navoni barqarorlashtirish bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilib, ijrosi tizimli monitoring qilib borilmoqda.
Viloyat aholisi uchun markazlashgan tartibda ajratilayotgan un va o‘simlik yog‘ini birja savdolariga o‘z vaqtida qo‘yish va sotib olingan mahsulotlarni savdo korxonalari tomonidan ayniqsa, qishloq va tog‘li hududlarda yashovchi aholiga muntazam etkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari tadbirkorlar tomonidan chetdan xarid qilayotgan nooziq va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ist’emol bozorini to‘ldirib kelinmoqda.
Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida 741,5 ming tonna sabzavot (o‘sish sur’ati 102,7%), 132,2 ming tonna go‘sht (105,8%), 666,8 ming tonna sut (104,6%) va 465,8 ming.dona tuxum (110,1%) ishlab chiqarilib, iste’molga yo‘naltirildi.
Byudjet-soliq siyosati. Hisobot davrida mahalliy byudjet daromadlari 1560,5 mlrd.so‘mni, byudjet xarajatlari 1703,1 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

III. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.


Davlat Investitsiya dasturi.
Viloyatda 2021 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan barcha manbalar hisobidan 3052,0 mlrd.so‘m miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 103,7 foizni tashkil etgan. SHundan 1475,4 mlrd.so‘mi (48,3 foizi) Ishlab chiqarish sohasida, 1576,6 mlrd.so‘m (51,7 foizi) noishlab chiqarish sohasida to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davrida o‘zlashtirgan investitsiyalarning 1233,8 mlrd.so‘mi (jamidagi ulushi 40,4 foizni) markazlashtirlgan investitsiyalarni tashkil etib, shundan 115,5 mlrd.so‘mni byudjet mablag‘lari, 119,7 mlrd.so‘mni byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hamda 998,6 mlrd.so‘mni hukumat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga to‘g‘ri kelgan. O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 1818,1 mlrd.so‘mini (59,6 foizi) markazlashtirilmagan investitsiyalar tashkil etib, ulardan 516,6 mlrd.so‘mi korxonalarning o‘z mablag‘lari, 440,8 mlrd.so‘mi tijorat banklari kreditlari, 89,7 mlrd.so‘mi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hamda 771,0 mlrd.so‘m aholi mablag‘lari hisobiga o‘zlashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-sonli hamda 2021 yil 7 apreldagi PQ-2873-sonli qarorlariga asosan, markazlashgan mablag‘lar hisobidan 27 ta (7 ta rekonstruksiya va 20 ta kapital ta’mirlash) maktabgacha ta’lim muassasalari, 20 ta (1 ta yangi qurilish, 16 ta rekonstruksiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari, 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 6 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlari va 1 ta yopiq suzish havzasi, 9 ta suv inshoatlar va tarmoqlari, 8 ta tik quduq drenaj qurish, 5 ta daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash, 3 ta turli soha ob’ektlari jami 80 ta, shuningdek, Mamlakatimiz rahbarining 2021 yil 7-8 iyul kunlari viloyatimizga tashrifi hamda tasdiqlangan yig‘ilish bayonlariga asosan, YAngiqo‘rg‘on tumanining Bo‘ston MFYdagi 21-maktab hududida BO‘SMga qarashli sport majmuasi qurilishi, Uychi va CHortoq tumanlarida qishloq oilaviy poliklinikasi qurilishi, Namangan shaxridagi
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy tibbiy kardiologiya markazi Namangan filialining kayta kurish ob’ekti va Namangan viloyat endekriologiya dispanseri negizida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy va amaliy tibbiyot markazini kurish ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash

hisobiga foydalanishga topshirish hamda ushbu maqsadlar uchun 124,5 mlrd.so‘m mablag‘larni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.2021 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan markazlashgan mablag‘lar hisobidan 82 ta (19 ta umumta’lim maktablari, 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 27 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 7 ta sog‘liqni saqlash, 2 ta bolalar sporti ob’ektlari, 8 ta tik quduq drenaj qurish, 6 ta daryo qirg‘oqlarini mustaxkamlash, 2 ta turli soha, 10 ta suv tarmoqlari va oqava suv tizimi) ob’yektlari foydalanishga topshirildi.


2021 yil yakuni bilan jami markazlashgan ob’ektlar qurilishi uchun 132,6 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, 128,8 mlrd.so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi ob’ektlar qurilishi bo‘yicha 21267,9 mln.so‘m kapital mablag‘larni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Shundan, 19640,7 mln.so‘mini qurilish-montaj ishlari tashkil etadi. Manziliy ro‘yxatga jami 9 ta qurilish ob’ektlari kiritilgan bo‘lib, ularning 4 tasi yildan-yilga o‘tuvchi, 5 tasi yangi boshlanadigan ob’ektlardir. Manziliy ro‘yxatga muvofiq joriy yilda jami 23,522 km uzunlikdagi kanallarni qayta qurish, 1,8 m3/s suv chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan nasos stansiyasini hamda 0,375 km uzunlikdagi bosimli truboprovodni qayta qurish, shuningdek 2 dona gidrotexnik inshootni qayta qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan jami 21267,8 mln.so‘m kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, 19640,5 mln.so‘mlik qurilish-montaj ishlari olib borildi. Belgilangan reja 100,0 foizga bajarildi.
2021 yilda 20902 gektar sug‘oriladigan erlarning meliorativ xolatini yaxshilash maqsadida, 17 dona loyihalarda 839,5 km uzunlik-dagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlari rejalashtirilgan. Ushbu ob’yektlarning 1 tasi yildan-yilga o‘tuvchi, 16 tasi yangidan boshlanuvchi ob’ektlardir. 62 dona meliorativ tik quduqlarini, 83 dona quvurli o‘tish joylarini, 10 dona suv o‘lchash inshootlarini, 128 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlariga 8,0 mlrd.so‘m mablag‘larni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Joriy yil yakuni bilan 838,6 km uzunlikdagi 8385,6 mln.so‘mlik ishlar rejalashtirilib, amalda 895,8 km uzunlikda (107,0 foizga) 8385,6 mln.so‘mlik (100,0 foizga) ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi.SHu bilan birga, muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qamchiq dovoni orqali Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l

qurish hamda Pop-Namangan-Andijon temir yo‘lini elektrlashtirish ob’ektlarida juda katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. 2021 yil davomida loyiha bo‘yicha 296,9 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, 293,4 mlrd.so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.


Ob’ektda o‘zlashtirilgan mablag‘lardan 3,2 mlrd.so‘m byudjet, 19,1 mlrd.so‘m “O‘zbekiston Temir yo‘llari” DAK o‘z mablag‘lari, Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar 274,7 mlrd.so‘m (56,3 mln. AQSH dollari) hisobiga to‘g‘ri keldi.
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishida 385,7 mlrd.so‘m, shundan “O‘zbekenergo” DAK o‘z mablag‘lari hisobidan 2,8 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya hamda hukumat kafolati ostida 382,9 mlrd.so‘m (49,7 mln. AQSH dollari) chet el krediti o‘zlashtirilishi ta’minlandi. Bugungi kunda bosh pudratchi “Sirdaryo IES qurilish” unitar korxonasi tomonidan 1 va 2 kirish avtomobil yo‘llari, 2 ta mashinaga mo‘ljallangan yong‘in xavfsizligi bo‘limi binolarining qurilishi olib borilmoqda. Ma’muriy bino, tashqi va aloqa tarmog‘ini tortish ishlari va xujalik ehtiyoji uchun toza ichimlik suv tarmog‘i qurilishi ishlari yakunlandi.SHuningdek, barcha manbalar hisobidan 1078,9 ming kv.m. turar-

joylar qurilib, 272,9 km ichimlik suvi va 28,1 km tabiiy gaz tarmoqlari tortilib foydalanishga topshirildi.


I. “Namangan viloyatini 2020-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to‘g‘risida.
“Namangan viloyatini 2020-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2021 yil davomida 1164,5 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘larni o‘zlashtirish hisobiga 1170 ta loyihalarni (sanoat sohasida 326 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 567 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 227 ta) ishga tushirib, 16080 nafar ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
2021 yil yakuni bilan 1170 ta loyihalar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 1156,3 mlrd.so‘m (shundan, 498,3 mlrd so‘m bank kreditlari). Natijada 16343 nafar yangi ish o‘rinlari barpo etildi.
I-yo‘nalish: Sanoat sohasida 2021 yilda 326 ta loyihalarni amalga oshirish va bu maqsadlar uchun jami 879,4 mlrd.so‘m investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish hamda 10378 nafar yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.
O‘tgan davrda jami 874,0 mlrd.so‘mlik investitsiyalar (shundan, 405,2 mlrd so‘m bank krediti) yo‘naltirilib, 326 ta korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi va 10378 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
SHundan, 27 ta kimyo va neftkimyo, 72 ta qurilish materiallari sanoati,9 ta mashinasozlik va ehtiyot qismlar, 5 ta elektrotexnika, 112 ta tekstil va to‘qimachilik, 7 ta charm-poyabzal, 14 ta mebel va qog‘oz, 6 ta farmatsevtika va 74 ta oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor berildi.
II-yo‘nalish: Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 2017 yil davomida 178,9 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirib, 567 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 3779 nafar yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan.
O‘tgan davr mobaynida 167,0 mlrd so‘m mablag‘lar sarflanib, 567 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etildi va 3866 nafar yangi ish o‘rinlar yaratildi.Tashkil etilgan shoxobchalardan, 17 tasi aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, 2 tasi moliya xizmatlari, 12 tasi transport xizmatlari,

38 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 347 tasi savdo xizmatlari, 25 tasi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar, 2 tasi ta’lim sohasida xizmatlar, 39 tasi sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlar, 11 tasi kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari, 58 tasi shaxsiy xizmatlar, 1 tasi me’morchilik, muxandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasida xizmatlar va 13 tasi boshqa turdagi xizmatlarga to‘g‘ri keldi.


III-yo‘nalish: Qishloq ho‘jaligi sohasida 2017 yil davomida 277 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 106,1 mlrd.so‘m (shundan 47,4 mlrd so‘mi bank krediti) mablag‘lar sarflanib, 1923 nafar yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.
2021 yil yakuni bilan 115,2 mlrd.so‘m mablag‘lar yo‘naltirish hisobiga 227 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va qariyib 2099 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Jumladan, 107 ta qoramolchilik, 16 ta asalarichilik, 26 ta baliqchilik, 24 ta parrandachilik, 37 ta bog‘dorchilik, 20 ta uzumchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar, 25 ta issiqxonalar, 22 ta muzlatkichli omborlar tashkil etildi.
II. Sanoat.

Viloyatda 2021yil yakuni bilan 3677 dan ziyod faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida 3901,7 mlrd.so‘mlik (107,0%) sanoat mahsulotlari, 2715,5 mlrd.so‘m (106,0%) halq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 107,3 foizni va 104,8 foizni tashkil etdi.


Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega engil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, hisobot davrida engil sanoat tarmog‘ida o‘sish sur’ati 106,1 foiz, oziq-ovqat sanoatida 102,0 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi engil sanoat (37,4%) va oziq-ovqat sanoati (31,3%) tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
SHu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 1458,2 ming so‘m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 1015,0 ming so‘mni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan mos holatda 175,2 ming so‘m va 46,2 ming so‘mga ko‘p yoki 113,7 foiz va 104,8 foizga o‘sishiga erishildi.
SHu bilan birga, sohada faoliyat yuritayotgan yirik korxonalardan 7 tasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 26,6 mlrd.so‘mga pasaygan.
Jumladan, Namangan shahridagi “Nestle O‘zbekiston” MCHJda 4,7 mlrd.so‘mga (94,7%), “Nam Metal Standart” MCHJda 1,3 mlrd. so‘mga (51,7%) jami shahar bo‘yicha 6,0 mlrd. so‘mga hamda Pop tumanidagi “Uzruberoid” MCHJda 3,4 mlrd. so‘mga (38,3%) mahsulot ishlab chiqarish hajmlari kamaytirib yuborilgan. SHu bilan birga, Mingbuloq, Norin, Pop va CHust tumanlari bo‘yicha asosan hajmlarning 17,2 mlrd. so‘mga ushbu tumanlardagi paxta tozalash korxonalari hisobiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi“2017-2021 yillarda Namangan viloyati sanoati saloxiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2439-sonli qarorining amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish