Mavzu: namangan viloyatida mashinasozlik sanoatining rivojlanishi, holati va hududiy jihatlari



Download 3,08 Mb.
bet3/4
Sana24.06.2022
Hajmi3,08 Mb.
#699343
1   2   3   4
Bog'liq
namangan mashinasozlik mt

M A ‘ L U M O T
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda Namangan viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ 2439-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan sanoat sohasini rivojlantirish dasturi jami 5,1 mlrd. dollardan ziyod investitsiya o‘zlashtirishni nazarda tutgan 342 ta loyihalardan iborat.
Dastur doirasida 2020-2021 yillarda quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, qarorning 1-ilovasiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan umumiy qiymati 2,9 mlrd.dollar bo‘lgan 26 ta yangi yirik loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 6218 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Joriy yilda dastur asosida loyiha qiymati 78,4 mln.dollarga teng bo‘lgan 11 ta loyiha ishga tushirilishi xisobiga 1215 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Hozirda, “Art Soft teks" QK MCHJning (loyiha qiymati 30,1 mln.dollar, yaratiladigan ish o‘rinlari 400 ta) Momiq maxsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari yakuni bilan Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Uchkurgan tekstil” QK MCHJning (loyiha qiymati 25,0 mln.dollar) 7,0 ming.tn bo‘yalgan ip ishlab chiqarish hamda “Uzteks Uchkurgan” QK MCHJning (loyiha qiymati 40,0 mln.dollar) yillik ishlab chiqarish quvvati 7,0 ming.tn momiq maxsulotlar va aralash ipni ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish loyihasi foydalanishga topshirildi. Loyihalar foydalanishga topshirilishi natijasida 1100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
“Vodiy neftegazovik energo” AJ tomonidan yillik quvvati 10 ming dona bo‘lgan elektr saqlagich qurilmalari (Pin-1, MIN-1, UVEN-83n, KLESH) va gazsignalizatsiyalarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda “Samo plyus ta’mir” MCHJning katta xajmdagi muzlatgichlarni ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari foydalanishga topshirildi.
Sifatli plita (maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish), Faxriddin gaz servis (kabel maxsulotlari va boshqaruv bloklarini ishlab chiqarishni), Antlant texnika servis (elektr qurilmalarini ishlab chiqarish) MCHJlar tomonidan kiritilgan loyihalarga bank krediti garov ta’minoti qoplanmaganligi hamda

“O‘zbekcharmpoyabzali” assotsiatsiyasi uyushmasi tomonidan loyiha qiymati 6,8 mln.dollar bo‘lgan (yaratiladigan ish o‘rnlari 180 nafar) viloyatda zamonaviy teri-poyabzal kompleksini tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun tashabbuskor aniqlanmaganligi sababli loyihalarning belgilangan muddatda bajarilishi muammo bo‘lib qolmoqda.


Qarorning 2-ilovasiga asosan 25 ta korxonalarda 181,3 mln.dollarlik modernizatsiya ishlari hisobiga 2667 ta qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, yil yakuni bilan “Verigrov Ipagi” QKning shoyi gazlamalar ishlab chiqarish (loyiha qiymati 1,0 mln.dollar, ish o‘rinlari 30 ta), “Namangan sharbati” QK MCHJda meva sharbatlarini ishlab chiqarish va qadoqlashni tashkil etish (loyiha qiymati 2,0 mln.dollar, ish o‘rinlari 75 ta), “To‘raqo‘rg‘on shirinlik agro" MCHJning meva va sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlash liniyasini tashkil etish (loyiha qiymati 3,0 mln.dollar, ish o‘rinlari 75 ta) loyihalari foydalanishga topshirildi.
SHuningdek, “Merrymed farm” QK MCHJning 1-bochqichdagi “Quruq kukun” turida antibiotiklarni ishlab chiqarishni tashkil etish (10,0 mln.dollar va 100 ta ish o‘rni) loyihasi foydalanishga topshirildi. Hozirda korxona tomonidan infuzion eritmalarni ishlab chiqarish sexida qurilish ishlari va o‘rnatilgan uskunalarni sinov ishlari yakunlangan. Loyiha 2018 yil yakuni bilan to‘liq foydalanishga topshiriladi.
- Pop tumanidagi “Pap Fen” MCHJ (2018 yilda foydalanishga topshiriladi) tomonidan yillik quvvati 7,0 ming tonna kalava ip, 5,0 ming tonna bo‘lgan bo‘yalgan ip va 1,0 mln dona choyshab ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, loyihani amalga oshirish uchun er maydoni ajratilgan va er maydonda joylashgan binonolarni narxlash ishlari yakunlangan. Korhona tomonidan bino-inshootlarni sotib olish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda;
- “Do‘stlik-A” MCHJ (2017 yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan) tomonidan yillik quvvati 3,5 ming dona bo‘lgan momiq buyumlaridan tayyor komplektlarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish binosida qurilish ishlari yakunlangan va uskunalarnalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Loyihani 2018 yilda foydalanishga topshiriladi.
- “Namangan To‘qimachi” MCHJ (2018 yilda foydalanishga topshiriladi) tomonidan kiritilgan yillik quvvati 2,5 ming tonna paxta tolasi va 10,0 mln.kv.m tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish liniyasini modernizatsiya qilish

rejalashtirilgan bo‘lib, korhona ta’sischisi (Rossiya davlatining “Turbo tekstil” korxonasi) tomonidan loyiha qiymati 15,5 mln.dollar bo‘lgan biznes reja ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda korhonaga urnatilishi rejalashtirilgan dastgoxlarni tanlovi amalga oshirilmoqda.


Qarorda bajarilishi rejalashtirilgan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan kiritilgan loyiha qiymati 14,0 mln.dollarga teng (yaratiladigan yangi ish o‘rnlari 300 ta) “O‘zbekneftegaz” MXK, NTMK DK va “O‘zbekenergo” AK sanoat kooperatsiyasi asosida quvvati 1,1dan 15kVtgacha elektr dvigatel va zadvijkalarni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida “Namanganmash” AJ ning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash loyihasi, korhonaning imkoniyati etarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilingan.
SHuningdek, qarorning 3-ilovasiga asosan hududiy hokimliklar tomonidan umumiy qiymati 287,0 mln.dollarlik (shundan bank krediti 153,5 mln.dollar) 270 ta (kreditga bo‘lgan talab 226 ta) loyihalarni amalga oshirilishi belgilangan.
SHundan, qaror asosida 2016-2017 yillarda loyiha qiymati 172,7 mln.dollarlik (shundan bank kreditlari 98,9 mln.dollar) 227 ta loyiha ishga tushirilishi va 6070 ta yangi ish o‘rinlari yaratish nazarda tutilgan.
O‘tgan davrda 168 ta loyiha foydalanishga topshirilib (4386 ta yangi ish o‘rinlari), 105,5 mln.dollar mablag‘ o‘zlashtirildi.
SHuningdek, 2016-2017 yillarda Dastur doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 226 ta loyihalarga 153,5 mln.dollarga teng bo‘lgan bank krediti ajratilshi belgilangan bo‘lib, 01.12.2017 yil holatiga tijorat banklari tomonidan 121 ta loyihalarga (2016-2019 yil rejasiga nisbatan 4 %ga) 36,2 mln.dollar (2016-2019 yil rejasiga nisbatan 24 %ga) miqdoridagi bank krediti ajratilgan.
Jumladan, 2017 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 114 ta loyihalarning 98 tasiga tijorat banklari tomonidan 75,0 mln.dollar miqdoridagi bank krediti ajratilishi zarur bo‘lsada, amalda atiga 42 ta loyihaga 13,9 mln.dollar (yoki rejaga nisbatan 19 foiz) bank kreditlari ajratilgan.
SHu bilan birga, Dasturning 3-ilovasiga asosan mahalliy korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning 101 tasida muammoli masalalar yuzaga kelgan. Xususan, ushbu loyihalarning:

- Dasturga kiritilgan loyihalarning 23 tasida (Namangan shahar - 4 ta, Kosonsoy tumanida - 6 ta, To‘raqo‘rg‘on va CHust tumanlarida - 3 tadan, Namangan, norin va CHortoq tumanlarida - 1 tadan) tashabbuskorlar tomonidan loyihalarning muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi yuzasidan murojaat qilingan;


- 6 tasida (Namangan shahar va Mingbuloq tumanlarida - 2 ta, Pop va To‘raqo‘rg‘on tumanlari - 1 tadan) er hamda 2 tasida (Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlari - 1 tadan) bo‘sh turgan bino ajratilmagan;
- 18 tasida (Namangan shahar va Uychi tumanlarida – 3 tadan, Kosonsoy, Namangan, CHust tumanlarida - 2 tadan, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on va chust tumanlarida - 1 tadan) qurilish ishlari, uskuna va jihozlarni olib kelish va o‘rnatish ishlari yakunlanmagan;
- 15 tasida (Namangan shahar - 6ta, Namangan, To‘raqo‘rg‘on va CHortoq tumanlarida - 2 tadan, Kosonsoy, Norin va CHust tumanlarida - 1 tadan) kredit mablag‘lari olish bo‘yicha hujjat tayyorlash va 5 tasiga (Kosonsoy, Uychi va CHortoq tumanlarida - 1 tadan, CHust tumanida - 2 ta) bank krediti ajratish masalasi hal etilmagan.
- 6 tasida (Namangan shahar va Uychi tumanlarida - 2 tadan, Mingbuloq va to‘raqo‘rg‘on tumanlarida - 1 tadan) loyiha bajarilmagan.
- Bundan tashqari dastur doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 25 ta loyiha (Namangan sh - 7 ta, Mingbuloq - 2 ta Kosonsoy - 4 ta Norin, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, CHortoq tumanlarida - 3 tadan, Uchqo‘rg‘on tumanida - 1 ta) loyiha tashabbuskorlarning moliyaviy holati etarli bo‘lmaganligi va garov ta’minoti bo‘lmaganligi sababli tuman hokimliklari va tijorat banklari tomonidan istiqbolsiz deb topilgan.
Mahalliylashtirish dasturi ijrosi haqida.
Mahalliylashtirish dasturiga asosan 2017 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan 9 ta korxonalarning 23 ta loyihasi bo‘yicha 17,4 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 7 ta korxonaning 20 ta loyihasi bo‘yicha 29,7 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan hamda 21,3 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotilgan. Jami iqtisod qilingan
valyuta miqdori 1 682,2 ming dollarni tashkil etib, belgilangan prognoz topshiriqlari 123,1 foizga bajarilishi ta’minlangan.
Biroq, 2017 yilga tasdiqlangan tarmoq jadvaliga ko‘ra 4 ta korxonada mahsulot ishlab chiqarilmagan va 3 ta korxonada belgilangan reja topshiriqlari bajarilmay qolgan. Jumladan:
Namangan shahridagi "Musaffo Polimer" MCHJda joriy yilning yanvar-sentyabr oylariga belgilangan 4900,0 dona dush kabinalari ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqqanligi sababli belgilangan prognoz bajarilmagan.
Namangan shahridagi "Zamin metal sanoat" MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki bozorlarda extiyoj kam bo‘lganligi sababli vannalar uchun smesitel ishlab chiqarish 21,8 foizga, sharavoy kran 61,1 foizga, gaz kompressorlariga butlovchi buyumlar 62,5 foizga bajarilgan.
Namangan tumanidagi "Namangan briliant silk" MCHJning metanit sim ishlab chiqarish loyihasini korxona Andijon viloyatiga ko‘chirib o‘tilganligi sababli korxonada maxsulot ishlab chiqarilmagan.
YAngiqo‘rg‘on tumanidagi "MARHABO MED FARM" EKG lentalariga buyurtmalar kam bo‘lganligi sababli belgilangan prognoz 44,9 foizga bajarilgan va “nakonechnik dlya dozatora” loyixasida moliyaviy kamchiliklar yuzaga kelganligi sababli ushbu turdagi maxsulotni 2018 yildan ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Namangan tumanidagi "Nam mator servis" MCHJ tomonidan “vertikalnыy nasos VN” markadagi nasos turiga buyurtmalar bo‘lmaganligi sababli mahsulot ishlab chiqarilmagan.
III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.
Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 5072,7 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 105,0 foiz o‘sdi.
Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 385,3 mlrd.so‘m (117,7 foiz), moliya xizmati 408,6 mlrd.so‘m (122,1 foiz), transport xizmati 1114,9 mlrd.so‘m (102,7 foiz), yashash va ovqatlanish 96,8 mlrd.so‘m (107,3 foiz), savdo 1831,8 mlrd.so‘m (101,1 foiz), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar 163,4 mlrd.so‘m (105,9 foiz), ta’lim xizmati 189,3 mlrd.so‘m (110,0 foiz), sog‘liqni

saqlash xizmati 94,4 mlrd.so‘m (110,6 foiz), ijara va prokat xizmati 105,7 mlrd.so‘m (100,9 foiz), kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmati 169,1 mlrd.so‘m (103,6 foiz), shaxsiy xizmatlar 348,9 mlrd.so‘m (105,7 foiz), me’morchilik, muxandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 36,2 mlrd.so‘m (104,8 foiz) va boshqa turdagi xizmatlar 128,4 mlrd.so‘m (105,3 foiz)ni tashkil etdi.


“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy 2017 yilda umumiy qiymati 167,1 mlrd.so‘mlik 567 ta xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etilib, 3866 ta ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2017 yilda 17 ta aloqa, 2 ta moliya, 12 ta transport, 38 ta yashash va ovqatlanish, 347 ta savdo, 25 ta ko‘chmas mulk bilan bog‘liq, 39 ta sog‘liqni saqlash, 2 ta ta’lim, 11 ta kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash, 60 ta shaxsiy, 1 ta me’morchilik, muxandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasida xizmatlar va 13 ta boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirildi.
Servis sohasida 2017 yilda yaratilgan jami 3369 ta yangi ish o‘rinlari qishloq joylarida tashkil etildi.Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo‘yicha 6346,3 mlrd.so‘m (103,1%) tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha ko‘rilganda, chakana savdo aylanmasi chust tumani (o‘sish sur’ati 107,1%), YAngiqo‘rg‘on (105,8%), Uychi (105,0%) tumanlarida o‘sish sur’atlari yuqori bo‘ldi. Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 2371,6 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 138,4 foizga ko‘paydi.
IV. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish.
Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 yanvardagi 9-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2017 yil 12 yanvardagi 16-sonli qarori qabul qilinib, nazorat o‘rnatilgan.
Mazkur qaror asosida “Namangan viloyati tumanlarida 2017 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz, uzum, go‘sht, sut va tuxum mahsulotlarini choraklar bo‘yicha

ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko‘rsatkichlari” ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.


Xususan, 2017 yilda barcha xo‘jaliklarda 261,4 ming tonna kartoshka, 741,5 ming tonna sabzavot, 69,8 ming tonna poliz, 249,6 ming tonna meva,119,9 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 132,2 ming tonna go‘sht, 686,8 ming tonna sut, 465,8 ming. dona tuxum etishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2016 yilga nisbatan 101,1 foizga bajarildi.
Buning hisobiga viloyatda 3673,7 mlrd.so‘mlik yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti yaratilib, o‘sish sur’ati 104,6 foizga belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi PQ-2505-sonli qaroriga asosan viloyatda jami 10 ta qiymati 79,7 mln.dollar va ish o‘rni 894 ta (respublikada 595,9 mln.dollor) ,loyiha rejalashtirilgan bo‘lib, loyihalarning 6 tasi yangi va 4 ta mavjud korxonalarni moderinizatsiya va rekonstruksiya qilish belgilangan.
Bugungi kunga kelib, 4 ta korxona (13,4 mln dollorlik) tomonidan qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Jumladan, “Norin Bottlers” MCHJ 2016 yilning 4 noyabr kunidagi №29-sonli, “Namangan sharbati” QK MCHJda 2017 yil 24 aprel kunidagi №4-sonli, “Namangan ulgurjisavdo-invest” MCHJ 2016 yilning 31 oktyabr kunidagi №3-sonli “Abdullaev Abdusattor” X.T 2016 yilning 4 noyabr kunidagi №29 sonli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, foydalanishga topshirilgan.
Qolgan 6 ta loyihalar bo‘yicha:
-“Nestle Uzbekistan, LTD” QK MCHJ tomonidan bugungi kunda dastgoh sotib olish bo‘yicha umuman ishlar boshlanmagan hamda kredit olish bo‘yicha hujjatlar taqdim etilmagan.
-To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Turon agro fresh” MCHJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini “shokli muzlatish” texnologiyasi qo‘llanadigan qayta ishlash va qadoqlash korxonasini tashkil etish zamonaviy muzlatish dastgohlari o‘rnatish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda korxona tomonidan texnik iqtisodiy shartlar (TEO), ishlab chiqish, dastgoh sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish va tijorat bankdan kredit olish uchun hujjatlar to‘plamini tayyorlash ishlari ketmoqda.

-“Gold Fresh Fruits” MCHJ tomonidan logistika markazi tashkil etish loyihasini amalga oshirish maqsadida To‘raqo‘rg‘on tuman hokiminig 2016 yil 5 apreldagi №175-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2016 yil 1 dekabrdagi 432-sonli qarori bilan jami 586 gektar er maydon ajratilib, 2016 yilning bahorida 154 gektar maydonga 179,7 ming dona intensiv gilos, o‘rik, olxo‘ri va nok ko‘chatlari ekildi. Qolgan 432 gektar maydondan 2017 yil bahor oyida 380 gektar er maydoniga gilos, shaftoli, xurmo, bodom ko‘chatlari ekildi.


SHuningdek “SHokli muzlatish” texnologiyasini qo‘llagan holda, zamonaviy muzlatgich uskuna va transport vositalari bilan ta’minlangan holda meva-sabzovot mahsulotlarini qadoqlash va ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida 12 gektar maydonda Italiya va Turkiyadan keltiriladigan sovitish texnologiyalari asosida 14,2 ming tonna sig‘imga ega muzlatkich omborxona qurish uchun shartnomalar imzolangan.
- “To‘raqurg‘on shirinlik agro” MCHJ tomonidan 1 mln 600 ming.dollar O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (FRRU)dan kredit olish maqsadida “O‘zbekoziqovqatxolding” XKga hujjatlar tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
- 2018-2020 yillarda bolalar uchun ovqat mahsulotlari hamda keng assortimentli tayyor sut maxsulotlarini qadoqlash va ishlab chiqarishni tashkil etish uchun viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari nomidan loyiha tashabbuskori aniqlash bo‘yicha ko‘rsatma tayyorlangan. Hozirda tashabbuskor aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
- YAngiqo‘rg‘on tumanidagi “Natural Djus” MCHJ Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumaniga ko‘chirib olib ketganligi sababli o‘rniga “Marvel Juice Co” MCHJ almashtirish maqsadida 2017 yil 25 may kuni “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga №02/11-1468-sonli murojaat xat kiritilgan.
Hozirgi kunda loyiha tashabbuskori “Marvel Juice Co” MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (FRRU)dan kredit olish maqsadida hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi “2017-2018 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2716-sonli

qarori ijrosi bo‘yicha viloyatda 2017-2018 yillarda jami 26 ta qiymati 16 mln.dollar va ish o‘rni 275 ta (respublikada 144 mln.dollor), shundan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha 5 ta (qiymati 2,7 mln.dollar va ish o‘rni 60 ta), muzlatgich omborxonani tashkil etish bo‘yicha 17 ta (qiymati 11,6 mln.dollar va ish o‘rni 192 ta), tara qadoqlash mag‘sulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 4 ta (qiymati 1,7 mln.dollar va ish o‘rni 23 ta) loyihalarni amalga oshirish belgilangan.


Joriy yil xisobidan 18 ta loyihalar amalga oshirish xisobidan 18 ta 13,4 mln.dollarlik loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, 1 oktyabr holatiga 11 ta .loyiha (5,8 mln.dollarlik) foydalanishga topshirilgan.
Jumladan; ("Namangan Royal Paynt Treyd" MCHJ, "Lankaver lyuks" MCHJ, "Jaxon javoxiri invest" MCHJ va "Sardoba tomat pastasi" MCHJ"Kushon agro servis" MCHJ, va"Axmadxonxoji" FX, "Kompozit panel serviz" "KTS Namangan appel" MCHJ XK,Tillaxon XK, "Silver Maks Boss Milk" MCHJ va "Oromgox Ikromi" MCHJ " ).
Jumladan,“Kosonsoy perfekt fruts” MCHJ tomonidan meva va sabzavotni qayta ishlash uchun Milliy bank orqali 2 mln.dollar kredit mablag‘lari olish uchun bankka barcha hujjatlar to‘liq topshirilgan bo‘lsada, biroq hozirgi kunga qadar kredit mablag‘lari ajratilmagan.
“Sofiya sof tekstil” MCHJ tomonidan yashik tara ishlab chiqarish uchun binolar mavjud bo‘lsada, bugungi kunda kredit olish bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanmagan hamda texnologiya sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzilmagan.
Namangan tumanidagi “Usta komil tex impeks” XTda yillik quvvati 500,0 tonna muzlatkich omborxona qurish rejalashtirilgan bo‘lib,tuman hokimligi tomonidan 1 gektar er maydoni ajratilib, 200 mln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Uychi tumanidagi "Durbek invest" XK korxonasiga O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (FRRU)dan kredit mablag‘lari olish uchun “O‘zbekoziqovqatxolding” XK qoshidagi ITK tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilib berilgan. Loyiha tashabbuskori moliyalashtirishni ochish uchun xulosa olish maqsadida joriy yilning 16 iyul kuni №21-sonli murojaat xat bilan Respublika Investitsiya qo‘mitasiga hujjatlar to‘plami taqdim etilgan bo‘lsada, ammo loyiha tashabbuskori hanuzgacha javob xat olmagan.

YAngiqo‘rg‘on tumanidagi “Yangiqo‘rg‘on Agro invest” MCHJda zamonaviy texnologiya sotib olish uchun 2016 yil 1 noyabr kuni Xitoy davlatining “Xinjiang alqun impor and export trade co” LTD korxonasi bilan № 01-11-sonli shartnoma tuzgan. Biroq, Xalqaro Rivojlantirish Agentligi (MAR) fondidan Milliy bank orqali 1,5 mln.dollar kredit mablag‘lari olish uchun barcha hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsada, bugungi kunga qadar kredit ajratilmagan.


- “Mo‘jiza agro sanoat servis” MCHJ tomonidan 2016 yil noyabrda Xalqaro Rivojlantirish Agentligi (MAR) fondidan Asaka bank orqali 960,0 ming.dollar kredit mablag‘lari olingan bo‘lib, Koreya davlatidan texnologiya olib kelinishi rejalashtirilgan.
- “Bog‘iston Invest Agro” XK korxonalari tomonidan muzlatkich omborxona qurish uchun, bugungi kunga qadar kredit hujjatlari tijorat bankga taqdim etilmagan, sabab resurs yo‘qligi. Loyixachi o‘z xisobidan 200 mln so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirgan.
Namangan viloyatida “Hududlarni 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga muvofiq qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 2017 yil davomida 277 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, 1923 ta yangi ish o‘rinlarini barpo etish belgilangan. Ushbu maqsadlarga barcha manbaalar hisobidan 129,0 mlr so‘m, shundan 55,9 mlrd.so‘mi tijorat bank kreditlari va 73,0 mlrd so‘mi tashabbuskorlar mablag‘larining investitsiyalari yo‘naltirilishi belgilangan.
2017 yil yakuni bilan umumiy qiymati 138,0 mlrd.so‘mlik 569 ta, shundan 92 ta chorvachilik, 23 ta parrandachilik, 24 ta baliqchilik, 16 ta asalarichilik,31 ta bog‘dorchilik, 17 ta sabzavotchilik va 18 ta uzumchilik loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
2017 yilning 1 dekabr holatiga 226 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 75,1 mlrd.so‘m (shundan 26,0 mlrd so‘mi bank krediti) mablag‘lar sarflanib,1436 ta yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.
Joriy yilning 1 dekabr holatiga 95,9 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirish hisobiga 237 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va qariyib 1446 yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Jumladan, 86 ta qoramolchilik, 6 ta echkichilik, 16 ta asalarichilik, 24 ta baliqchilik, 23 ta parrandachilik, 31 ta bog‘dorchilik, 18 ta uzumchilikka

ixtisoslashgan xo‘jaliklar, 17 ta issiqxonalar, 16 ta muzlatkichli omborlar tashkil etildi.


IV. Uy-joy va kommunal xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyixalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi PQ-2639 - sonli qaroriga asosan viloyatda 2017 yilda 38 ta massivlarda 1184 ta namunaviy loyihadagi uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilda qurilayotgan 1184 ta uy-joylar uchun pudratchilar tomonidan “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Namangan filiali bilan 146 mlrd.so‘mga pudrat shartnomalari tuzilib, hozirgi kunda pudratchilar tomonidan 94,4 foizga kurilish ishlari amalga oshirildi 1184 ta uylardan 42 tasi 2016 yilning yakuni bilan foydalanishga topshirilgan.
2017 yil yakuni bilan 1142 ta uy-joylardan jami 873 ta (76,4 foiz) (Jumladan, Kosonsoy tumanida 80 ta, Mingbuloq tumanida 63 ta, Namangan tumanida 136 ta, Norin tumanida 59 ta, Pop tumanida 12 ta, To‘raqo‘rg‘on tumanida 144 ta, Uychi tumanida 72 ta, Uchqo‘rg‘on tumanida 78 ta, Chortoq tumanida 44 ta, Chust tumanida 113 ta va YAngiqo‘rg‘on tumanida 72 ta) namunaviy uy-joylarda qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirilgan.
26 dona xar xil quvvatdagi tarmoq transformatorlari zahirasini yaratish belgilangan.
Favqulotda yuzaga kelgan avariyalarni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun jami 18 dona avariyalarni bartaraf etish brigadalari mavjud bulib, 18 ta avtomashinalar hamda aloqa vositalari bilan ta’minlandi.
Ichimlik suvi bo‘yicha:
2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida joriy yilda ichimlik suv tarmoqlarining 5,4 km mukammal va 70 km tarmoqlarni joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirligan. Joriy yilning 12 oyi davomida ichimlik suv tarmoqlarida 6,62 km mukammal va 78,8 km joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

Ko‘p qavatli uy-joylar bo‘yicha:Dastur doirasida ko‘p qavatli uy-joylarni 2017 yil davomida 324 tasi kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha kiritilgan bo‘lib, xozirda uylarning 116,7 ming kv.m tom qismining 158,5 ming kv.m qismi (135.9%), 153 ta uylarning 152,7 ming kv.m fasad qismining 233,5 kv.m (152.9%), uylarning 930 ta kirish yo‘laklaridan 933 tasi (100.3%), 536 ta temir eshiklardan 562 ta (104.9%) o‘rnatilib, qurish va ta’mirlash ishlari bajarilgan. Ushbu maqsadlarga 11 mlrd. 372 mln.so‘m kredit mablag‘lari ajratish rejalashtirilib, 11 mlrd. 405 mln.so‘m (100,3%) kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi.


Dastur bo‘yicha maxalliy byudjet xisobidan 128 ta bolalar maydonchalaridan 93 ta (72,7%), 5003 p/m irrigatsiya tizimlaridan 5909 p/m (118,1%), 33.1 ming kv.m trotuarlarni 29.8 kv.m (89,9%) hamda 459 ta yoritish chiroqlaridan 552 tasi (120,3%) almashtirildi va qurilish ta’mirlash ishlari bajarildi.
Ijtimoiy sohalarga pech yoqilg‘ini ta’minlanishi bo‘yicha:
Kasb xunar kollejlar boshqarmasining viloyatdagi barcha tizimlaridagi qozonlar uchun mavsum davomida 143 tonna pech yoqilg‘isini etkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, xaqiqatda 111 tonna yoki 77,6 foiz ta’minlangan.
V. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.
Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2017 yil yakuni bilan508,4 mln.dollarlik tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport178,1 mln.dollarni, import 330,3 mln.dollarni tashkil etdi.
Hisobot davrida jami 143 ta korxonalar tomonidan eksport amallari bajarilib, shundan 65 ta korxonalar ilk bor eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 25,5 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
SHuningdek, 23 ta korxona tomonidan 2,1 mln.dollarlik 22 ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Uychi tumanidagi “Ekstra primer bat” korxonasi tomonidan 36,5 ming dollarlik akkumulyatorlar, “Element paynt” korxonasi tomonidan 20,6 ming dollarlik lak bo‘yoqlar, Namangan tumanidagi “Zamin Iftixor servis” korxonasi tomonidan 20,6 ming dollarlik keramika buyumlari shular jumlasidandir.
YAngi bozorlarni egallash va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida o‘tgan 9 oy mobaynida 8 ta yangi davlatlarga

mahsulotlarni eksportga chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bular Germaniya (kostyum-shim, quritilgan meva-sabzavot), Malayziya (tuxum, mosh, loviya), Niderlandiya (quritilgan uzum), Kanada (xo‘l qovun), Isroil (trikotaj), Pokiston (mosh, loviya, quritilgan uzum), Keniya (kostyum-shim, pidjak, ko‘ylak) va Janubiya Afrika Respublikalaridir (kostyum-shim, pidjak, ko‘ylak).


VI. Kichik biznesni rivojlantirish.
Umumiy holat. Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’ektlarining o‘rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. Xususan, 2017 yil yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 70,6 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes subektlarining salmog‘i muttasil oshib bormoqda.
Viloyatda 2018 yil 1 yanvar holatiga jami 16928 ta kichik biznes sub’ektlari (fermer xo‘jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 102,4 foizga ortdi.
2017 yil yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 70,6 foizni tashkil etib, shuningdek, sanoat sohasidagi ulushi 68,4%ni, qurilish ishlarida 93,9%, jami xizmatlarda 73,7% hamda eksportda 66,7% tashkil etdi.
VII. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.
Bandlik. Aholini ish bilan ta’minlash dasturlari doirasida joriy yilda 62 217 ta ish o‘rinlari tashkil etish belgilangan. Shundan, yanvar-dekabr oylarida 63 716 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
2018 yilning 1 yanvar holatiga dasturning barcha yo‘nalishlarida 1316 ta loyihalarda 22 405 ta (100,3%) ish o‘rinlari yaratildi.
Shundan maqsadli dasturga asosan;
- Sanoatda 269 ta loyihada 10 664 ta (96,1%) ish o‘rinlari;
- Xizmat ko‘rsatish sohasida 471 ta loyihada 3 590 ta (113,0%) ish o‘rinlari;

- Qishloq xo‘jaligida 213 ta loyihada 1 758 ta (104,6%) ish o‘rinlari;


- Qurilishda 363 ta loyihada 6 393 ta (100,0%) ish o‘rinlari;
- Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, bo‘sh turgan davlat ob’ektlarini ijaraga berish yoki xususiylashtirish orqali 550 ta loyihada 4 325 ta (100,0%) ish o‘rinlari;
- YAkka tartibdagi tadbirkorlik yo‘nalishida 9 538 ta (108,7%) ish o‘rinlari;
- Qishloq xo‘jaligida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qurilishdagi mavsumiy va vaqtincha ishlarda 1670 ta loyihada 12 872 ta (100,3%)
ish o‘rinlari;
- Aholini shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligida o‘z-o‘zini band qilish va oilaviy tadbirkorlikda 316 ta loyihada 27 200 ta (100,6%) ish o‘rinlari yaratilib, aholining bandligi ta’minlandi.
Yaratilgan ish o‘rinlarining 30 611 tasi xotin-qizlarga, 11 193 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga, 30 914 tasi yoshlarga, shu jumladan 20 114 tasi kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari xissasiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining SH.M.Mirziyoevning 2017 yilning 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatiga bo‘lib o‘tgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonida belgilangan yirik loyihalarni bajarilishi yuzasidan
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 dekabrdagi 127-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 15 ta loyihalarning moliyalashtirish manbaalari hamda foydalanishga topshirish muddatlari o‘zgartirilgan, istiqbolsiz deb topilgan 15 ta loyihalar o‘rniga 22 ta yangi loyihalar takliflari ishlab chiqildi. Buning hisobiga viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalar soni 71 tani tashkil etib, ushbu loyihalarni foydalanishga topshirish uchun 1575,0 mlrd.so‘m (shundan, 712,7 mlrd.so‘m bank krediti, 63,0 mln.dollar xorijiy investitsiya) mablag‘larni o‘zlashtirish hisobiga 6233 nafar yangi ish o‘rlari yaratish belgilangan.

I.Yillar kesimida.


- 2017 yilda 35 ta loyihalarga 559,0 mlrd.so‘m 2914 nafar ish o‘rni.
- 2018 yilda 34 ta loyihalarga 846,0 mlrd.so‘m 2919 nafar ish o‘rni.
- 2019 yilda 1 ta loyihalarga 42,0 mlrd.so‘m 150 nafar ish o‘rni.
- 2020 yilda 1 ta loyihalarga 128,0 mlrd.so‘m 250 nafar ish o‘rni.
II.Sohalar kesimida.
- Sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 1030,7 mlrd.so‘m (shundan 569,9 mlrd.so‘m bank krediti, 11,0 mln.dollar xorijiy investitsiya) bo‘lgan 47 ta loyihalarda 5119 nafar yangi ishchi o‘rni yaratish;
- Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 522,6 mlrd.so‘m (shundan 129,9 mlrd.so‘m bank krediti, 52,0 mln.dollar xorijiy investitsiya) bo‘lgan 19 ta loyihalarda 969 nafar yangi ishchi o‘rni yaratish;
- Xizmat yo‘nalishida umumiy qiymati 21,6 mlrd.so‘m (shundan 12,8 mlrd.so‘m bank krediti) bo‘lgan 5 ta loyihalarda 145 nafar yangi ishchi o‘rni yaratish belgilangan.
2017 yil yakuni bilan 35 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 577,2 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, 2850 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xususan, - sanoat yo‘nalishda umumiy qiymati 496,8 mlrd.so‘m (shundan, 246,8 mlrd.so‘m bank krediti, 1000,0 ming.dollar xorijiy investitsiya) bo‘lgan 25 loyiha ishga tushirilib, 2543 nafar;
- qishloq xo‘jaligi yo‘nalishda umumiy qiymati 70,3 mlrd.so‘m (shundan 41,5 mlrd.so‘m bank krediti) bo‘lgan 7 loyiha ishga tushirilib, 284 nafar;
- xizmat yo‘nalishda umumiy qiymati 10,0 mlrd.so‘m (shundan 5,9 mlrd.so‘m bank krediti) bo‘lgan 3 loyiha ishga tushirilib, 23 nafar yangi ish o‘rnilari yaratildi.



Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish