Navoiy viloyati
Uchquduq tumani
XTMFMTTEBga qarashli
18-umumiy o`rta ta`lim maktabi
matematika fani o’qituvchisi
G’afforova Gulnoz Axmadovnaning “N sonigacha bo’lgan raqamlar sonini topish” mavzusida yozgan
to’garak mashg’uloti ishlanmasi.
Mavzu: N sonigacha bo’gan raqamlar sonini topish formulasi.
Darsning maqsadi :
a) O’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishni orttirish , qiyin masalalarni yechishga o’rgatib , olimpiada va bilimlar bellashuviga tayyorlash.
b) o’quvchilarning bo’sh vaqtini unumli o’tkazish.Ajdodlardan faxrlanib ularga mos avlodlar bo’lishga undash.
v) o’quvchilar fikrlash doirasini kengaytirish, o’g’zaki nutqini rivojlantirish, xotirani mustahkamlash.
Dars turi: noananaviy.
Dars usuli;yozma .
Dars uslubi :mustaqil ish, muammoli vaziyat,test,savol-javob.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Matematik testlar to’plami(1996-2008)
2) “Ma’rifat “gazetasi
3) A.Nurmanov , I.Qodirov “Matematikadan sinfdan tashqari ishlar “ qo’llanmasi
Mashgulot rejasi:
1.Ahmad al-Farg’oniy maktabi.
2.Buni bilasizmi?
3.Testlar yechish.
4.Yangi mavzu.
Mashg’ulotning borishi.
“Matematika -ma’naviy ulug’vorlikning keng dunyosidir”.Bu bejiz emas.Har tomondan tarbiya ko’rgan odobli , ilmli kishilarni biz ma’naviy boy insonlar deymiz.
Ajdodlarimiz merosini o’rganmay , fanni chuqur va har tomonlama puxta egallamay turib ma’naviy boy bo’la olmaymiz. Shuning uchun men sizlarga bugun Anmad al-Farg’oniy maktabi haqida sizlarga ma’lumot bermoqchiman.
Ahmad al-Farg`oniy o`z davrining buyuk olimlaridan biri bo`lgan.
Bir kuni Ahmad al-Farg`oniy misr safariga otlangan,yo`l harajati uchun bittayu bitta otini sotmoqchi bo`lib,bozorga boradi,lekin narxini baland aytganligi uchun xaridorlar chetlashar edi.Olimning mashhur saman oti sotilayotganini eshitib,boyvachcha As-Samad 156 tillaga oladigan bo`libdi. “Oting bu bahoga arzimaydi, 10 tillodan oshmaydi”-deb ustidan kuladi.Al-Farg`oniyning jahli chiqadi va unga agar otimning narxi senga qimmatlik qilsa, unda uning taqalaridagi mixlarni sotib ol. Shunda otni tekinga beraman.Al-Farg`oniyning bu gapidan atrofdagilar qiyqirib kuladi.Boy izza bo`lib,ko`zi olayadi va olimning adabini bermoqchi bo`lib:
Hamma guvoh,so`zingda tur,bor-baraka!- deb qo`lini chozadi.
Al-Farg`oniy ham pinagini buzmay:
Sozimdan qaytmayman.Eshit,har bir taqada 6 tadan mix bor. Birinchi mix uchun menga faqat tanga,2- mix uchun tanga,3- mix uchun 1tanga,4-uchun 2tanga,beshinchisiga 6 tanga qilib to`laysan,-deydi olim . Boyvachcha taqa mixlarning bunday arzonligiga uchib 24 ta mix uchun 3-4tilla to`larkanman,deb o`ylab, va xaloyiq oldida “ ol baraka” dedi.Pulni to`lash vaqtida esa olimning ko`rsatgan raqamini ko`rib aqldan ozay dedi.
Unda 4194303 butun… tanga deb yozilgan edi.Boy qozining guvohligida Al-Farg`oniyga bu pulni to`ladi.
SAVOL:Qani o`quvchilarim siz bu hikoyadan qanday xulosa ciqardingiz-?
Ular o`z fikrlarini bildirgach, men xulosalayman.
Ahmad Al-Farg`oniy o`ziga shogirdlikkal kelgan yoshlarning ham fikrlash qobilyatini sinash uchun ularga quyidagicha masala berar edi:
“Ustiga og`ir yuk ortgan ot bilan tuya yonma-yon borishardi.Shunda ot o`zining yuki nihoyatta og`ir ekanligidan tuyaga shikoyat qibdi:”
ega unday deb noliysan?-debdi tuya otga.
Agar sening yukingdan bir qop olsam mening yukim seninkidan 2 barobar oshib ketadi-ku.Agar sen mendagi bir qop yukni o`z yelkangga olganingda,bizning yuklarimiz teng bo`lar edi.
Qani topingchi, otga necha qop va eshakka necha yuk ortilgan ekan-?
JAVOB:7 qop tuyaga,5 qop otga.
Endi o’quvchilar bugungi to’garak mashg’ulotimizdagi2-reja “Buni bilasizmi?” deb nomlangan.Men sizlarga raqam va sonlar ishtirok etgan qiziqarli ma’lumotlardan bilib kelishingizni aytgan edim. Qani marhamat o’zlaringiz bilgan ma’lumotlarni aytib beringchi.
1-o’quvchi:Bir - “Quyosh” deb atalmish kattakon olovli sharning timsoli.Bir raqamida tig’ilganlar ijodkor ,kashfiyotchi,mag’rur,chidamli kishilar bo’lishadi.Ularda “Men-haqiqat me’zoniman”degan da’vo kuchli.Ular uchun baxtli kun yakshanba,sevimli taqinchoqlari-oltin,sevimli guli-kungaboqar.Ularning salomatlikdagi muammosiyurak bilanbog’liq,chunki insonshu orqali sevadi,hayotdan zavqlanadi.
2-o’quvchi: 2-tungi yoritkich himoyasida.2-raqamida tug’ilganlar kuchli aql ,tasavvur egalari.2-raqamida tug’ilganlardan ko’pincha shifokorlar,yozuvchilar,diplomatlar,xizmatchilar chiqadi.Baxtli kunlari -dushanba,sevimli meteli –kumish,sevimli toshlari-marvarid,zumrad.Bezovta qiladigan kasalligi-oshqozon , jigar.
3-o’quvchi:70yoshga kirgan kishi umrining taxminan 23 yilini uxlashga, 18 yilini gapirishga, 6 yilini ovqat yeyishga,1,5yilini yuvinishga ketkazadi.
4-o’quvchi:Milliard marta nafas olish uchun inson 95 yildan ortiq yashashi kerak.
5-o’quvchi:1 ta asal ari 1 kg asal yig’ishi uchun 300 km masofaniuchib o’tishi, 9 mln gulag qo’nishi kerak.
6-o’quvchi:Yer yuzidagi hasharotlar turi 800 mingdan ortiq.
Juda yaxshi aziz o’quvchilarimendi men sizlarni o’tganto’garak mashg’ulotlaridan olgan bilimingizni sinash uchun test berib tekshirib ko’raman.
1-test.22011 ning oxirgi raqamini toping.
21=2
22=4
23=8
24=16
25=32 davri 4 ta
2011:4=502(3 qoldiq)
Javob: 22011=…8
2-test: 15*25*37*43+34*48*77 yig’indining oxirgi raqamini tiping.
15*25*37*43+34 *48* 77=…5+ …4=…9 Javob:…9
3-test: 920-720ayirmaning oxirgi raqamini toping.
Javob: 920-720 = …1 -…1 = 0
4-test:50! nechta nol bilan tugaydi?
50:5=10 10:5=2
10+2=12 Javob:12
5-test: 10 dan 75 gacha bo’lgan natural sonlar ko’paytmasida nechta nol qatnashadi?
Yechish: 75:5=15
15:5=3 9:5=1(4qoldiq)
15+3=18
18-1=17
Javob:17 ta nol bilan tugaydi.
O’quvchilar siz o’tgan mavzularni yaxshi o’zlashtirib olibsiz.Bugun yangi bir mavzu N ta songacha bo’lgan raqamlar sonini tipishni o’rganamiz.
M:123456…364365 sonigacha nechta raqam yozilgan?
1-usul:
K=(N+1)*n- formuladan foydalanamiz
N- berilgan son
n-berilgan sondagi raqamlar soni
Yechish:N=365 , n=3
K=(365+1)*3-(103-1):9=1098-111=987
Javob:987 ta raqam ishtirok etadi.
2-usul: Bir xonali sonlar 9 ta , ikki xonali sonlar:90*2=180
ta , 3 xonali sonlar : 365-99=266 ta 266*3=798 798+180+9=987ta
Javob:987 ta raqam ishlatiladi.
Masala:Kitob 192 betli .Uning betlarini nomerlash uchun qancha raqam kerak bo’ladi.
Yechish: k=(192+1)*3-(103-1)/9=579-111=466
1va 2 betlar raqamlanmagani uchun 468-2=466
Javob:466 ta raqam kerak bo’ladi.
Uyga vazifa:kitobni nomerlash uchun 562 ta raqam ishlatildi.Kitob necha betli?
Sinfi:6 va 7-sinf o’quvchilari
O’qituvchi:G’afforova Gulnoz Ahmadovna
Fan:matematika
Mavzu:Ajdodlarimiz merosi-yo’limiz shamchirog’i.
Darsning maqsadi: a)o’quvchilarnign fanga bo’lgan qiziqishini uyg’otish
b)O’quvchilarning ajdodlardan faxrlanib, ularga mos avlodlar bo’liush ruhida tarbiyalash.
v)O’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlAntirish, xotirani mustahkamlash, fikrlashga o’rgatish.
Dars tipi:yangi bilim tushuncha hosil qiluvchi.
Dars usuli:suhbatб savolo-javob, test, aqliy hujum.
Dars uslubi:ko’rgazmali-amaliy
Dars jihozlari:globus, portret, referatlar,”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”asari.
Do'stlaringiz bilan baham: |