Yosh individual xususiyatlarini hisobga olish. O'qitishning mazmuni
ta’lim metodlariga mos kelishi, shuningdek o'quvchilarning aqliy, jismoniy va yosh xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Bu talablar o'quv materiallarini qismlarga to'g'ri taqsimlash (bajarishga kuch yetarli bo'lishi, oddiydan murakkabga qarab borishni ta’m inlash, o'qitishning turli metodlaridan foydalanish vaqtining), obyektiv me’vorlarini belgilash, o'quvchilarning muvaffaqiyatli o'qishini ta’m inlash m aqsadida individual xususiyatlarini hamda qiziqishlarini o'rganish yo'li bilan erishiladi.
O'quvchilarning yosh individual xususiyatlarini o'rganish amaliy ish jarayonida o'quvchilarning ulg'ayishlariga yordam beradi (yomon tomonlarini yo'qotishga harakat qiladi, yaxshi tomonlarini tarbiyalaydi). D em ak, mehnat ta’limi bo'yicha o'quv m aterialining m az m u ni fan va texnika taraqqiyotining hozirgi darajasiga mos ravishda o'quvchilarga tushunarli bo'lishi kerak.
Bundan tashqari, o'quvchilarning jismoniy tayyorgarligini ham nazarda tutishi kerak.
Dars mavzulari o‘quvchiga mos va tushunarli bo'lishi uchun:
a) o'tilayotgan m avzuning m a ’nosi va hajmi, amaliy m ashg'ulotlari o'quvchilar tayyorgarligiga, jismoniy rivojlanganligiga va yoshiga mos bo'lishi kerak;
b) mavzular soddadan murakkablashib borishi kerak, shuningdek, o'quvchilar bilim doirasini yangiliklar bilan to'ldirib borishi zarur;
d) ayrim o'quvchilarga individual yondashish kerak, chunki o'quvchilarning ayrimlari yangi mavzuni oson tushunsa, ayrimlari qiyinchilik bilan tushunadilar;
e) ko'rgazma qurollaridan to'g'ri va o'rinli foydalanish.
Mehnat ta'limida onglilik va faollik. Mazkur tamoyillar mehnat ta’lim ining dasturiga ko'ra o'rganilayotgan m aterialni o'quvchilarga ongli ravishda, ijodiy o'zlashtiriladigan qilib tashkil etilishini ko'zda tntadi. Mehnat ta’lim ining bunday o'tilishiga o'quvchilar dars vaqtida yuksak darajada faollik ko'rsatganlaridagina erishish mumkin.
Texnik-texnologik bilimlar va mehnat ko'nikmalarini ongli ravishda o'zlashtirish mazkur tushunchalar zaminida yotgan ichki m urakkab bog'lanishni anglash, o'rganilayotgan tushuncha va o'zlashtirilayotgan mehnat jarayonlarining eng asosiy muhim jihatlarini farqlay bi1ishda namoyon bo'ladi. Mehnat ta’limiga tatbiqan aytganda, bu o'quvchilar texnik bilimlar va o'rganilayotgan ishni, ish jarayonidagi harakat usullaridan tortib to mehnat jarayonigacha ongli ravishda o'zlashtirishlarida va keyinchalik olingan bilim larni, mehnat va hunar usullarini o'qish davrining har bir bosqichida takomillashtirish, o'zlashtirilgan bilimlar va bajarilayotgan mehnat topshiriqlarining sifatini nazorat qilib borish va hokazolarda ifodalanadi. Mehnat ta’limi mazm unini anglashi yoki tushunarli bo'lishi bu o'quvchilarning o'quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarish vaqtida zarur bo'lgan ilmiy, texnik, tashkiliy-iqtisodiy asoslarni: stanok, asbob-uskuna, moslama, materiallardan oqilona foydalanishi, ishlash rejimi hamda nazorat usulini to'g'ri tanlashni bilib olish demakdir.
Masalan, cho'yan yoki po'latni qirqish vaqtida zubilaning o'tkirlanish burchagini nega 60° dan kam olish m um kin emas, uglerodli po'lat qizdirib so'ng, sovitilganda uning tarkibida qanday jarayonlar ro'y beradi. Metallarni qirqish vaqtida nima sababdan bolg'a dastasini uning metall qismiga yaqin jovidan zu36 bilani chap qo‘l bilan qattiq qisib ushlash tavsiya etilmaydi, n im a sababdan yo‘nish vaqtida qirqish tezligini, chuqurligini va surishni taxminan oshirish mumkin emas kabi savollarga o'quvchilarning to'g'ri javob berishlariga erishish kerak.
Mehnat darslaridagi o'quvchilarning yuksak faol1igiga har bir mashg'ulotning maqsad va vazifalari, shuningdek, uning m azmunini aniq bayon etish, o'quvchilarga ijodiy tarzdagi mehnat topshiriqlarini berish, ta’lim ning eng samarali metodlaridan foydalanish natijasidagina erishish mumkin.
Chunonchi, mehnat ta'limi darslarida zamonaviy texnika modelini ishlash jarayonida o'quvchilarga modelning alohida uzel va detallarini, konstruksiyalash hamda tayyorlash, model bilan uzellar o'rtasida kinematik aloqani ta’minlash va hokazolar yuzasidan ijodiy tarzdagi topshiriqlar beriladi. Bunday topshiriqlar o'quvchilarda mehnat ta’limi darsiga qiziqish, maqsadga erishish yo'lida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda faollik ko'rsatish istagini uyg'otadi. Shunday qilib, mehnat ta’limida onglilik va faollik tamoyili o'quvchilarga m ustaqil ijodiy fikrlashni atroflicha singdirishni taqazo qiladi.
O'qitish o'quvchilarning tashabbuskorligi va mustaqilligi tarbiyalanadigan tarzda olib borilishi kerak. Bu xislatlar o'quv mashg'ulotlaridan ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni oddiy bayon qilib berilishi, o'quv materialining ongli o'zlashtirilishi, nazariy va ishlab chiqarish ta’lim ining bog'liqlikda olib borilishi natijasida vujudga keladi.
Mazkur tamoyillar mehnat va hunar ta’lim ining dasturiga ko'ra o'rganilayotgan materiallarni o'quvchilar ongli ravishda ijodiy o'zlashtiriladigan qilib tashkil etilishini ko'zda tutadi. Mehnat va kasb ta’lim ining bunday bo'lishiga o'quvchilar dars vaqtida yuksak darajada faollik ko'rsatganlaridagina erishish mumkin.
Mehnat darslarida o'quvchilarning yuksak faolligiga har bir mashg'ulotning maqsad va vazifalarini, shuningdek, uning m azmunini aniq bayon etish, o'quvchilarga ijodiy tarzdagi mehnat topshiriqlarini berish, ta’lim ning eng samarali metodlaridan foydalanish natijasida erishish m umkin. Chunonchi, mehnat va kasb ta'limi darslarida zamonaviy texnika modelini ishlatish jarayonida o'quvchilarga modelning alohida uzellar va detallarini konstruksiyalash hamda tayyorlash, modellar bilan uzellar o'rtasida kinem atik aloqani ta’m inlash va hokazolar yuzasidan ijodiy tarzdagi topshiriqlar beriladi. Bunday topshiriqlar o'quvchilarda mehnat ta’limi darsiga qiziqish va o'z maqsadiga erishish yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda faollik ko'rsatish istagini uyg'otadi. Shunday qilib, mehnat va hunar ta’limida onglilik va faollik tamoyiii o'quvchilarga mustaqil ijodiy fikrlashni atroflicha sindirishni taqazo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |