V. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa:
210- mashq. Qambar O’tayevning she’rlaridan keltirilgan misralarni o’qing.
1. Vatanning har farzandi Yurtga mehr qo‘yadi.
2. O’zbekiston paxtasi Hamma tog’ning otasi.
3. Vatanning har bir qarich Yerini yashnataylik.
4. Avlodlaming sendan talabi — Ko’chat ek, ko’chat. Tabiatning bo’lib posboni, Ko’chat ek, ko’chat.
Ko’chiring. Qaratqich kelishigidagi otlarning gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga tegishlicha chizing.
Farzand, mehr so’zlarining yozilishini yodingizda tuting.
Sana:____________________________
Mavzu: Tushum kelishigi.
Maqsad: otlarning gapda boshqa so’zlar bilan kelishik qo’shimchalari yordamida bog’lanishi, kelishik qo’shimchalari, uning nomlari, so’roqlari va vazifasi yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tushum kelishigi haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: Nutqimizda mavjud so’zlardan unumli va to’g’ri foydalanishga o’rgatish orqali ona tilimizni qadrlash ruhini singdirish.
Rivojlantiruvchi: Bilimlarini mustahkamlash, o‘quvchilar faolligini oshirish, mantiqiy fikrlarni rivojlantirish, halollik va hamjihatlikda ishlashga o‘rgatish.
Darsning usuli: yarim izlanishli muammoli metod, savol- javob, bahs- munozara, klaster.
Darsning jihozi: Rangli rasmlar, didaktik materiallar, mavzuga oid plakatlar.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
a) salomlashish;
b) Navbatchi axborotini tinglash;
s) O’quvchilarni darsga hozirlash.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tilgan mavzuni “Klaster” usuli orqali mustahkamlash.
jurnalni xatni
nimani o’qidi ? kitobni
gazetani
e’lonni arizani
Uyga berilgan vazifani o’quvchilar qay darajada bajarganliklarini tekshiraman va o’quvchilar bilimini tekshiraman.
III. Yangi mavzu bayoni. Tushum kelishigi
211- mashq. Matnni o'qing. Ajratilgan otlarga so'roq bering. Ular qaysi kelishikda qo'llangan?
KANAREYKA
Rashid ayvonda kanareykasini tomosha qilib o'tirardi. O'rik tomondan boshqa kanareykaning ovozi eshitilardi. Qo'shnisi chap qo'lida bo'sh qafasni ushlagancha u yoqdan bu yoqqa alanglardi. Rashid tezlik bilan qafasini hovliga olib chiqdi. Qo'liga matrapni oldi. Kanareyka qafasning ustiga qo'ndi. Rashid matrapni qushning ustiga tashladi. u qushni qo'liga oldi-da, uyiga qarab chopdi.
Tushum kelishigidagi otlar qanday so'roqlarga javob bo'ladi? Tushum kelishigidagi otlarni o'zi bog'langan so'z bilan ko'chiring.
matrap — bedana, kaptar tutish uchun ishlatiladigan asbob, to'r
Do'stlaringiz bilan baham: |